29.03.2024, Juma

Respublikalıq Ruwxıylıq hám aǵartıwshılıq orayı Qaraqalpaqstan bólimini




Respublikalıq Ruwxıylıq hám aǵartıwshılıq orayı Qaraqalpaqstan bóliminiń baslıǵı

  Mánzil:

 230103, Nókis qalası Ǵárezsizlik kóshesi 50-jay

 Telefon:

 0(361) 222-89-62

 E-mail:

 kr_manaviyat@exat.uz

Qabıllaw kúnleri:

  Dúyshembi, siyshembi  10:00-12:00



Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi Qoraqalpog`iston bo`limi

Funktsional  vazifalari:

 

I bob. UMUMIY QOIDALAR

 

1.1. Mazkur Nizom Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi (keyingi o`rinlarda Markaz deb yuritiladi) tomonidan belgilangan tartibda tashkil etilgan Qoraqalpog`iston Respublikasida Markaz nomidan ish ko`radigan hamda Markaz Nizomida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan Markazning alohida hududiy bo`limi (keyingi o`rinlarda Bo`lim deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.

1.2. Bo`lim o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,  O`zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar to`g`risida”gi Qonuni, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, Respublika Ma`naviyat va ma`rifat Kengashi va hududiy Kengashning qarorlari, Markazning Nizom, qaror va bayonlari hamda ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

1.3. Bo`lim o`z faoliyatida qonuniylik, oshkoralik va o`zini-o`zi boshqarish tamoyillariga amal qiladi.

1.4. Bo`limning yagona muassisi: ReSPUBLIKA MA`NAVIYaT VA MA`RIFAT MARKAZI.

1.5. Bo`lim davlat ro`yxatiga olingan vaqtdan boshlab o`z tasarrufida, xo`jalik qaramog`ida yoki tezkor boshqaruvida alohida mol-mulkka egalik qilish va mazkur mulk bo`yicha majburiyatlari yuzasidan javob berishga haqli, o`z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini olishi va amalga oshirishi mumkin bo`lgan, o`z zimmasiga majburiyat olishi, sudda da`vogar yoki javobgar bo`lishi, mustaqil balansi yoki smetasiga ega bo`lishi mumkin.

Bo`limning tashkiliy-huquqiy shakli: Muassasa hisoblanadi.

Bo`lim mustaqil balansiga, nomiga, banklardagi so`m va valyuta hisob raqamlariga, belgilangan namunadagi aylana muhpi, shtamp va maxsus blankalariga ega bo`ladi hamda Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazining O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tgan ramzidan foydalanadi.

1.6. Bo`lim o`z faoliyatini: Qoraqalpog`iston Respublikasida amalga oshiradi.

1.7. Bo`limning to`liq nomi:

O`zbek tili, kirill yozuvida: Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazining Qoraqalpog`iston bo`limi;

O`zbek tili, lotin yozuvida; Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Qoraqalpogiston bo‘limi;

Qoraqalpoq tili, kirill yozuvida: Respublika Ruo`xыylыq ham ag`artыo` orayы  Qaraqalpaqstan bolimi;

Qoraqalpoq tili, lotin yozuvida; Respublika Ruwxiliq ham agartiw orayi Qaraqalpaqstan bo‘limi;

Rus tili, kirill yozuvida: Karakalpakskoe otdel Respublikanskogo tsentra duxovnosti i prosveщeniya

Rus tili, lotin yozuvida: Karakalpakskoe otdel Respublikanskogo tsentra dukhovnosti i prosveshcheniya

Ingliz tilida: The The Karakalpakstan branch of the Republican Center for Spirituality and Education

 1.8. Bo`lim Qoraqalpog`iston Respublikasi, G`arezsizlik ko`chasi,             50-uyda joylashgan.

 

II bob. Bo`limning maqsad va vazifalari

 

2.1. Bo`limning asosiy maqsadi – milliy ma`naviyatimizning ma`no-mohiyati, ildizlari, noyob va betakror namunalari, uning bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq maqsadga qaratilgan izchil, ta`sirli va zamonaviy usul hamda vositalardan foydalangan holda targ`ibot ishlarini olib borish;

keng aholi vakillari o`rtasida vatanga muhabbat va sadoqat, fidoyilik, eng muhimi ularda daxldorlik fazilatlarini tarbiyalash, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, muqaddas an`analarimizning hozirgi hayotimizdagi o`rni va ahamiyatini har tomonlama ochib berishga yo`naltirilgan  ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarni o`tkazish;

aholimizning ayniqsa, yoshlarimizning ma`naviyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadigan har qanday ichki va tashqi tahdidlarga qarshi qaratilgan tizimli va zamonaviy tashviqot ishlarini olib borish.

