Narımbetov Axmet Karamatdinovich |
Qoraqalpog'iston
Respublikasi Xalq talimi vaziri |
|
Маnzil: |
230105,
Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi 62 uy |
|
Теlefon: |
0 (361) 222-98-30 |
|
E-mail: |
||
Qabul кunlari: |
Dushanba, Seshanba 10:00 – 12:00 |
Rayimov Akbar Urinbaevich
|
Qoraqalpog'iston
Respublikasi Xalq talimi vaziri o'rinbosari |
|
Маnzil: |
230105,
Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi 62 uy |
|
Теlefon: |
0 (361) 222-24-37 |
|
E-mail: |
||
Qabul кunlari: |
Seshanba, Payshanba
10:00 – 12:00 |
Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Qoraqalpog`iston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi (keyingi o`rinlarda vazirlik - deb
yuritiladi) O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan Qoraqalpog`iston
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tashkil etiladi va o`z faoliyati
davomida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va Qoraqalpog`iston
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tasarrufida bo`ladi.
2. Vazirlik
o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston
Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi
to`g`risida»gi, Qoraqalpog`iston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni va
boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmon, qaror va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining va
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qaror va farmoyishlari va
boshqa me`yoriy hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Qoraqalpog`iston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`z tasarrufidagi tuman xalq ta`limi
bo`limlari va barcha ta`lim muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga
oshiradi hamda bolalar va o`quvchilar ta`lim-tarbiyasining sifati, fan
asoslarini o`zlashtirish ehtiyojlarini rivojlantirish va ular bilan kasbga
yo`naltirish ishlarini olib borishni tashkillashtirish uchun mas`ul
hisoblanadi.
4. O`zbekiston
Respublikasi Prezidentining qaror, farmon, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va
topshiriqlari, Xalq ta`limi vazirligi Hay`at qarori va buyruqlarini,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi qaror, farmoyishlari va
topshiriqlarining ijrosini tarkibidagi bo`linmalar va tasarrufidagi ta`lim
muassasalari tomonidan o`z vaqtida, to`liq va sifatli bajarilishini
ta`minlaydi.
5. Qoraqalpog`iston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`z faoliyatini davlat boshqaruvi,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, fuqarolarning o`zini-o`zi
boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o`zaro
hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Qoraqalpog`iston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi uning tasarrufidagi ta`lim muassasalarining
moddiy-texnika ta`minoti, shuningdek, ularda ishlovchi xodimlarning mehnatiga
haq to`lash shu maqsad uchun ajratiladigan mablag`lar doirasida mahalliy
byudjet hisobidan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan
amalga oshiriladi.
7. Qoraqalpog`iston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi hamda O`zbekiston
Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi yozilgan muhrga ega
bo`ladi.
8. Qoraqalpog`iston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi ilgari faoliyat yuritgan Qoraqalpog`iston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining vorisi hisoblanadi.
2-bob. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`z faoliyatida ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillariga asoslanadi.
9. Ta`lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari:
ta`lim va tarbiyaning insonparvar va
demokratik xarakterda ekanligi;
ta`limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o`rta ta`limning majburiyligi;
ta`lim tizimining dunyoviy xarakterda
ekanligi;
davlat ta`lim standartlari doirasida
ta`lim olishning barcha uchun ochiqligi;
ta`lim dasturlarini tanlashga yagona va
tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo`lishni va iste`dodni
rag`batlantirish;
ta`lim tizimida davlat va jamoat
boshqaruvini uyg`unlashtirish.
10. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining muhim maqsadli
vazifasi – “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy
dasturining asosiy tamoyillari va ustuvor yo`nalishlarini amalga oshirishdan
iboratdir.
