28.03.2024, Piyshembi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil20 apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish kiritish to'g'risida»gi 297-sonli qarori haqida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil20 apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish kiritish to'g'risida»gi 297-sonli qarori haqida

 (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5349-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi PQ-3549-sonli qarori)


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5349-sonli Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentiniig 2018 yil 19 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi                      PQ-3549-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 apreldagi “O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish kiritish to'g'risida”gi 297-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida ko'rsatilgan qarori bilan:
a) O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilganligi;
b)  vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy  hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish topshirilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsin.
4. Vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy  hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.I.Nagmetov va O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig'i T.R.Baekeev zimmasiga yuklansin.

Qoraqalpog'iston Respublikasi                                                                                                           Vazirlar Kengashining Raisi
Q.Sariev