Bugun Ellikqal’a tumaniga Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov tashrif buyurdi.


Bugun Ellikqal’a tumaniga Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov tashrif buyurdi. Tashrif davomida F.Ermanov Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 90 o‘rinli yangi tug’ruq bo‘limining birinchi g’ishtini qo‘yib berdi. Unga tuman hokimi V.B. Niyazimbetov hamrohlik qildi. Shuningdek tadbirda sektor rahbarlari, tegishli mas’ullar, soha vakillari, faxriy nuroniylari ishtirok qildilar. Ma’lumot uchun Ellikqal’a tumanida loyiha qiymati 12.369 mlrd so‘m bo‘lgan tibbiyot birlashmasiga qarashli 4 qavatli 90 o‘rinli tug’ruqxonani yangidan qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11-noyabrdagi PQ-4889 son qarori bilan investitsiya dasturiga kiritilgan. Qurilish ishlari 2024 yil 22-fevral kuni “Real Mantaj” MChJ tomonidan boshlab yuborilgan.