3-bob. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligining vazifalari va faoliyat yo`nalishlari
11. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining asosiy
vazifalari va faoliyat yo`nalishlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan
tashqari ta`lim tizimini rivojlantirishga yo`naltirilgan yagona davlat
siyosatining amalga oshirilishini ta`minlash, pedagogik kadrlar, ayniqsa,
boshlang`ich sinf o`qituvchilarining malakasi va kasbiy mahoratini oshiradi;
idoraviy mansubligidan va mulkchilik
shakllaridan qat`iy nazar, maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari
ta`lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan davlat
ta`lim standartlari(talablari)ga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga
oshiradi;
maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan
tashqari ta`lim muassasalarida o`quv-tarbiya ishlarini metodik ta`minlashni
tashkil etish, o`quv-tarbiya jarayoniga o`qitishning zamonaviy va ilg`or
shakllarini, eng yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma`naviy-axloqiy
tarbiyalashning samarali shakl va metodlarini joriy etishni ta`minlaydi;
ta`lim muassasalari tomonidan ular
huzurida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasidan, shu jumladan
o`quv-laboratoriya asbob-uskunalari, komp`yuter texnikasi, mebellar, sport
inventarlari va jihozlaridan samarali foydalanishni ta`minlaydi;
o`quvchilarning kasbga yo`naltirilishini
va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va o`smirlarning
huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy
nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etadi;
bolalar sportini rivojlantirish va
o`quvchi-yoshlarni, ayniqsa, qizlarni jismoniy tarbiya hamda sport bilan
muntazam shug`ullanishga ommaviy jalb etadi;
o`quvchilarga milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga asoslangan yuqori darajadagi ma`naviy-ma`rifiy tarbiya berish,
mamlakat taraqqiyoti, tinchlik va barqarorlikni ta`minlashga yo`naltirilgan,
milliy mustaqillik g`oyalari singdirilgan, Vatani va o`z xalqiga sodiq
fuqarolarni shakllantirishga yo`naltirilgan ta`lim-tarbiyani amalga oshiradi;
tarkibidagi bo`linmalar va tasarrufidagi
ta`lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro
intizomini mustahkamlash vazifalarini amalga oshiradi hamda ularning natijalari
bo`yicha hujjatlarni tahlil va nazorat qilish masalalarida metodik va amaliy
yordam ko`rsatadi.
12. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`ziga yuklatilgan
vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
xalq ta`limi muassasalarining O`zbekiston
Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonunida belgilangan qoidalarga va umumiy
o`rta ta`lim davlat ta`lim standartlariga amal qilishini monitoring
hamda nazorat qiladi;
tegishli manfaatdor organlar va muassasalar, joylardagi fuqarolarning
o`zini-o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar
bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni,
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga
yo`naltirilgan ishlarni ta`minlaydi;
ta`lim muassasalari ish amaliyotiga umumiy
o`rta ta`lim davlat ta`lim standartlari, ilmiy yutuqlar va ilg`or pedagogik
tajribalarning tatbiq etilishiga sharoit yaratadi;
ta`lim muassasalaridagi ta`lim-tarbiya jarayoniga
metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
ilg`or o`qituvchilar va ta`lim
muassasalarining ijobiy ish tajribasini o`rganadi hamda umumlashtiradi, ta`lim
muassasalaridagi o`quv-metodik va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish davomida
uni shahar miqyosida ommalashtiradi va Respublika miqyosida ommalashtirishga
tavsiya etadi;
idoraviy mansubligidan va mulkchilik
shaklidan qat`iy nazar, umumiy o`rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta`lim
muassasalari ustidan metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
o`quvchilar bilan maktabdan tashqari
tarbiyaviy ishlarni, jumladan, bolalar turizmi va o`lkashunoslik, bolalar
texnik ijodkorligi va xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini
takomillashtiradi, ularning milliy turlari va shakllarini qayta tiklaydi va
yangilarini joriy etadi;
ta`lim muassasalarini dasturlar, o`quv
rejalari, o`quv-ko`rgazmali qo`llanmalar va o`quv uskunalari, ta`limning texnik
vositalari, qo`llanma-metodik adabiyotlar bilan ta`minlash ishlarini amalga
oshiradi;
umumiy o`rta ta`lim maktablarida
darsliklar kutubxona fondini jamlash hamda undan o`quv jarayonida to`g`ri
foydalanish bo`yicha ishlarni ta`minlaydi;
umumiy o`rta ta`lim maktablari 9-sinf
o`quvchilarini ta`limning keyingi bosqichiga qamrab olish, 10-sinflarda
yoki o`rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o`qishga
kirishini tashkil qiladi;
ta`lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etilishini, ulardan samarali foydalanishni, pedagog
xodimlarni shu sohadagi malakasini oshirilishini ta`minlaydi;
