Erlepesov Nurullan Umirzakovich | Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri | |
Manzil: | 230105, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko’chasi 97 uy | |
Telefon: | 0 (361) 222-32-98 | |
E-mail: |
| |
Qabul kunlari: | Har kuni soat 11:00-12:00 |
Shamuratov Atamurat Shamunovich
| Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi o’rinbosari | |
Manzil: | 230105, Nukus shahri, A.Dosnazarov ko’chasi 97 uy | |
Telefon: | 0 (361) 222-33-01 | |
E-mail: | ||
Qabul kunlari: |
Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Ushbu Nizom Qoraqalpog`iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining (keyingi o`rinlarda Iqtisodiyot Vazirligi deb ataladi) vazifalari, funktsiyalari, huquqlari, majburiyatlarini hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Iqtisodiyot vazirligi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 martdagi PQ-2840 – sonli “O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining hududiy boshqarmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan.
Iqtisodiyot vazirligi O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi.
Iqtisodiyot vazirligi ikki tomonlama bo`ysunuvda bo`lib, O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga hisobdordir.
Iqtisodiyot vazirligi o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining buyruqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarorlari, farmoyishlari va bayonnomalariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Iqtisodiyot vazirligi o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining markaziy apparati tarkibiy bo`linmalari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik qiladi.
Iqtisodiyot vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z
nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, o`z hisob-kitob raqamlariga ega bo`ladi.Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Quyidagilar Iqtisodiyot vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining yo`nalishlari hisoblanadi:
hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli asosda tahlil qilib borish, mavjud nomutanosibliklar, zahiralar va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xom ashyo, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash;
tarmoq tuzilmalari bilan hamkorlikda mintaqaning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish bo`yicha dasturiy chora-tadbirlarni, mamlakatni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik ustuvor yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda, hududlarni kompleks taraqqiy ettirishning joriy va o`rta muddatli dasturlari va prognozlarini ishlab chiqish, mintaqa iqtisodiyotini chuqur tarkibiy o`zgartirish va diversifikatsiyalash;
hududiy investitsiya dasturlari ishlab chiqishni ta`minlash va amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarish ob`ektlari qurish va o`z vaqtida ishga tushirish hamda amaldagilarini modernizatsiyalashning borishi ustidan monitoring olib borish, respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning o`rta va uzoq muddatli tasdiqlangan dasturlariga kiritilgan yirik investitsiya loyihalarini bajarishda ko`maklashish;
muhandislik, yo`l-transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini ildam rivojlantirish, transport xizmati ko`rsatishni yanada yaxshilash, uy-joy-kommunal xizmatlari ko`rsatish darajasi va sifatini tubdan oshirish, aholini sifatli ichimlik suvi va sanitariya-tozalash tizimi bilan ta`minlash bo`yicha dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqish;
qishloq xo`jaligini yanada rivojlantirish, qishloq xo`jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy jihatdan o`zgartirish, qishloq xo`jaligi xom ashyosini yanada chuqur qayta ishlashni atroflicha tahlil qilish va bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
mintaqadagi demografik jarayonlar hamda aholining jins va yosh tarkibini, uning bandlik darajasi va tarkibini tizimli tahlil qilish, shuning asosida ishlab chiqarish kuchlarini maqbul joylashtirish va yangi ish o`rinlari yaratish hisobidan band bo`lmagan aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta`minlash, aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, aholiga tibbiy, ta`lim va ijtimoiy-madaniy xizmat ko`rsatishni yanada takomillashtirish bo`yicha takliflar tayyorlash;
qisqa va o`rta muddatga mo`ljallangan hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda barcha vazirlik va idoralar, xo`jalik boshqaruv organlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish.
Iqtisodiyot vazirligi o`ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
a) hududning makroiqtisodiy ko`rsatkichlarini prognozlashtirish va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish yo`nalishida:
hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish darajasini tizimli tahlil qiladi;
mavjud nomutanosibliklarni, zahiralarni va ishlab chiqarishga jalb etilmagan mineral-xom ashyo resurslarini, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatini aniqlash ishlarini olib boradi;
mamlakatni rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, hudud iqtisodiyotini yanada isloh qilish, barqaror va mutanosib rivojlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
hududni kompleks rivojlantirish, shuningdek tarkibiy qayta o`zgartirishlarni chuqurlashtirish va hudud iqtisodiyotini diversifikatsiyalash bo`yicha qisqa muddatli, o`rtacha muddatli va uzoq muddatli dasturlarni ishlab chiqadi;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy darajasi, kompleks rivojlantirish bo`yicha tasdiqlangan dasturlar va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy parametrlari prognozlari bajarilishi bo`yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
hududning eksport salohiyatini rivojlantirishni rahbatlantirish, mahsulot eksporti turlari va hajmlarini kengaytirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;
hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish asosiy ko`rsatkichlarining doimiy monitoringini amalga oshiradi;
b) sanoat va ishlab chiqarishni mahalliylatirishni rivojlantirish yo`nalishida:
sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshli turlarini, shu jumladan mahalliylashtiriladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta`minlaydigan industrial siyosatni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari va yo`llarini kompleks, tizimli tahlil qiladi;
hududning sanoat salohiyatini jadal rivojlantirish, mineral-xom ashyo va qishloq xo`jaligi xom ashyosini sanoat yo`li bilan yanada chuqur qayta ishlash bo`yicha yangi yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo`yicha takliflar tayyorlaydi;
yuqori qo`shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek ishlab chiqariladigan mahsulotlarning, jumladan mahalliylashtirilgan mahsulotlarning hajmini ko`paytirish va turlarini kengaytirish bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
sanoat salohiyatini rivojlantirishga yo`naltirilgan hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshirilishi, yangi ishlab chiqarishlarni qurish va o`z vaqtida ishga tushirish hamda ishlab turganlarini modernizatsiyalash ustidan doimiy monitoring olib boradi;
investitsiya dasturlariga, sanoatni rivojlantirish dasturlariga kiritish uchun mahalliylashtiriladigan va eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishlar, shu jumladan ularni ilg`or, resurslarni tejaydigan va energiya jihatidan samarali texnologiyalar asosida modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo`yicha takliflar tayyorlaydi;
sanoatni rivojlantirishga oid Hukumat qarorlarining amalga oshirilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi va tahlil ishlarini amalga oshiradi;
energiyaning tiklanadigan manbalaridan, shu jumladan yoqilg`ining muqobil va past sortli turlaridan foydalangan holda energetika qurilmalarini sanoatda foydalanishga joriy etish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;
sanoatni rivojlantirishning holati, shu jumladan mahalliylashtirish, energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish yakunlari bo`yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
v) ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiyalari,transport va ijtimoiy infratuzilmanirivojlantirish yo`nalishida:
qurilish kompleksi, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiyalari, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishni kompleks va tizimli tahlil qiladi;
hududiy investitsiya dasturlarini ishlab chiqadi va ular ijrosi monitoringini yuritadi;
ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiyalari, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo`yicha investitsiya dasturlari va Hukumat qarorlari bajarilishining doimiy monitoringini olib boradi va uni tahlil qiladi;
ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmani, shuningdek kommunal sohani (suv ta`minoti, kanalizatsiya, issiqlik ta`minoti, sanitariya jihatidan tozalash) rivojlantirish bo`yicha qisqa muddatli va o`rtacha muddatli dasturlarga kiritish uchun takliflar ishlab chiqadi;
pudrat tashkilotlarini mutanosib rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;
transport xizmati ko`rsatishni rivojlantirish, ko`rsatilayotgan uy-joy-kommunal xizmatlar darajasi va sifatini tubdan oshirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;
qurilish kompleksi, ishlab chiqarish, muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi yakunlari bo`yicha tahliliy materiallar tayyorlaydi;
g) qishloq xo`jaligini rivojlantirish yo`nalishida:
qishloq xo`jaligini yanada rivojlantirish va qishloq xo`jaligi ekinlarini maqbul joylashtirish bo`yicha takliflar tayyorlaydi;
qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun qo`shimcha zaxiralarni aniqlash ishlarini amalga oshiradi;
qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini tarkibiy o`zgartirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;
paxtachilik, g`allachilik, sholichilikni rivojlantirish, meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum etishtirish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va qishloq xo`jaligining boshqa asosiy yo`nalishlarini rivojlantirishning prognoz parametrlarini ishlab chiqadi;
d) ijtimoiy rivojlantirish, demografiya, aholi bandligi va xizmat ko`rsatish yo`nalishida:
hudud aholisining demografik jarayonlarini va jins-yosh tarkibini, ularning bandligi darajasi va tarkibini, ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarini, aholi hayoti darajasini, shuningdek madaniy-ma`rifiy ishlar sohasidagi ishlarning holatini tizimli tahlil qiladi;
aholining yashash darajasi va sifatini oshirish, aholi daromadlari o`sishini ta`minlash, xarid qobiliyati darajasini oshirish va ichki iste`mol bozorini to`ldirish masalalari bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;
aholiga tibbiy, ta`lim va ijtimoiy-madaniy xizmat ko`rsatishni yanada takomillashtirish, aholining alohida toifalarini manzilli ijtimoiy qo`llab-quvvatlash va himoya qilishni rivojlantirish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;
oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida mutaxassisliklar nomenklaturasini takomillashtirish va o`zgartirish, shuningdek oliy ma`lumotli mutaxassislarga bo`lgan real ehtiyojdan kelib chiqqan holda oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish parametrlari bo`yicha takliflar ishlab chiqadi, o`rta-maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalariga qabul parametrlarini shakllantirishda ishtirok etadi;
mehnat bozorini rivojlantirish va tartibga solish, aholi bandligini ta`minlash, demografik omillarni va hudud iqtisodiyotini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishga joylashtirishning ilg`or shakllarini joriy etish bo`yicha takliflar ishlab chiqadi;
sport-sog`lomlashtirish xizmatlari ko`rsatish sifatini oshirish, madaniy dam olish muassasalari faoliyatini rivojlantirish bo`yicha takliflar tayyorlaydi;
xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirish, ko`rsatilayotgan xizmatlar ro`yxatini kengaytirish va sifatini oshirish bo`yicha takliflar tayyorlaydi, xizmat ko`rsatish sohasini rivojlantirishga oid dasturlarni ishlab chiqadi va ular ijrosi monitoringini yuritadi;
ta`lim, sog`liqni saqlash, madaniyat va sport tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini, aholi bandligini ta`minlash va xizmat ko`rsatish dasturlarini amalga oshirish yakunlari bo`yicha, shuningdek demografik jarayonlar dinamikasi va aholi hayoti darajasi to`g`risidagi tahliliy materiallarni tayyorlaydi.