2.2. Bo`lim ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga etkazishga qaratilgan targ`ibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish;

keng jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar, ijodkor ziyolilardan iborat “Ma`rifat” targ`ibotchilar jamiyati bilan hamkorlikda joylarda ishlarni tashkil etish

dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g`oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g`oyaviy kurash olib borish;

jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to`sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug`-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e`tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

milliy g`oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari o`rtasida keng targ`ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg`ularini kuchaytirish;

ma`naviy-ma`rifiy targ`ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta`minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o`tkazish; 

yoshlarda sog`lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko`nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g`oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish; 

mahallalarda yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish; 

xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an`analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o`rtasida dinlararo bag`rikenglik, millatlararo totuvlik va o`zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, shuningdek, jamiyatimizda sog`lom turmush tarzini qaror toptirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish;

ota-ona, oila va mahalla, tarixiy xotira, milliy g`urur, komil inson tarbiyasi bilan bog`liq tuyg`u va tushunchalarni yosh avlod qalbi va ongiga ta`sirchan vositalar orqali singdirish, ajdodlarimizning bu boradagi merosini bugungi taraqqiyot talablari bilan uzviy holda rivojlantirish, targ`ibot ishlarini milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg`unligi asosida tashkil etish;

televidenie, radio, matbuot imkoniyatlaridan to`la foydalanib, turli mavzu va ko`rinishdagi ijtimoiy roliklar tayyorlash, zamonamiz qahramonlari – etakchi, ilg`or fikrli, barchaga o`rnak bo`lgan shaxslarning hayoti va faoliyati bilan ommani tanishtirish, ularning turli ijobiy tashabbuslarini amalga oshirishga to`siq bo`layotgan illatlarni, turli muammolarini dadil ko`tarib chiqish.

2.3. Yuqoridagi vazifalarni Bo`lim o`z faoliyatining tegishli chora-tadbirlar Dasturlari orqali amalga oshiradi.

 

III bob. Bo`lim faoliyatining asosiy yo`nalishlari

 

3.1. Oila, ta`lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda yoshlar o`rtasida maqsadli g`oyaviy-tarbiyaviy ishlarni zamon talablaridan kelib chiqib, tashkil etish shuningdek, jamiyatning barqaror rivojlanishiga to`sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar, el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug`-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e`tiborsizlik kabi boshqa illatlarning barcha ko`rinishlariga qarshi keskin va murosasiz munosabatni shakllantirish, jamiyat uchun istiqbolli, zamonaviy targ`ibotchilarni tayyorlash maqsadida soha mutaxassislarini jalb etgan holda quyidagi yo`nalishlarda ish olib boradi:

“Jaholatga qarshi ma`rifat” tamoyilidan kelib chiqqan holda terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta`sirlari, narkobiznes kabi yurtimizning tinchligi va osoyishtaligiga rahna soladigan, xalqimizning iymon-e`tiqodiga zarar etkazadigan har qanday yot g`oyalarga nisbatan ayovsiz kurashchan muhitni yaratish;

globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko`paygan, tahlikali, murakkab vaziyatda ma`naviyat sohasidagi ishlarni yuksak darajada takomillashtirish;

hudud ahli, ayniqsa, yosh avlodning dunyo va yurtimiz miqyosidagi siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini, fidoyilik va vatanparvarlik tuyg`usini kamol toptirish;

O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi va yil nomlari bilan bog`liq Davlat dasturlari ijrosi bo`yicha eng muhim ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish;

terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta`sirlari, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi g`oyaviy kurashish;

