Zamonaviy axborot texnologiyalarini qo`llagan holda ochiq tanlovlar asosida davlat xaridlarini amalga oshirish
2013 yilda davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2014 yilga ustuvor yo'nalishlar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkasi yig'ilishida so'zga chiqib, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga kredit olish, xom-ashyo resurslariga, shuningdek davlat xaridlari tizimiga keng yo'l ochib berishli zarurligini ta'kidlab o'tdilar.
"Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili" davlat dasturida qo'yilgan vazifalarni bajarish uchun qonunchilik asoslarini yaratish maqsadida joriy yilning 7 fevralida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1475-sonli "Davlat xaridlari tizimini muqobillashtirish va ularga kichik biznes sub'ektlarini jalb qilishni kengaytirish to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq 2011 yilning 1 aprelidan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi ancha takomillashgan, kichik biznes sub'ektlariga ulushlar (kvotalar) ajratishni ko'zda tutuvchi yangi tizim amalga kiritildi.