Korrupsiyaga qarshi kurash masalalari ko‘rib chiqildi


Bugun Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev korrupsiyaga qarshi kurash va komplaens-nazorat xizmatlarining faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan choralar bo‘yicha majlis o‘tkazdi.

Unda dastlab, bugungi kunda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli choralarga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan tadbirlarga qaramasdan, ayrim joylarda qator qonunbuzarlik holatlari uchrayotganligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

O‘tgan 2023 yilda respublika bo‘yicha 530 turli darajadagi lavozimli va mas’ul shaxslar shuningdek, fuqarolar tomonidan korrupsiya bilan bog’liq 304 jinoyatga qo‘l urilgan. Bu jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga qator moliyaviy zararlar keltirilgan.

Aniqlangan korrupsion jinoyatlar bo‘yicha ayrim vazirlik, tashkilot va muassasalardagi “komplaens nazorat” tizimi xodimlari tomonidan tekshirish-o‘rganish, monitoring, so‘rovnoma o‘tkazish, davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilish va shu kabi ishlar to‘liq yo‘lga qo‘yilmagan. Bugungi kunda bu kompleans nazorat bo‘limi xodimlari faqat targ’ibot ishlarini o‘tkazish bilan cheklanmoqda.

Shuning bilan birga ayrim vazirlik, tashkilot va muassasalarda moliyaviy-iqtisodiy ishlarni tartiblashtirish va nazorat qilib boruvchi ichki audit xizmatlari tashkil etilgan bo‘lib, ayrimlari tomonidan o‘z xizmat vazifalariga bee’tibor bo‘lgan. Ayrim mufassallarning ichki audit xizmati tomonidan korrupsion noqonuniy harakat qilinganligi bo‘yicha umuman tekshirish yoki o‘rganish ishlari olib borilmagan.

O‘tkazilgan majlisda bugungi kunda ichki audit xizmatlari faqat profilaktika ishlarini o‘tkazish bilan cheklanib qolayotganligi, shuning bilan birga faoliyat olib borayotgan Respublika bo‘yicha tegishli sohalarni nazorat qiluvchi inspektsiyalarning ishlari ham talab darajasida emasligi tanqid qilindi.

Shuningdek, o‘z vazifasiga e’tiborsizligi, belgilangan vazifalarni bajarishda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Qurilish sohasida nazorat inspektsiyasi boshlig’i, Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish “Shimoli-G’arbiy hududiy inspektsiyasi” boshlig’i, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi kompleans nazorat bo‘limi xodimi, Sog’liqni saqlash vazirligi ichki audit xizmati xodimining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berildi.

Majlis yakunida tegishli vazifalar belgilab olindi.