28.03.2024, Payshanba

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyari va kommunikaciyalarini rivojlantirish vazirlig iQoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmasi

Baekeev Timur Reymbaevich 

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmasi rahbari 

  Manzil:

 230103, No'kus shahri, Qoraqalpog'iston ko'chasi 7 uy
 Telefon:

0 (361) 222-14-41

 E-mail:

 t.baekeev@mitc.uz

 Qabul kunlari:


 Seshanba 10:00 - 12:00,  juma 15:00-17:00






Kolanov Kurmangali Moldagalievich 

Ўзбекистон Республикаси Ахборот технологияри ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги Қорақалпоғистон Республикаси ҳудудий бошқармаси раҳбари ўринбосари

  Манзил:

 230103, No'kus shahri, Qoraqalpog'iston ko'chasi 7 uy

  Telefon:

0 (361) 222-14-74

 E-mail:

 k.kolanov@mitc.uz

  Qabul kunlari:

  Har kuni 10:00 - 17:00

 

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI VA KOMMUNIKATsIYaLARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI

Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmasi to'g'risida

NIZOM


1. Umumiy qoidalar


1.1. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Hududiy boshqarmasi (keyingi o'rinlarda – Hududiy boshqarma deb ataladi) yuridik shaxs hisoblanmaydi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 

19 fevraldagi PQ-3549-son qarori muvofiq O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq faoliyat olib boradi.

1.2. Hududiy boshqarma o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Nizomi, buyruqlari, Vazirlikning hay’ati qarorlariga, boshqa me’yoriy hujjatlarga, hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

1.3. Hududiy boshqarma rahbarligi mazkur yo'nalishni muvofiqlashtiruvchi vazirning birinchi o'rinbosariga to'g'ridan-to'g'ri bo'ysunuvchi Boshqarma boshlig'i tomonidan amalga oshiriladi.

1.4. Hududiy boshqarma boshlig'i va boshqa xodimlari vazirning birinchi o'rinbosari bilan kelishgan holda Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

1.5. Faoliyatini moliyalashtirish, shuningdek Hududiy boshqarma xodimlari shtat jadvali Vazir tomonidan tasdiqlanadi.

1.6. Hududiy boshqarma o'z nomi yozilgan muhrga ega bo'ladi.

1.7. Hududiy boshqarma o'z faoliyatini davlat boshqaruvi organlari, joylardagi mahalliy hokimlik organlari va tashkilotlarning hududiy organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boradi.

2. Asosiy vazifalari

2.1. Quyidagilar Hududiy boshqarmaning vazifalari hisoblanadi:

- Qoraqalpog'iston Respublikasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi va rivojlanishi bo'yicha davlat siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishida qatnashish;

- davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalarida, joylardagi mahalliy hokimlik organlarida boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirish va davlat xizmatlari tizimida axborot kommunikatsiya texnologiyalari jorii etilishi bo'yicha hududii dasturlarni ishlab chiqish va amlaga oshirish;

- hududiy bo'ysunuvchi korxona va tashkilotlarda axborot tizimlari, resurslari va dasturiy mahsulotlar joriy etilishi va rivojlanishini muvofiqlashtirish;

- qulay sharoit va iqtisodiy qulaylik yaratish bo'yicha taklif tayerlash hisobiga hududda AKT rivojlanishini ta'minlash;

- davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining hududiy bo'linmalarida, joylardagi mahalliy hokimlik organlari faoliyatini davlat xizmatlarini muvofiqlashtirish va axborotlashtirish bo'yicha baholash va nazorat qilish, idoralararo muvofiqlashtirish, monitoring qilish, «elektron hukumat» joriy etilishi bo'yicha hududiy dasturlar amalga oshirilishini ta'minlash;

- hududda AKT joriy etilishini tezlashtirish maqsadida qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar takomillashtirilishi bo'yicha taklif tayyorlash;

- Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qoshidagi “Kompyuterlashtirish markazi” DUK faoliyatini takomillashtirish;

- telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan Internet tarmog'iga, mobil va yo'ldosh aloqa tarmoqlariga keng polosali tarmoqlariga ulanishni kengaytirish, telefon aloqasi va teleradioeshittirishning raqamli tizimlariga to'liq o'tish bo'yicha davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirilishida qatnashish;

- telekommunikatsiya tarmoqlari va texnologiyalari, radioaloqa, radiouzatish va televidenie, mobil aloqani rivojlantirish, joriy etish, yaratishda yagona talab va shartlarni ishlab chiqishda qatnashish;

- Vazirlik rahbariyati bilan kelishgan holda xo'jalik yurituvchi sub’ektlarining faoliyati ustidan davlat nazorati tashkil etish va o'tkazish tartibi va qoidalari ishlab chiqilishida qatnashish;

- barcha operator va provayderlar tomonidan litsenziya kelishuvi va soha me’yoriy hujjatlari va me’yoriy huquqiy hujjatlari va boshqa talablari bajarilishi monitoringini tashkil etadi;

- ma'lumotlar uzatish, tele-radio dasturlarni tarqatish bo'yicha texnik vositalarni ishlatishda me’yoriy hujjatlar talablari buzilmasligi, radiochastota spektridan xavfsiz foydalanish bo'yicha tegishli davlat boshqaruvi organlari bo'linmalari bilan hamkorlikni ta'minlaydi;

- pochta, telekommunikatsiya tarmoqlari, shuningdek ma'lumotlar uzatish tarmoqlari va teleuzatish, axborot tizimlarida axborot xavfsizligi, aloqa korxonalari ob’ektlarida qo'riqlashni ta'minlashga yo'naltirilgan profilaktik choralarni amalga oshiradi;

- pochta xizmatlari ko'rsatilishi, telekommunikatsiya va davriy nashrlar tarqatilishi bo'yicha yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlarini qonunchilik doirasida zarur hollarda joyiga chiqqan holda ko'rib chiqadi.

3. Funktsiyalari

3.1. Hududiy boshqarmaning o'zga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

- hududda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish dasturi, radiochastota spektridan foydalanish, litsenziya shartlarini bajarilishini hududiy darajada amalga oshirilishini tahlil qilib boradi;

- “elektron hukumat” tizimi va milliy axborot tizimini shakllantirish va rivojlantirish doirasida mahalliy hokimlik organlarida tadbirlar bajarilishini nazorat qilish bo'yicha muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

- interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatilishi bo'yicha yagona texnologik echimni amalga oshirishni texnik qo'llab quvvatlash bo'yicha tadbirlarni muvofiqlashtiradi;

- hududiy dasturiy mahsulot ishlab chiqishni rivojlantirish, mahalliy dasturiy mahsulotlar, axborot resurslari va tizimlari ishlab chiqilishi bozori shakllanishi bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish va qo'llab quvvatlash;

- hududiy korxona va tashkilotlarda dasturiy mahsulotlar va zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etilishini muvofiqlashiradi;

- elektron raqamli imzo vositalari joriy etilishi, elektron hamkorlik, elektron hujjat aylanishi tizimlari samarali foydalanilishini tashkil etadi;

- hududda litsenziya olish uchun talabgorlardan Davlat xizmatlari agentligiga kirmagan hujjatlarni qabul qiladi va vazirlikka yuboradi;

- korxonalar kadrlar bilan ta'minlanganligi, sohaga biriktirilgan kollej, TATU va filiallari bitiruvchilari ishga joylashtirilishini tahlil qiladi;

- hokimliklarda davlat xizmatlari bilan bog'liq ma'muriy jarayonlarni optimallashtirish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

- davlat xizmatlari iste’molchilariga xizmat ko'rsatilishi yangi tizimi shakllanishi maqsadida aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga ko'rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlanadi va doimiy monitoring olib boradi;

- hokimliklarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilganligini tahlil qiladi va takliflar kiritib boradi;

- yuridik va jismoniy shaxslar, hokimliklar axborot resurslari va tizimlarini shakllantirish va rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradi;

