“O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Z.G.Narzullaev va Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov tadbirkorlar bilan uchrashdi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Z.G.Narzullaev va Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov tadbirkorlar bilan uchrashdi Joriy yilning 2 fevralida Vazirlar Kengashining katta majlislar zalida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Z.Narzullaev va o‘rinbosari A.A.Kamiljanov, Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov, temir yo‘lning rahbar va ishchi xodimlari, shunigdek, Qoraqalpog’istondagi yirik zavodlar, ishlab chiqaruvchi korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni, Vazirlar Kengashnining Raisi F.Ermanov ochib berib, barchangizning xabaringiz bor hurmatli Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida respublikamiz iqtisodiyotining barcha sohalarida ijobiy ishlar olib borilganligi; aholi turmush darajasini oshirish, tadbirkorlik sub’ektlariga keng imkoniyatlar yaratish, ularning daromadlarini oshirish va yangi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishida hududimizga qator engillik va imtiyozlar yaratib berilganligi; mamlakatimiz to‘g’ridan-to‘g’ri dengiz yo‘llariga olib chiquvchi koridorlar mavjud bo‘lmaganligi sababli mahsulotlar tashishda eng qulay va arzon transport turi bu – temir yo‘l transporti ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi Z.Narzullaev so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining alohida ko‘rsatmasiga muvofiq temir yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida 2024-2026-yillar mobaynida temir yo‘l ishchilarining bilim saviyasini yanada oshirish maqsadida hozirgi zamon talablariga javob beradigan IT park yoki IT klass tashkil qilish, Qo‘ng’irot temir yo‘l vokzalini hozirgi zamon talablariga mos ravishda «AQLLI VOKZAL»ga aylantirish, “Miskin-Nukus” uchastkasi oralig’i, ya’ni 195 km temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish, “Nukus”, “Qo‘ng’irot” hamda “Qumshungul” stantsiyalari yonida bojxona terminallarini tashkil etish rejalashtirilganligini ta’kidladi. Bundan keyin, tadbirkorlar va OAV vakillari tomonidan savollar berildi hamda tegishli mutaxassislar tomonidan to‘liq javoblar berildi.