O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasi va yil nomlari bilan bog`liq Davlat dasturlari ijrosi bilan bog`liq eng muhim ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish;

xalqaro maydonda yuz berayotgan muhim voqea-hodisalar, yon-atrofimizda kechayotgan jarayonlar mohiyatini keng jamoatchilikka etkazish, odamlarning faol mushohada yurituvchi va teran idrok etuvchi, ma`nan etuk, siyosiy jihatdan faol fuqarolarga aylantirishga qaratilgan ma`rifat tizimini yaratish;

tinchlik, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta`minlash, chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat mohiyatini tushuntirish orqali xalqimiz dunyoqarashida milliy iftixor tuyg`usini kuchaytirish;

fuqarolik jamiyati, huquqiy davlatni rivojlantirish jarayonida barcha ijtimoiy guruh va tabaqalar vakillarining huquqiy ongini yuksaltirish vositasida vatandoshlarimiz qalbida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga hurmat hissini kuchaytirish, ayni paytda, o`zining fuqarolik huquqi, erkinliklari va burchini chuqur anglagan holda yashashi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishiga ko`maklashish.

3.2. Ma`naviyat va ma`rifat sohasida mutaxassislarga ilmiy-uslubiy yordamlar ko`rsatish maqsadida:

mahalliy bo`linmalar faoliyatini har tomonlama rivojlantirish yuzasidan istiqbolli, reja va dasturlar, ularning muammolarini echish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqishga ko`maklashish;

turli jamoat tashkilotlarining ijtimoiy ahamiyatga molik bo`lgan tashabbuslari, ish tajribalarini o`rganish, ommalashtirish yuzasidan tavsiyalar berish.

 

IV bob. Bo`limning huquq va majburiyatlari

 

4.1. Bo`lim quyidagi huquqlarga ega:

olimlar, mutaxassisilar, ijodkor ziyolilar va xalq ichida o`z hurmatiga ega bo`lgan fuqarolardan tashkil topadigan “Ma`rifat” targ`ibotchilar jamiyati bilan birga, joylarda ma`naviy-ma`rifiy targ`ibot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, jamoat, madaniyat va san`at tashkilotlari, ta`lim-tarbiya muassaslari bilan hamkorlik o`rnatish, axborot-tahlil ishlarini amalga oshirish;

hududdagi mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha korxona, tashkilotlarda ma`naviy-ma`rifiy ishlar ahvolini o`rganish, ma`naviy muhitni tahlil etish, muhokama qilish va shu asosda ularga tegishli tavsiyalar berish;

Respublika Ma`naviyat va ma`rifat hududiy Kengashi yig`ilishlarini tashkil etish va Kengash qarorlarini ijro etish bilan bog`liq amaliy-tashkiliy ishlarni amalga oshirish; 

ommaviy axborot vositalarida, jahon axborot tarmog`ida o`z faoliyatiga doir ma`lumotlarni yoritib borish;

boshqarmalar, tashkilotlar, korxonalar, muassasalar, shahar va tuman Ma`naviyat va ma`rifat Kengashlaridan sohaga oid masalalar bo`yicha zarur ma`lumotlarni so`rab olish;

xalqimizning boy ma`naviy, madaniy merosi, milliy qadriyatlarini respublikamiz va xorijda keng targ`ib qilish maqsadida media mahsulotlar ishlab chiqish;

mulkchilik shaklidan qat`iy nazar barcha korxona, tashkilot, idora va muasasalarda ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlarning ma`naviy-ma`rifiy salohiyati bo`yicha xulosalar berish;

Nizom doirasidagi maqsad va vazifalarni bajarish yuzasidan shartnomalar imzolash, buyurtmalar berish, shartnoma asosida olimlar, ziyolilar, mutaxassislar, ko`pni ko`rgan, hayotiy tajribaga ega faol fuqarolarni jalb qilish, ish haqi hajmini kelishish va ularga bajarilgan ishlar uchun kelishilgan narxlarda haq to`lash, targ`ibot materilallari bilan ta`minlash;

belgilangan vazifalarni bajarilishini ta`minlash maqsadida davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarining mablag`larini, shuningdek ularning grantlarini jalb etish;

