Amudaryo tumanida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov ishtirokida joriy yil hosili uchun paxta chigitini ekish bo’yicha ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi.


Amudaryo tumanida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.Ermanov ishtirokida joriy yil hosili uchun paxta chigitini ekish bo’yicha ko’rgazmali seminar bo’lib o’tdi. “Choyko’l Do’stlik” fermer xo’jaligida tashkil etilgan ko’rgazmali seminarda respublika hamda tuman miqyosidagi qishloq xo’jaligi sohasi mas’ullari ishtirok etdilar. Seminar mobaynida joriy yilgi paxta hosili rejasini bajarish bo’yicha oldinda turgan ustuvor vazifalar xususida so’z yuritildi.   Xususan, paxtaning eng unumdor navlarini ekish bilan bir qatorda chet eldan olib kelinadigan yangi navlarni ekish bo’yicha taklif hamda tavsiyalar berildi. Paxtadan yaxshi hosil olish maqsadida agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazish, suvni tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ekishni tashkil etish bo’yicha so’z yuritildi