28.03.2024, Piyshembi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va Quvaytning «Al Amakin al-Alamiy» korporatsiyasi o'rtasida umumiy kiymati 20 million AQSh dollarilik investitsiyaviy hamkorlik bo'yicha Memorandum imzolandi


Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesida Quvaytning «Al Amakin al-Alamiy» korporatsiyasi rahbari Naser al Ajmini qabul qilish marosimi bo'ldi.

Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Erniyazov mehmonni respublikamizga tashrifi bilan qutlab, o'lkamizning jo'g'rofiy joylashuvi, aholisi, ma'muriy boshqaruv tuzilmasi, tabiiy boyliklari, shuningdek Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab rivojlangan davlatlar, jumladan Quvayt bilan xәr tomonlama aloqalar yaxshi yo'lga qo'yilmoqda.

O'z navbatida «Al Amakin al-Alamiy» korporatsiyasi rahbari Naser al Ajmi samimiy qabul uchun respublikamiz rahbariga minnatdorlik izhor qildi. Kelgusida turli sohalarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Tadbir so'ngida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Erniyazov va Quvaytning «Al Amakin al-Alamiy» korporatsiyasi rahbari Naser al Ajmi tomonidai umumiy kiymati 20 million AQSh dollarilik investitsiyaviy hamkorlik bo'yicha Memorandumga imzo chekildi.