maktab-internatlar, “Mehribonlik” uyi va
maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning ovqatlanishlarini tashkil etishni
nazorat qiladi;
umumiy o`rta ta`lim hajmida, tibbiy
ko`rsatmalar asosida bolalarning uyda yakka tartibda ta`lim-tarbiya olishiga sharoit
yaratadi;
ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni
aniqlaydi, ularning hisobini olib boradi hamda ota-ona qaramog`ini
yo`qotganlikning aniq holatlaridan kelib chiqib, bolalarning ijtimoiy-huquqiy
himoyasi bo`yicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan
hamkorlikda ish olib boradi;
to`liq davlat ta`minoti asosida, etim
bolalarni va ota-ona qarovidan mahrum bo`lgan bolalarni davlat va nodavlat
ta`lim muassasalari ta`minotiga olish, o`qitish, tarbiyalash va kasb-hunarga
tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratadi;
jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni
bo`lgan bolalarni o`qitish, tarbiyalash va moddiy ta`minlashni tashkil qiladi,
ularni kasb-hunarga tayyorlashni, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini va moddiy
ta`minotini, tibbiy xizmat ko`rsatilishini va sog`lomlashtirishni
takomillashtiradi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim muassasalari va
maktablar tarmog`ini rivojlantiradi;
ta`lim muassasalari
tarbiyalanuvchi-o`quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o`zini o`zi
boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, jamg`armalar bilan ijodiy faol,
O`zbekiston mustaqilligi g`oyalariga sadoqatli va jamiyat taraqqiyotiga aniq
hissa qo`shishga layoqatli shaxsni kamol toptirish bo`yicha o`zaro yaqin
hamkorlikni tashkil etadi;
tuman xalq ta`limi bo`limlari va mahalliy
davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda aholining maktabgacha ta`limga
bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni to`laqonli
jismoniy va aqliy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish
chora-tadbirlarini amalga oshiradi, bolalar va o`smirlar uchun maktabdan
tashqari va o`quv-tarbiya muassasalari tarmog`ini rivojlantiradi, o`sib
kelayotgan avlodning ijodiy faoliyatini va sog`lom hordig`ini, ularning
qiziqishlari va istaklarini qondirishni, qobiliyati va iste`dodini har
tomonlama rivojlantirishni ta`minlovchi muassasalarni rivojlantiradi;
tuman xalq ta`limi bo`limlari va
tasarrufidagi ta`lim muassasalarining Ustavlarini tasdiqlaydi;
shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi
bilan birgalikda bolalar, o`quvchilar va o`qituvchilarning salomatligini
muhofaza qilish va mustahkamlashni ta`minlash ishlarini amalga oshiradi;
belgilangan tartibda maktabgacha, umumiy
o`rta, maktabdan tashqari ta`limning muhim masalalari bo`yicha yig`ilishlar,
seminarlar o`tkazadi;
tasarrufidagi ta`lim muassasalarini
malakali mutaxassislar bilan ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlar qabul qiladi,
oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta`minlashni amalga
oshiradi, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil
etadi;
ta`lim muassasalari rahbar va pedagog
xodimlarni attestatsiyadan o`tkazish bo`yicha ishlarni tashkil qiladi;
ta`lim muassasalarini attestatsiyadan
o`tkazish va akkreditatsiyalash bo`yicha ishlarni tashkil qiladi;
pedagog xodimlarni mehnatda yuqori
ko`rsatkichlari, o`quvchi yoshlarni o`qitish va tarbiyalashdagi faol ishtiroki
uchun Hukumat va idoraviy mukofotlarga belgilangan tartibda tavsiya etadi;
ta`lim muassasalarida qurilish ishlari
olib borilishi va ularni zarur jihozlar bilan ta`minlanishi ustidan nazoratni,
ta`lim muassasalarining kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik bo`yicha ishlarni
amalga oshiradi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligining yillik xarajatlarini rejalashtiradi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligining reja ko`rsatgichlarini belgilangan me`yoriy hujjatlarga asosan
tuzadi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligining buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim
qilish, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo`lsa,
bo`limda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o`z
vaqtida va to`liq topshirilishiga, shuningdek boshqa me`yoriy-huquqiy
hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajaradi;
quyi tashkilotlarni to`liq nazorat qiladi hamda
barcha turdagi moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi va yuqori tashkilotlarga
topshiradi;
buxgalteriya hisobi va hisobotiga oid
nizomlar, yo`riqnomalar, qo`llanmalar, uslubiy ko`rsatmalarni va boshqa
me`yoriy-huquqiy hujjatlarni tizimli ravishda hisobini olib borish va ish
jarayonida muntazam foydalanadi;
fuqarolarning murojaatlari o`z vaqtida
hamda to`g`ri ko`rib chiqilishini ta`minlaydi, fuqarolarning shikoyatlariga
sabab bo`layotgan omillarni bartaraf etishga yo`naltirilgan tadbirlarni
amalga oshiradi.
13. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`ziga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bevosita, shuningdek, tasarrufidagi boshqa muassasalar orqali amalga oshiradi.
4-bob. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining huquq va majburiyatlari
14. Qoraqalpog`iston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`ziga yuklangan vazifalar va
funktsiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Tuman xalq ta`limi bo`limlari,
maktabgacha, umumiy o`rta, maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida, ularning
mulkchilik shakllari va bo`ysunishidan qat`iy nazar, O`zbekiston Respublikasi
«Ta`lim to`g`risida»gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda ta`lim
masalalari bo`yicha boshqa qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirish;
ta`lim bo`yicha alohida masalalarni hal
etish, ta`lim muassasalari ishlarini takomillashtirish, ularning o`quv-moddiy
negizini mustahkamlash, malakali pedagog kadrlar bilan ta`minlash yuzasidan
takliflarni O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va Qoraqalpog`iston
Respublikasi Vazirlar Kengashiga ko`rib chiqish uchun kiritish;
o`z tasarrufida bo`lgan ta`lim
muassasalari xodimlarini ishdan bo`shatish va ularni javobgarlikka tortish
to`g`risida mehnat qonunchiligiga zid ravishda qabul qilingan buyruqlarini
bekor qilish;
Kengash yig`ilishlarida Qoraqalpog`iston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha
tuman xalq ta`limi bo`limlari va ta`lim muassasalari hisobotlarini ko`rib
chiqish;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo`lishi mumkin.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligi o`z majburiyatlari bo`yicha tuman xalq ta`limi bo`limlari va ta`lim
muassasalarida ta`lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirilishini
ta`minlashda o`ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada bajarilishi uchun
javob beradi.
5-bob. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligi faoliyatini tashkil etish
15. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Qoraqalpog`iston
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tavsiyasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Xalq
ta`limi vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri rahbarlik qiladi.
16. Qoraqalpog`iston
Respublikasi Xalq ta`limi vaziri:
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligi faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga
oshiradi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligiga yuklangan
vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligi mas`ul shaxslarining vakolatlarini, ularning tasarrufdagi ta`lim
muassasalari faoliyatlari yo`nalishlari bo`yicha javobgarlik darajasini
belgilaydi;
yuqori turadigan davlat hukumati va
O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining me`yoriy hujjatlari,
hokimiyat qarorlari asosida va ularni bajarish yuzasidan o`z vakolatlari
doirasida buyruqlar chiqaradi, ijro etilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligi xodimlari, tuman xalq ta`limi bo`limlari tasarrufidagi ta`lim
muassasalari xodimlarini belgilangan kadrlar nomenklaturasiga muvofiq ishga
tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi
vaziri o`z vakolati doirasida qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa
vazifalarni ham bajaradi.
17. Qoraqalpog`iston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining tuzilmasi va shtatlari o`rnatilgan
tartibda tasdiqlanadi.
18. Qoraqalpog`iston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligida to`qqiz kishidan iborat Kengash tashkil
etiladi:
Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi
vaziri - Kengash raisi, bo`lim boshliqlari, kasaba uyushmasi vakili, ta`lim
muassasalari rahbarlari tarkibidan - Kengash a`zolari belgilanadi.
Kengash tarkibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kengash o`z majlislarida vazirlik
faoliyatining asosiy masalalarini ko`rib chiqadi, tuman xalq ta`limi bo`limlari
va ta`lim muassasalari rahbarlarining bolalar va o`quvchilarga berilayotgan
ta`lim-tarbiyaning sifat darajasi, me`yoriy hujjatlarning bajarilishi,
pedagogik kadrlarni tanlash va ulardan foydalanish yuzasidan hisobotlarini
tinglaydi, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi
vakolatiga kiruvchi boshqa muhim masalalarni ko`rib chiqadi.
Kengash qarori Qoraqalpog`iston
Respublikasi Xalq ta`limi vaziri buyrug`i bilan amalga oshiriladi.
19. Qoraqalpog`iston
Respublikasi Xalq ta`limi vazirligini qayta tashkil etish va tugatish
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.