Maktab o’quvchilari va profilaktik hisobda turgan yoshlar uchun Shimoli-G’arbiy harbiy okrugida o’quv taktik mashqlari o’tkazildi


Taktik oʻquv amaliyotiga Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari B.Oʻtemuratov qatnashdi. Bunday oʻquv taktik mashgʻulotlar amaliyotidan koʻzlangan asosiy maqsad yurtimiz yoshlarini vatanga muhabbat, harbiy-vatanparvarlik, oliy maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va totuvlikni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish, “Xalq va armiya — bir tan-u, bir jon!” degan ezgu gʻoya asosida yoshlar tarbiyasining muhim yoʻnalishlari boʻyicha chora-tadbirlarni samarali olib borish.