“Biz korrupsiyaga qarshimiz!”


Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘liminnig 2024 yil 29 aprel kungi 544-sonli buyrug‘i asosida 2024 yil 30 aprel kuni tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 40-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi Qurbonboeva Ozodaga faxrli 1-o‘rin, 62-sonli maktabning 10-sinf o‘quvchisi Sharipova Mashhuraga faxrli 2-o‘rin va 27-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Safarbaeva Ravshanoyga faxrli 3-o‘rin g‘olibligi berildi. Ushbu g‘oliblarni taqdirlash marosimida Amudaryo tumani MMTB boshlig‘i Ya.Shamuratov, QR MMT vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Babanazarova, tumandagi 82-sonli maktab direktori Z.Axmanov va Amudaryo tumani MMTB inson resurslarini boshqarish bo‘yicha inspektor-metodist-korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul xodim G.Jumaniyazova ishtirok etdilar va tanlov g‘oliblariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarni topshirdilar.