Bas prokuratura janındaǵı Ekonomikalıq jınayatlarǵa qarsı gúresiw departamenti baslıǵınıń orınbasarı Sh.Alirizaev hám jumısshı topar tárepinen Qaraqalpaqstan Respublikasında “Energetikalıq qáwipsizlik” aylıǵın ótkeriw hám gúz-qıs máwsimine tolıq tayar halına keltiriw baǵdarındaǵı jumıslar úyrenilmekte.


Ishchi guruh tomonidan “mahallabay” tartibda har bir ob’ektning kuz-qish mavsumiga tayyorligi  hamda respublika darajasida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar “audit” tartibida o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklar zudlik bilan joyning o‘zida bartaraf etilmoqda. Xususan, Nukus shahrida joylashgan “Ko‘mir ta’minot” MChJ Qoraqalpog’iston filialida ijtimoiy soha ob’ektlari va aholiga ko‘mirning etkazib berilishi bo‘yicha,  Nukus elektr tarmoqlarida   yuzaga keladigan nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh shayligi joyida o‘rganilib, tarkibning tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirildi va  Nukus shahrida joylashgan “Istiqlol” bolalar dam  olish maskanidagi kutubxona va maskan hududida joylashgan transformatorlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. Shuningdek, Nukus shahrida joylashgan “Nukus Dilisha” MChJ  da         2024 -2025 yil  qish-bahor mavsumi uchun jamg’arilgan kartoshka va piyoz zaxirasi omborxonasi ko‘zdan kechirildi.   Bundan tashqari, Taxiatosh tumanidagi  “Issiqlik  Elektr stantsiyasi” ishlash jarayoni va Taxiatosh tumani “Dehqon bozori”da tashkillashtirilgan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari faoliyati bilan tanishib,  aniqlangan  kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha  mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.Ishchi guruh tomonidan o’rganish ishlari davom etmoqda.