19.03.2024, Seshanba

Turizm potentsiali

Qoraqalpog'iston Respublikasi turizm saloxiyati


Bugungi kunda Qoraqalpog'iton Respublikasi hozirgi davr va qadim o'tmishni bog'lovchi tirik rishtadir. Buning isboti sifatida 131 arxeologik izlanishlar natijasida topilgan ob’ektlar, 25 arxitektura namunalari, 89  monumental san’at yodgorliklariva 40 ga yaqin diqqatga sazovor joylarni keltirish mumkin.

Xozirda 40 dan ziyod turistik tashkilot Qoraqalpog'iston Respublikasida faoliyat yuritib kelmoqda, bu esa Qoraqalpog'iston Respublikasining turistik saloxiyati naqadar yuqori ekanligini qo'rsatib kelmoqda. Respublika hududida joylashgan qariyb 18 asrlik tarix haqida so'zlovchi Ayazqal’a, o'z arxitekturasini yaxshi saqlab qolgan va milodiy 4-asrga tegishli bo'lgan Tuproqqal’a va Orol dengizini tarannum etuvchi Mo'ynoq o'lkashunoslik muzeyi va Orol dengizi suvlarida suzib hozirda faqatgina dengiz haqida bizga so'zlovchi «Kemalar qabristoni» kabi diqqatga sazovor joylari chet ellik sayyohlarni o'ziga jalb qilib kelmoqda.


Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrif buyurgan har bir sayyoh, albatta I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq Davlat san’at muzeyiga kirib u erdagi eksponatlarni tomosha qilib ketishi odat tusiga kirgan. Muzeyda xalq amaliy san’ati, qadimiy va o'rta asrlar Xorazm san’ati, 1920-30yillar o'zbek va rus tasviriy san’ati, qoraqalpoq zamonaviy rang-tasvir va haykaltaroshligi, ilmiy-ma'rifiy bo'limlar, 1920-30-yillarda yaratilgan zargarlik, yog'och o'ymakorligi, kashtado'zlik, to'qimachilik va milliy kiyimlar kabi 90 mingdan ziyod eksponatlar hozirda turistlar e’tibori markazidadir.


Qadimgi karvon saroylar o'rnini egallab kelayotgan mehmonxonalarga ham hozirda talab yuqori bugungi kunda Qoraqalpog'iston Respublikasida 30 ga yaqin mehmonxona va mehmon uylar kelgan mahalliy va xorijiy turistlarga zamonaviy xizmat ko'rsatib kelinmoqda. Birgina 2018 yilning I-choragiga ko'ra mehmonxonalarimizda 7541turistlarga xizmat ko'rsatilgan bo'lib, shulardan 942 tasi chet ellik turistlarni tashkil qiladi.Shuning o'ziyoq turizm salohiyatining naqadar yuqoriligidan dalolat beradi.


Transport sohasiga nazar tashlaydigan bo'lsak qadimdagiday manzilga etguncha bir necha oylab vaqt emas balki bir necha soatni tashkil etmoqda. Hozirgi kunda turistik firmalar maxsus avtobus va mikroavtobuslar bilan ta'minlangan. Orol dengiziga sayoxatni tashkillashtirishda turistik firmalar yo'l tanlamaslardan foydalanib kelmoqdalar.



Qoraqalpog'iston Respublikasi faqatgina tarixiy va afsonaviy shaharlari bilangina emas balki ekoturizm ham rivoj topmoqda. Hozirgi kunda Qoraqalpog'iston Respublikasida 11 ming 568 gektar qo'riqxona zonasi mavjud, bu qo'riqxonalarda 826 bosh Buxoro bug'usi, suv havzalarida esa 43 turdagi baliqlar, sudralib yuruvchilarning 11 turi, tulki shoqol kabi 10dan ortiq hayvon turlari mavjud. Ellikqal’a tumani Navoiy ovulida «Bo'ston straus» fermer xo'jaligida saqlanayotgan tuyaqushlarni, Ellikqal’a tumani markazidagi Amir Temur botanika bog'ida dunyoning turli mintaqalarida o'sadigan 200 tup daraxt, 200 tupga yaqin butalarva 80dan ortiq turfa gullar parvarishlanib kelmoqda.