Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshqaruv apparatining


Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining

qarori

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi Prezidiumining

2022 yil  7 mart kungi “Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshqaruv apparatining tuzilmasi to‘g’risida”gi 618-son qarori haqida

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi Prezidiumining

2022 yil 7 mart kungi “Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshqaruv apparatining tuzilmasi to‘g’risida”gi 618-son qaroriga muvofiq Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

 

  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi Prezidiumining 2022 yil 7 mart kungi “Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshqaruv apparatining tuzilmasi to‘g’risida”gi 618-son qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

 

  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi Prezidiumining mazkur qarori bilan:
  2. a) Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshqaruv apparatining tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimi;

shahar va tumanlar hokimliklarining tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig’i lavozimlari joriy qilinganligi;

  1. b) Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshqaruv apparati tuzilmasida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari – Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimi;

Shahar va tumanlar hokimlarining o‘rinbosarlari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari boshliqlari lavozimlari tugatilganligi;

  1. v) Qoraqalpog’iston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning xududiy bo‘limlari negizida Qoraqalpog’iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning shahar va tumanlar bo‘limlari amaldagi moliyaviy tartib va mehnatga haqi to‘lash shartlari saqlangan holda tashkil etilganligi;

Qoraqalpog’iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni

qo‘llab-quvvatlash vaziri O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimidan ozod etilishi;

  1. g) Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshqaruv apparatining tuzilmasi 80 (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) boshqaruv xodimlari soni ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshqaruv apparatining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlarni qo‘mitasi raisi bir hafta muddatda o‘zining va kotibiyatining funktsional vazifalari to‘g’risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlanishini ta’minlasin.
  4. Qoraqalpog’iston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni

qo‘llab-quvvatlash vazirligi bir hafta muddatda ushbu qarorga muvofiq vazirlik to‘g’risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Kengashiga kiritilsin.

  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g’risida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga takliflar kiritsin.
  2. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Ishlar Boshqarmasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshqaruv apparati xodimlarining shtatlar jadvalini mazkur qarorga muvofiq qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin.
  3. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2022 yil

11 fevraldagi “Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesi Prezidiumining 2022 yil 31 yanvardagi “Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshqaruv apparatining tuzilmasi to‘g’risida”gi

589-son qarori haqida”gi 87-13-0-Q/22-son qarorining 3 bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

  1. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Ishlar Boshqaruvchisi A.Ismailovga yuklatilsin.

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi                                        Q.Sariev

 

Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi boshqaruv apparatining

                                                  TUZILMASI