Bo`lim davlat byudjeti mablag`lari bilan bir qatorda kichik korxonalar ochib yoki xo`jalik yuritish asosida hamda xomiylarning beg`araz yordamida ham moliyalashtirilishi mumkin;

ushbu sohani rivojlantirish maqsadida qonunlarda belgilangan tartibda o`z gazetasiga, jahon axborot tarmog`idagi veb-sayt va veb-sahifalariga ega bo`lish, ommaviy axborot vositalariga ta`sischilik qilish;

aholining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabatini o`rganish, hududda ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida soha mutaxassislarini jalb etgan holda sotsiologik tadqiqotlar o`tkazish, turli muammolarga bag`ishlangan ilmiy-amaliy konferentsiya va anjumanlar tashkil etish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin.

4.2. Bo`limning majburiyatlari:

o`z faoliyatini qonun hujjatlariga, Markaz Nizomiga hamda mazkur Nizomga muvofiq amalga oshirish;

o`z mol-mulki va pul mablag`laridan foydalanish to`g`risidagi ma`lumotlar ochiqligini ta`minlash;

o`z faoliyati yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markaziga hamda hududiy Kengash raislariga hisobotlar taqdim etish;

Bo`lim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo`lishi mumkin.

 

V bob. Bo`limning rahbar organi, vakolatlari va tuzilishi

 

5.1. Bo`limning rahbar organi Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi hisoblanadi.

5.2. Respublika Ma`naviyat va ma`rifat Kengashining hududdagi tuzilmasi hududiy Kengash hisoblanadi.

Hududiy Ma`naviyat va ma`rifat Kengashini shakllantirish bilan bog`liq normalar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil                  3 sentyabrdagi PF-2385-son Farmoni hamda Kengash  faoliyatiga doir hujjatlar bilan belgilanadi.

5.3. Hududiy Kengash yig`ilishlari bir yilda bir marotaba o`tkaziladi. Mazkur yig`ilishda hududdagi ma`naviy-ma`rifiy ishlarning ahvoli tahlil qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinadi.

5.4. Bo`limning rahbar organi Markazning vakolatlari:

Bo`limning umumiy faoliyatiga rahbarlik qilish.

Bo`lim rahbarini lavozimga tayinlash, lavozimidan ozod etish va u bilan mehnat shartnomasini imzolash.

Bo`limning chora - tadbirlar dasturi va ish rejalarini tasdiqlash.

Bo`lim hisobotlarini qabul qilish va tahlil qilish.

Bo`limning pul mablag`lari va boshqa mol-mulkidan foydalanishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

Bo`limning Nizomida belgilangan maqsad va vazifalariga zid bo`lgan qarorlar ijrosini to`xtatib qo`yish yoki ularni bekor qilish.

Hududiy Kengash vakolatlari:

bo`lim rahbarligiga nomzodlar Kengash raisi tomonidan tavsiya etiladi;

hududda ma`naviy-ma`rifiy ishlarni tashkil etish, sohadagi ahvolni o`rganish, ma`naviy muhitni tahlil etish, muhokama qilish va shu asosda mas`ullarga tegishli tavsiyalar berish;

hudduda ma`naviy-ma`rifiy ishlar ahvolini yaxshilash, bu borada chora-tadbirlar belgilash, ularni amalga oshirish va nazorat qilish;

shahar va tuman Kengashlari hamda Kengash tarkibidagi tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tinglaydi, ko`rilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilaydi.

5.5. Bo`lim rahbari vakolatlariga quyidagilar kiradi:

Bo`lim rahbari hududiy Kengash raisining tavsiyasiga ko`ra Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi rahbarining buyrug`i asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod  qilinadi;

Bo`lim hamda shahar va tuman bo`linmalarining umumiy faoliyatini muvofiqlashtirish, tashkil etish va boshqarish;

