28.03.2024, Piyshembi

Hurmatli fuqarolar va ijtimoiy soha ob’ektlari!



Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashida qish mavsumini samarali o'tkazish yuzasidan Respublika shtabi tashkil etildi.

Mazkur shtabda 24 soat davomida faoliyat yuritadigan 222-48-40 raqamli ishonch telefoni faoliyat olib boradi.

Ishonch telefoniga hududlarda uchrayotgan ichimlik suvi, tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, elektr energiyasi hamda ko'mir ta'minotidagi muammolar yuzasidan to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilishingiz mumkin.

Ma'lumot o'rnida: mazkur shtablarni Qoraqalpog'iston Respublikasi barcha shahar va tumanlarida tashkil etish bo'yicha vazifalar belgilab berildi.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati