28.03.2024, Payshanba

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi



Tursunov Elmurad Ergashovich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vaziri

 Маnzil:

 230102, Nukus shahri, To’rtkul guzari 59 uy

 Теlefon:­­

55 101 97 32

 E-mail:

qoraqalpoq@minjust.gov.uz,

 adillik.kr@exat.uz

 Qabul  кunlari:

 Seshanba kuni soat 15:00 - 17:00

 



Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya  vazirining Birinchi o'rinbosari

 Маnzil:

 230102, Nukus shahri, To’rtkul guzari 59 uy

 Теlefon:­­

0 (361) 223-95-11

 E-mail:

qoraqalpoq@minjust.gov.uz,

 adillik.kr@exat.uz

 Qabul  кunlari:

Chorshanba,soat 15:00 - 17:00

 

 Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi


 O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi o`rinlarda matnda Vazirlik deb yuritiladi) davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o`z maqomiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
Adliya vazirligi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyatning alohida masalalari bo`yicha — bevosita O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo`ysunadi.
 Vazirlik tizimiga Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta`minlash departamenti, boshqa adliya organlari va muassasalari kiradi (keyingi o`rinlarda matnda adliya organlari va muassasalari deb yuritiladi).
Adliya organlari va muassasalari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqildir va bevosita Vazirlikka bo`ysunadi.
Vazirlik o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
 Adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik ta`minlash Vazirlikka ajratiladigan mablag`lar doirasida O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg`armasi mablag`lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag`lar hisobidan amalga oshiriladi.
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy apparati, Qoraqalpog`iston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar hamda Toshkent shahar adliya boshqarmalarining boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to`lash Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.
Vazirlik o`z faoliyatini boshqa davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Adliya organlari va muassasalari yuridik shaxs hisoblanadi, O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va o`z nomi yozilgan muhrga egadir.

Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlari hisoblanadi:
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni, qonun ustuvorligini ta`minlashga yo`naltirilgan jamiyat va davlat qurilishi sohasida norma ijodkorligi va huquqni qo`llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining norma ijodkorligi faoliyatini tizimli tahlil qilishni tashkillashtirish, ular tomonidan kiritiladigan yoki qabul qilinadigan qonun hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarining O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan har tomonlama ekspertizani amalga oshirish; amaldagi qonun hujjatlarida «oq dog`lar»ni, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida korruptsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratayotgan qoidalar va normalarni aniqlash;
fuqarolik jamiyati institutlarining har tomonlama rivojlanishini, ularning aholining turli qatlamlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda faol ishtirokini huquqiy ta`minlashga yo`naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta`minlash;
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko`rsatishining qonuniyligini, tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishni ta`minlash; mamlakatda ro`yxatdan o`tgan xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring o`tkazish;
jamiyatda aholining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatni oshirishga va qonuniylikni mustahkamlashga yo`naltirilgan davlat organlari, jamoat birlashmalarining huquqiy targ`ibot va ma`rifat sohasidagi ishlarini samarali muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
sudlar faoliyatini har tomonlama moddiy-texnikaviy va moliyaviy ta`minlash, sud hujjatlarining so`zsiz ijro etilishiga, sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlashga yo`naltirilgan davlat siyosatini, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
notariat, advokatura, FHDYo organlari hamda fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat ko`rsatuvchi boshqa tuzilmalar faoliyatining samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan davlat tomonidan tartibga solish tizimini izchil takomillashtirib borish;
bozor islohotlarini chuqurlashtirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub`ektlarining, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta`minlash, bu sohada byurokratik to`siq va g`ovlarni yaratishga yo`l qo`ymaslik;
shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash, shartnomalarni, eng avvalo qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish sohasida shartnomalarni tuzish va bajarishda xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga amaliy huquqiy yordam ko`rsatish bo`yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
tegishli davlat organlari bilan birgalikda xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida O`zbekiston Respublikasi manfaatlarining samarali huquqiy himoya qilinishini ta`minlash;
davlat va jamiyat qurilishi sohasini demokratlashtirishning zamonaviy talablari va jarayonlarini hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo`yicha faoliyatni nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
Vazirlik o`ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
Norma ijodkorligi va huquqni qo`llash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini izchil amalga oshirish sohasida:
a) qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan o`tkazish sohasida:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi masalalari bo`yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari bo`yicha takliflar ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini ta`minlaydi;
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari bo`yicha va o`z tashabbusiga ko`ra qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni ko`rib chiqish uchun belgilangan tartibda kiritadi;
davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonun loyihalarini tayyorlashning zarurligi masalalari bo`yicha oldindan kelishishni amalga oshiradi;
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ularning O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonun hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan tahlil qiladi va huquqiy ekspertizadan o`tkazadi;
qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ularda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korruptsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratib beradigan, shuningdek tadbirkorlik sub`ektlari uchun ortiqcha ma`muriy va boshqa cheklovlarni joriy qiladigan qoida va normalarni, tadbirkorlik sub`ektlarida asossiz xarajatlarni vujudga keltiruvchi qoidalarni aniqlash yuzasidan tahlil qiladi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalarining norma ijodkorligi faoliyatini monitoring va tahlil qilishni amalga oshiradi;
qonun hujjatlarini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqlashtirish, huquqiy tartibga solishning tizimliligi va yaxlitligini ta`minlash, qonunchilikdagi «oq dog`lar»ni bartaraf qilish to`g`risida takliflar ishlab chiqadi, qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir takliflarni tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni ko`rib chiqish uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va O`zbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdim qiladi, qonun hujjatlarini kodekslashtirish bo`yicha ishlarni olib boradi;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini tayyorlash va huquqiy ekspertizadan o`tkazish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalarni tasdiqlaydi;
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, ularning kengashlari, qo`mitalari va komissiyalari bilan qonunchilik faoliyatini takomillashtirish masalalari bo`yicha doimiy amaliy aloqada bo`ladi;
b) idoraviy norma ijodkorligi sohasida:
vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro`yxatidan o`tkazadi;
vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarning huquqiy hujjatlarini davlat ro`yxatidan o`tkazilishi lozim bo`lmagan hujjatlar toifasiga kiritish haqida qarorlar qabul qiladi;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reestrini yuritadi;
vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, davlat ro`yxatidan o`tkazish, e`lon qilish va manfaatdor shaxslar e`tiboriga etkazishning belgilangan tartibini bajarish bo`yicha ishini nazorat qiladi;
vazirliklar, davlat qo`mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini davlat ro`yxatidan o`tkazishning ahvoli to`g`risida jamoatchilikni xabardor qilib turadi;
v) mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi sohasida:
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o`tkazadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, e`lon qilish va manfaatdor shaxslar e`tiboriga etkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
g) qonunchilikni tizimlashtirish sohasida:
O`zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini davlat hisobiga oladi va qonun hujjatlarini turkumlashtirish ishlarini olib boradi;
O`zbekiston Respublikasining qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklari, davlat qo`mitalari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarining nazorat nusxalarini yuritadi;
O`zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari bankini (fondini) shakllantiradi;
Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatorini tasdiqlaydi, normativ-huquqiy hujjatlarga klassifikator asosida kodlar beradi;
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalarini belgilaydi va ularga rioya qilish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
d) adliya organlari va muassasalari faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini qo`llash bo`yicha xulosalar beradi;
8.3. Mamlakatimizda ro`yxatdan o`tkazilgan mahalliy, shuningdek chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish sohasida:
nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar, siyosiy partiyalar, xalqaro va xorijiy nodavlat (nohukumat) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini davlat ro`yxatidan o`tkazadi;
o`zi tomonidan ro`yxatdan o`tkazilgan nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat reestrini yuritadi;
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlariga, ustav faoliyatiga, ta`sis hujjatlariga, qayta ro`yxatdan o`tkazish va tugatish tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi;
nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan mablag`lar, grantlar, boshqa moliyaviy va moddiy resurslardan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlar ko`radi;
nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat ko`rsatishlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda, gumanitar muammolarni hal qilishda, mamlakat aholisining turli qatlamlari huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoyalashda faol qatnashishini takomillashtirish bo`yicha takliflarni ishlab chiqadi;
qonun hujjatlarini buzayotgan va taqiqlangan faoliyat bilan shug`ullanayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini aniqlash maqsadida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan o`zaro hamkorlik qiladi;
nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo`lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog`ida bo`lgan oila a`zolarini akkreditatsiyadan o`tkazadi;
xalqaro va xorijiy nodavlat (nohukumat) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari tomonidan tadbirlar (konferentsiyalar, seminarlar, treninglar, yig`ilishlar, aktsiyalar va shu kabilar) o`tkazilishini hamda ular tomonidan bosma, audiovizual va boshqa materiallar tayyorlanishi va tarqatilishini kelishadi;
nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati haqida, shu jumladan, ajratilgan mablag`lardan foydalanilishi haqidagi hisobotlarni qabul qiladi;
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlari buzilganda, ularning faoliyatini to`xtatib qo`yish yoki ularni tugatish to`g`risida takliflar tayyorlaydi va belgilangan tartibda sudga ko`rib chiqish uchun kiritadi;
siyosiy partiyalarning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratilgan davlat mablag`larini ular o`rtasida taqsimlaydi;
O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishni ta`minlash sohasida:
inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlarini doimiy ravishda tahlil qiladi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalarida mustahkamlangan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
xalqaro tajribani o`rganadi va xalqaro-huquqiy normalarning O`zbekiston Respublikasi qonunchiligiga implementatsiya qilish bo`yicha takliflar kiritadi;
fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini oshirish, aholida inson huquqlari va erkinliklariga hurmat ruhini, qonunga itoatkorlikni shakllantirish bo`yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
davlat organlarida inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi holatini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda ularni yaxshilash yuzasidan tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda advokaturaning rolini kuchaytirishga, fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishiga hamda ularning huquqiy asoslari mustahkamlanishiga ko`maklashadi;
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi milliy markazi bilan o`zaro hamkorlik qiladi, shu jumladan inson huquq va erkinliklariga rioya qilinishi monitoringini amalga oshirish sohasida;
fuqarolarning o`z konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari buzilishi to`g`risidagi murojaatlarini xolisona va har tomonlama ko`rib chiqishini ta`minlaydi, ular bo`yicha qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko`radi;
Davlat organlari, jamoat tashkilotlarining huquqiy targ`ibot bo`yicha ishlarini samarali muvofiqlashtirish sohasida:
huquqiy targ`ibot va huquqiy ta`limning ahvolini tahlil qiladi, ularni yaxshilash bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;
jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni oshirish va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy bilimlarning aholi o`rtasida targ`ib qilinishini tashkil etadi;
huquq sohasidagi ta`lim ishlarining uslubiy jihatdan ta`minlanishini tashkil etadi, huquqiy tarbiya va ta`limning zamonaviy shakllarini joriy etish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining talabalari va o`quvchilari uchun yuridik darsliklar, o`quv qo`llanmalari, normativ-huquqiy hujjatlar to`plamlari, shuningdek boshqa yuridik adabiyotlar nashr etish rejalarini ishlab chiqadi va nashr etilishini tashkil etadi;
jamiyatni huquqiy axborot bilan ta`minlash tizimini takomillashtirish bo`yicha dasturlar va tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
adliya organlari va muassasalari uchun huquqiy axborotni yig`ish, qayta ishlash va tahlil qilishning dasturiy-texnik vositalari va texnologiyalari joriy etilishini tashkil qiladi;
adliya organlari va muassasalarini zarur qonunchilik materiallari bilan ta`minlash choralarini ko`radi;
O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasini yaratish va saqlashni tashkil qiladi, yuridik va jismoniy shaxslarning undan belgilangan tartibda foydalanishini ta`minlaydi;
davlatlararo huquqiy axborotlar almashishni amalga oshiradi;
kodekslar va qonun hujjatlari to`plamlarining, shu jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarni e`lon qilishning rasmiy manbai hisoblangan «O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami», shuningdek O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda «O`zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to`plami»ning rasmiy nashr etilishini tashkil etadi;
tegishli davlat boshqaruvi organlari bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni e`lon qilish va tarqatish, qonun hujjatlari ma`lumotlarining elektron bazasini yaratish qoidalarini belgilaydi, ularning ijro etilishini ta`minlash chora-tadbirlarini ko`radi;
Sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta`minlash, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijrosini ta`minlash sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijrosini ta`minlaydi;
sudlar faoliyatini moddiy-texnik va moliyaviy ta`minlash bo`yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlarni amalga oshiradi va uning takomillashtirilishi bo`yicha takliflar tayyorlaydi;
sudlarning binolarini qurish va ta`mirlashga ajratilgan mablag`lar samarali o`zlashtirilishini ta`minlaydi va sudlarning faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish bo`yicha chora-tadbirlar ko`radi;
sud`yalar va sud jarayonlarining xavfsizligini ta`minlash bo`yicha ishlarni tashkil etadi;
sud`yalar va sudlar apparati xodimlarining mehnat sharoitlari, moddiy va ijtimoiy ta`minotini yaxshilash bo`yicha takliflar ishlab chiqadi va tegishli organlarga kiritadi;
Huquqiy xizmat ko`rsatishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish sohasida:
a) notariat va fuqarolik holati dalolatnomalarini ro`yxatga olish faoliyatini tashkil etish bo`yicha:
davlat notarial idoralarini tashkil etadi va tugatadi, notarius lavozimini ta`sis etadi va tugatadi;
davlat notarial idoralari reestrini yuritadi;
notarius stajyori faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi, adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
chet elda foydalanish uchun mo`ljallangan hujjatlardagi notariuslar imzosining va ularning muhri ko`chirmasining haqiqiyligini tasdiqlaydi, notariat faoliyati bilan bog`liq bo`lgan boshqa funktsiyalarni bajaradi;
O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tegishli rasmiy hujjatlarga apostil` qo`yadi;
notarial ish yuritish qoidalarini, notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomalarni, notarial harakatlar, tasdiqlovchi yozuvlar va guvohnomalarni ro`yxatga olish reestrlari shaklini tasdiqlaydi, O`zbekiston Respublikasining «Notariat to`g`risida»gi Qonunida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
notariuslar tomonidan kasb majburiyatlarining, shu jumladan notarial ish yurituv qoidalarining bajarilishi yuzasidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi, ularning ishini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
davlat notarial idoralarini qat`iy hisobdagi gerbli (maxsus) blankalar bilan ta`minlaydi;
fuqarolik holati dalolatnomalarini ro`yxatga olishni tashkil qiladi, FHDYo organlari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va ularni nazorat qiladi;
FHDYo organlarini tashkil qiladi, qayta tashkil qiladi va tugatadi, ularning ishini tekshiradi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
FHDYo va notariat idoralari xodimlari tomonidan fuqarolarga huquqiy xizmat ko`rsatish darajasini oshirish bo`yicha chora-tadbirlarni ko`radi;
fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish blankalari namunalarini tasdiqlaydi;
FHDYo organlarini va O`zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi konsullik muassasalarini qat`iy hisobdagi gerbli guvohnomalar blankalari bilan ta`minlaydi;
notariat va FHDYo organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ushbu organlar uchun ko`rsatmalar va uslubiy tushuntirishlar beradi, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat notarial idoralarining notariuslari tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo`shimcha harakatlar, FHDYo organlari tomonidan jismoniy shaxslarga ko`rsatiladigan pulli xizmatlar ro`yxatlarini, ushbu harakatlar amalga oshirilganligi va xizmatlar ko`rsatilganligi uchun, shuningdek notarial arxivlar tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga notarial tasdiqlangan hujjatlar dublikatlari, ro`yxatlardan ko`chirmalar, ma`lumotnomalar va arxiv hujjatlarining nusxalari berilganligi uchun to`lovlar miqdorlarini tasdiqlaydi;
b) advokatura va yuridik yordam tizimini rivojlantirish bo`yicha:
O`zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va advokatlik tuzilmalarining faoliyatida ko`maklashadi;
O`zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda malaka komissiyalari vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi;
O`zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tarkibini tasdiqlaydi;
advokatlarga litsenziyalar berishni va advokatlik tuzilmalarini (advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlik hay`atlari) davlat ro`yxatidan o`tkazishni, shuningdek yuridik maslahatxonalarni hisobga qo`yishni amalga oshiradi;
tegishli adliya organida davlat ro`yxatidan o`tgan (hisobga qo`yilgan) advokatlik tuzilmalarida ishlayotgan advokatlarning Yig`ma davlat reestrini yuritadi;
advokatlar malakasini oshirish bo`yicha tadbirlarni amalga oshirishga ko`maklashadi;
O`zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda advokatlik tuzilmalarining statistika ma`lumotlarni taqdim qilish shakllarini tasdiqlaydi va muddatlarini belgilaydi;
advokatlik guvohnomasining shaklini va uni berish tartibini tasdiqlaydi;
advokat tomonidan ishni olib borishga order shaklini tasdiqlaydi;
advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan ta`sis hujjatlariga, ustav faoliyatiga, qayta ro`yxatdan o`tkazish va tugatish tartibiga rioya qilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
v) davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlarning yuridik xizmatini rivojlantirish bo`yicha:
davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlarida huquqiy ishlarni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, ularni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
yuridik xizmatlar xodimlari va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan yo`l qo`yilgan yuridik xizmatlar faoliyatini tartibga soladigan aniqlangan qonun hujjatlari talablari buzilishlarini bartaraf etishga yo`naltirilgan, shuningdek aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortish bo`yicha o`z vakolati doirasida chora-tadbirlar ko`radi;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining yuridik xizmati xodimlarini tayinlashda qatnashadi;
davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlari yuridik xizmatlariga huquqiy ishlarga taalluqli ko`rsatmalar beradi;
davlat va ho`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa davlat tashkilotlari yuridik xizmatlari xodimlarini attestatsiyadan o`tkazadi va attestatsiyadan o`tganligi to`g`risida guvohnoma beradi;
yuridik xizmatlar xodimlarining malakasini oshirishni tashkillashtiradi va malaka oshirishni o`taganligi haqida sertifikat beradi;
yuridik xizmatlar xodimlarini hisobini yuritadi;
yuridik xizmatlarining ma`lumotlar bazasini tuzish va yuritish tartibini, ma`lumotlar bazasiga kiritish uchun ma`lumot taqdim etish shakllari va muddatlarini belgilaydi;
Tadbirkorlikni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta`minlash sohasida:
tadbirkorlikni huquqiy ta`minlash va rivojlantirishning samaradorligini oshirishga, tadbirkorlik sub`ektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tadbirkorlik sub`ektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tartibga solish hamda ularni qo`llab-quvvatlash bo`yicha qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni ta`minlaydi;
tadbirkorlik sub`ektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquqlarini himoya qilish, mikrofirmalar, kichik korxonalar, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish va samarali faoliyat ko`rsatishi uchun qulay huquqiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish bo`yicha qonun hujjatlarini qo`llash amaliyotini o`rganadi, shuningdek uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini tekshirishlar o`tkazilishining qonuniyligi ustidan nazoratni ta`minlaydi;
Tekshirishlarni ro`yxatga olish kitobining shakli va to`ldirish tartibini tasdiqlaydi, tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida uning tarqatilishini ta`minlaydi va uni to`ldirish tartibiga rioya qilinayotganligi bo`yicha monitoring amalga oshiradi;
tadbirkorlik sub`ektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning buzilgan huquqlarini tiklash bo`yicha choralar ko`radi;
davlat tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlarini tegishli ma`lumotlar bazasini shakllantirgan holda aniqlaydi, o`rganadi va monitoringini amalga oshiradi;
tadbirkorlik sub`ektlari, xorijiy investorlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi holatlari bo`yicha murojaatlarini ko`rib chiqadi, ko`rilgan chora-tadbirlar to`g`risida ularni xabardor qiladi;
Shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash sohasida:
xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga shartnomalarni, eng avvalo qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi xo`jalik shartnomalarini tuzishda va bajarishda huquqiy yordam ko`rsatadi;
shartnomaviy-huquqiy intizomni mustahkamlash yuzasidan belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqadi va kiritadi;
xo`jalik yurituvchi sub`ektlar, eng avvalo, ularning mansabdor shaxslarini shartnoma intizomini buzganligi uchun javobgarlikka tortish bo`yicha belgilangan chora-tadbirlar qo`llanishi ustidan nazorat olib boradi;
xo`jalik yurituvchi sub`ektlar rahbarlarining shartnoma intizomiga rioya qilishi bo`yicha mas`uliyatini oshirish yuzasidan ish olib boradi;
qishloq xo`jaligida shartnomalar tuzish va bajarishda xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning qonunchilikka rioya qilishi ustidan nazorat olib boradi;
Yuridik shaxslarni davlat ro`yxatidan o`tkazish, ularni tashkil etishda qonunchilikka rioya qilinishini ta`minlash sohasida:
auditorlik tashkilotlarini, sug`urtalovchilar va sug`urta brokerlarini, birjalarni, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va O`zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan tashkil etiladigan xo`jalik boshqaruvi organlarini, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni, soliq maslahatchilari tashkilotlarini, bozorlarni, lombardlarni va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa yuridik shaxslarni davlat ro`yxatidan o`tkazadi;
yuridik shaxslarni davlat ro`yxatidan o`tkazishda qonuniylikka rioya qilinishini ta`minlaydi;
o`zi tomonidan ro`yxatdan o`tkazilgan yuridik shaxslarning davlat reestrini yuritadi;
moliya-xo`jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va o`z ustav fondlarini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda shakllantirmagan korxonalarni tugatish bo`yicha belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko`radi;
 «bir darcha» tamoyili bo`yicha tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlarini ko`rsatishning, shu jumladan ro`yxatga olish, ruxsat berish va litsenziyalash tartib-taomillarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibini murakkablashtiradigan turli shakllarini qo`llashga, shuningdek tadbirkorlik sub`ektlariga to`sqinlik qiluvchi boshqa byurokratik to`siqlarga yo`l qo`ymaslik maqsadida «bir darcha» tamoyili bo`yicha tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlarini ko`rsatadigan yagona markazlar faoliyatida qonuniylikni ta`minlash ustidan nazoratni amalga oshiradi;
 «bir darcha» tamoyili bo`yicha tadbirkorlik sub`ektlariga davlat xizmatlarini ko`rsatadigan yagona markazlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy yordam ko`rsatadi;
Xalqaro-huquqiy munosabatlar sohasida O`zbekiston Respublikasining manfaatlarini samarali huquqiy himoya qilishni ta`minlash sohasida:
belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish bo`yicha takliflarni kelishadi, O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tayyorlash va ijro etishda ishtirok etadi;
O`zbekiston Respublikasining huquqiy yordam ko`rsatish to`g`risidagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash, tuzish va bajarish haqida belgilangan tartibda takliflar taqdim etadi;
O`zbekiston Respublikasi tomonlardan biri hisoblanadigan xalqaro-huquqiy hujjatlar, shu jumladan O`zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida tuzilgan qarz va kredit shartnomalari bo`yicha yuridik xulosalar beradi;
xalqaro shartnomalar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o`tkazadi;
o`z vakolatlari doirasida boshqa davlatlarning tegishli organlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik to`g`risida shartnomalar tuzadi;
xalqaro-huquqiy axborot masalalari bo`yicha ma`lumotlar bankini tashkil etadi;
o`z vakolatlari doirasida xorijiy davlatlarda O`zbekiston Respublikasi va uning fuqarolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta`minlaydi;
xorijiy davlatlar sudlarida va xalqaro arbitrajlarda tomonlardan biri O`zbekiston Respublikasi bo`lgan nizolar ko`rib chiqilayotganda vakillik qiladi;
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va eks-Prezidentining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini huquqiy, shu jumladan sudda himoya qilishni amalga oshiradi;
Zamonaviy talablarni hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish sohasida:
davlat organlarining yuridik kadrlarga bo`lgan ehtiyojini aniqlaydi, ularni Toshkent davlat yuridik universitetida, Toshkent yuridik kollejida, Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyda va Vazirlik tizimining boshqa ta`lim muassasalarida tayyorlash ishlarini tashkil etadi va rahbarlik qiladi;
huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi ta`lim muassasalarini akkreditatsiya qilishda, ularning pedagog va ilmiy xodimlarini attestatsiyadan o`tkazishda ishtirok etadi;
zamonaviy talablar hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi demokratlashtirish jarayonlarini, standartlarni hisobga olgan holda huquqshunos kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;
kadrlar ishini, huquqshunoslar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;
adliya organlari va muassasalarining kadrlar zaxirasini yaratadi, ularni tayyorlash va stajirovkadan o`tishini tashkil etadi, tanlashni amalga oshiradi va belgilangan tartibda joy-joyiga qo`yishda qatnashadi, ularni qayta tayyorlashni tashkil etadi;
Fuqarolar va tashkilotlarning murojaatlarini ko`rib chiqish sohasida:
adliya organlari va muassasalari xodimlarining noqonuniy harakatlari ustidan fuqarolarning shikoyat va arizalarini ko`rib chiqadi, ushbu masalalar bo`yicha shikoyat va arizalarning har tomonlama xolisona ko`rib chiqilishini ta`minlaydi;
qonunchilikning buzilishi holatlari yuzasidan tushgan shikoyatlar bo`yicha zarur hollarda joylarda mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislar bilan birgalikda tekshirish o`tkazgan holda adolatli qarorlar qabul qilinishini ta`minlaydi;
adliya organlari va muassasalarining shikoyat va arizalarni ko`rib chiqish bilan bog`liq faoliyatini o`rganadi, bu yo`nalishdagi ishlarni takomillashtirish bo`yicha takliflarni umumlashtiradi va kiritadi;
Huquqiy statistika sohasida:
davlat organlari va boshqa organlardan olingan huquqiy statistika ma`lumotlarini umumlashtiradi va tahlil qiladi;
adliya organlari va muassasalarida statistika hisoboti va birlamchi hisobga olish hujjatlari shakllarini ishlab chiqadi;
advokatura faoliyati to`g`risidagi statistika ma`lumotlarini o`rganadi;
fuqarolik holati dalolatnomalari va notarial harakatlarni ro`yxatga olish, shuningdek adliya organlari va muassasalari faoliyatining boshqa yo`nalishlari bo`yicha statistikasini yuritadi;
doimiy faoliyat ko`rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro`yxatdan o`tkazish va muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olishni amalga oshiradi;
Adliya organlari va muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta`minlashni amalga oshirish sohasida:
adliya organlari va muassasalari xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta`minoti to`g`risidagi takliflarni ishlab chiqadi;
adliya organlari va muassasalarini moddiy-texnik ta`minlashni tashkil etadi, adliya organlari va muassasalari binolarini, shu jumladan davlat notarial idoralari, FHDYo organlari, sud ijrochilari bo`limlarini kapital qurish va ta`mirlash choralarini ko`radi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritadi;
adliya organlari va muassasalarini belgilangan tartibda moliyalashtirishni amalga oshiradi, adliya organlari va muassasalarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi va nazorat qiladi;
adliya organlari va muassasalarining moliyaviy-xo`jalik faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Sud-ekspert, ilmiy va ta`lim muassasalarini rivojlantirish sohasida::
huquqiy fanlarni rivojlantirish choralarini ko`radi, sud ekspertizasi sohasida ilmiy-tadqiqot, ekspertlik ishlarini tashkil etadi;
O`zbekiston Respublikasi davlat sud-ekspert muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, shuningdek Sud ekspertizasi muammolari bo`yicha kengashni boshqaradi;
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi, Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent yuridik kolleji va boshqa adliya muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Vazirlik ӯziga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni bevosita, shuningdek adliya organlari va muassasalari orqali amalga oshiradi.