Bo`lim bosh mutaxassisi, etakchi mutaxassis hamda bosh hisobchini ishga qabul qilish va lavozimdan ozod etish, bo`lim bosh mutaxassisi, etakchi mutaxassis hamda bosh hisobchini ishga qabul qilishda, qoida tariqasida, tegishli yo`nalishda oliy ma`lumotli hamda muayyan ish tajribaga ega bo`lgan nomzodlarni tanlab olish;  

mulkiy operativ huquqlarni amalga oshirish, shartnomalar tuzish, ishonchnomalarni berish, banklarda hisob raqamlari va boshqa hisoblarni ochish, bank, moliya va boshqa hujjatlarga birinchi imzo huquqidan foydalanish, barcha xodimlar uchun umumiy bo`lgan me`yoriy-huquqiy hujjatlarni chiqarish;

Markaz rahbariga tegishli shahar va tumanlar bo`linmalari rahbarlari lavozimiga nomzodlarni tavsiya qiladi va ularni ozod etish to`g`risida xulosa beradi;

Bo`lim va mahalliy bo`linmalar ishini tashkil etish, faoliyat yo`nalishlarini belgilash, qo`yilgan vazifalarning o`z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;

Bo`limning moliyaviy-xo`jalik masalalari bilan shug`ullanish, homiylarning moddiy yordami hamda xo`jalik hisobidan qo`shimcha mablag`lar topishni yo`lga qo`yish, bo`limning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash, xodimlarning moddiy rag`batlantirish chora-tadbirlarini ko`rish;

jamoatchi targ`ibotchilarni tanlash, belgilangan vazifalarni amalga oshirish jaryoniga jalb etish, risola va qo`llanmalar, shuningdek, yangi zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari bilan ta`minlash, rag`batlantirish masalalarini hal etish;

 ma`naviy-ma`rifiy ishlarda alohida o`rnak ko`rsatgan bo`lim xodimlari, mahaliy bo`linma rahbarlari va jamoatchi targ`ibotchilarni O`zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish hamda ularni o`z faxriy yorliqlari va pul mukofotlari bilan taqdirlash;

xo`jalik hisobidan ishlab topilgan va homiylar ko`magida shakllantirilgan moliyaviy mablag`lardan bo`lim va mahalliy bo`linmalarning moddiy–texnikaviy bazasini mustahkamlashda hamda xodimlarni rag`batlantirishda foydalanish;

xo`jalik hisobidagi mablag`lardan chiqarilgan nashriy mahsulotlarni sotish;

Bo`lim o`z balansidagi binoni, transport vositasini qonunlarda ko`zda tutilgan tartibda ijaraga berish, sotish;

Bo`limni rivojlantirish jamg`armasini shakllantirish;

Markaz Nizomi va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega bo`ladi.

VI bob. Bo`limning shahar va tuman (mahalliy) bo`linmalari

6.1. Mahalliy bo`linmalar Respublika bo`limi rahbarligida faoliyat ko`rsatadi hamda Markaz Nizomi va ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.

6.2. Mahalliy bo`linmalar yuridik shaxs maqomiga ega bo`lishi mumkin.

6.3. Mahalliy bo`linmalar tegishli shahar va tuman Ma`naviyat va ma`rifat Kengashining ijroiya organi sifatida faoliyat ko`rsatadi, uning yig`ilishlari bayoni qarorlarini hayotga tatbiq etadi.

6.4. Mahalliy bo`linmalar ziyolilar qatlami, ayniqsa, o`qituvchi va pedagoglar, mahalla faollari, turli nodavlat jamoatchilik tashkilotlari vakillaridan iborat guruhlar tuzib, tegishli tuman va shaharlarda joylashgan hamda mulkchilik shaklidan va idoraviy bo`ysunuvidan qat`iy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalarda milliy g`oya targ`iboti va ma`naviy-ma`rifiy ishlar ahvolini o`rganib boradi, xulosalar chiqarib, ularni tegishli mahalliy Kengash muhokamasiga qo`yadi.

6.5. Mahalliy bo`linmalar davlat byudjeti mablag`lari bilan bir qatorda kichik korxonalar ochib yoki xo`jalik yuritish asosida hamda homiylarning beg`araz yordami hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.

6.6. Mahalliy bo`linmalarning huquq va majburiyatlar, ularni qayta tashkil etish va tugatish tartibi, mol-mulkni boshqarish borasidagi huquqlari batafsil ravishda ularning Nizomida belgilanadi.

 

VII bob. Bo`limning mulk va pul mablag`larini

shakllantirish tartibi

 

7.1. Bo`lim o`z tasarrufida binolar, inshootlar, uskunalar, anjomlar, milliy va xorijiy valyutadagi pul mablag`lari, intelektula mulk va mualliflik huquqlari ob`ektlari, tashkilot (korxona, muassasa)larga Markaz Ustavi va ushbu Ustavda ko`zda tutilgan faoliyatni moddiy ta`minlash uchun zarur bo`lgan va o`z mablag`lari hisobidan barpo etiladigan boshqa mol-mulkka ega bo`lishi mumkin.

7.2. Bo`lim va bo`linmalar mulkini shakllantirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:

davlat byudjeti;

jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy mulkiy badallari;

davlat buyurtmasiga asosan sohaga oid faoliyatini amalga oshirishga ajratilgan maqsadli moliyaviy ajratmalar va davlat ko`magi;

grant, subsidiya, ijtimoyi buyurtma ko`rinishidagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari tomonidan ma`naviy-ma`rifiy dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun maqsadli kelib tushadigan mablag`lar;

tadbirkorlik faoliyatidan olingan hamda faqat Markaz Ustavi va ushbu Ustav maqsadlarini bajarish uchun sarflanadigan daromadlar (foyda);

Bo`limning bosma nashrlaridan tushadigan mablag`lar;

qonun hujjatlarida ta`qiqlanmagan boshqa tushumlar.

7.3. Bo`lim va uning tuzilmalari tomonidan tadbirkorlik hamda boshqa faoliyatidan olingan daromadlar faqat Markaz Ustavi va ushbu Ustavida belgilangan faoliyatga sarflanadi hamda Bo`lim xodimlari va ishtirokchilari o`rtasida taqsimlanmaydi.

7.4. Bo`lim, shahar va tuman bo`linmalari o`zlariga biriktirib qo`yilgan mulkni operativ boshqarish huquqini amalga oshiradi.

 

VIII bob. Nizomga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish tartibi

 

8.1. Ushbu Nizomga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish Respublika Ma`naviyat va ma`rifat Markazining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

8.2. Nizomga kiritilayotgan o`zgartish va qo`shimchalar Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan tasdiqlanadi hamda o`zgartish va qo`shimchalar kiritilgan kundan boshlab qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda hududiy Adliya vazirligidan qayta ro`yxatdan o`tish uchun murojaat qilinadi.

Ushbu Nizomga kiritilgan o`zgartish va qo`shimchalar bo`lim qayta ro`yxatdan o`tkazilgandan so`ng kuchga kiradi.

 

IX bob. Bo`limda hisob va hisobot ishi

        

9.1. Shahar va tuman bo`linmalari belgilangan shaklda har oyda keyingi oyning 10-sanasiga qadar bo`limga moliyaviy hisobot va tasdiqlangan ish rejaning bajarilishi yuzasidan hisobot berib boradilar.

         9.2. Bo`lim belgilangan tartibda Markazga har chorakda, keyingi chorak birinchi oyining 10-sanasiga qadar moliyaviy hisobot va tasdiqlangan ish rejaning bajarilishi yuzasidan hisobot berib boradi.

         9.3. Bo`lim o`z faoliyati natijalarini hisobga olib boradi va ularni belgilangan tartibda hududiy Adliya vazirligiga, soliq va statistika organlariga taqdim etadi.

         9.4. Zarur bo`lgan hollarda bo`lim tomonidan Bo`lim hamda shahar va tuman bo`linmalarining moliyaviy-xo`jalik faoliyatini auditor tekshiruvidan o`tkazish uchun tashqi auditor jalb qilinishi mumkin. 

 

X bob. Bo`limni qayta tashkil etish va tugatish tartibi

 

10.1. Bo`limni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish Respublika Ma`naviyat va ma`rifat Markazi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

10.2. Bo`lim va bo`linmalarning tugatilishi Respublika Ma`naviyat va ma`rifat markazi yoki sudning qaroriga binoan amalga oshiriladi.