- elektron hukumat sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni, shuningdek axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni, telekommunikatsiyalarni va pochta aloqasini istiqbolli rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan keng polosali foydalanishning zamonaviy vositalarini, ma'lumotlarni uzatishning raqamli tizimlarini, yo'ldosh va mobil aloqani, teleradioeshittirishni joriy etish, yuridik va jismoniy shaxslarga elektron davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini takomillashtirish, raqobatbardoshli dasturiy mahsulotlarni mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish, axborot tizimlari va resurslarni rivojlantirish bo'yicha hududiy darajada ishtirok etadi;

- elektron hukumatni axborotlashtirishni, telekommunikatsiyalar tarmoqlari va pochta aloqasi, radioaloqa, teleko'rsatuvlar va radioeshittirishlar hamda matbuotni tarqatish, elektron raqamli imzodan va radiochastota spektridan foydalanish sohasida strategik ustuvor vazifalarni shakllantirishda qatnashadi;

- axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, elektron hukumatni yanada rivojlantirish, ma'muriy tartibotlarni axborotlashtirish, mintaqada telekommunikatsiya tarmoqlari va pochta aloqasini rivojlantirish, radiochastota spektridan foydalanish, teleko'rsatuvlar va radioeshittirishlar hamda matbuotni tarqatish sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshirishda davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hududiy bo'linmalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;

- tegishli maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar, axborotlashtirish, telekommunikatsiyalari va pochta aloqasi sohasida xo'jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati uchun teng shart-sharoitlar yaratilishiga, raqobatni rivojlantirishga va iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishiga ko'maklashadi;

- “Elektron hukumat” tizimi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishi va rivojlanishi bo'yicha sohaviy, hududiy va davlat dasturlari borishi to'g'risida Vazirlikning hududlarni muvofiqlashtirish bo'limi hamda hududlarda AKT rivojlanishi bo'limlariga ma'lumot kiritib borilishini ta'minlaydi.

4. Xuquqlari

4.1. Vazirlikning hududiy boshqarmasi o'zinig funktsiyalarini amalga oshirish maqsadida quydagi xuquqlarga ega:

- Vazirlik hududiy boshqarmasi vakolati doirasiga kiradigan savollar yuzasidan davlat va xo'jalik boshqaruvi organlaridan kerakli ma'lumotlarni olish;

- o'z vakolat doirasida mulkchilik shaklidan qattiy nazar korxona, muassasa, tashkilotlarda, pochta aloqasi va telekommunikatsiya xamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida xizmatlar ko'rsatishda huquq va me’yorlarga rioya kilinishi yuzasidan monitoring o'tkazish;

- o'z vakolat doirasida mulkchilik shaklidan qattiy nazar korxona, muassasa, tashkilotlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari soxasida faoliyatini nazorat kilish;

- dasturiy mahsulotlarning mahalliy ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash bo'yicha takliflarni ishlab chiqish uchun dasturiy mahsulotlar mahalliy bozorining rivojlanishi holatini tahlil qilish va o'rganish;

- litsenziya kelishuvidagi talablar va shartlari bajarilishi xamda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari soxasida faoliyat yurituvchi xo'jalik yurituvchi sub’ektlarni qonunlarga rioya qilish yuzasidan tizimli monitoring amalga oshirish;

- “Elektron hukumat” tizimi belgilangan muddatda va to'liq joriy kilinishi, idoralararo axborot tizimlari va axborot resurslarini joriy etish va rivojlantirilishi bo'yicha monitoring o'tkazish, o'rganish va nazorat qilish;

- Vazirliklar, hududiy boshqarmalar, idoralar, kompaniyalar, assotsiatsiyalar, yirik korxonalar va birlashmalar, davlat boshqaruv organlari rahbarlarini joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va davlat interaktiv xizmatlarini iktisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida samaradorli va sifatli joriy etish, baholash mezonlaridan kelib chiqqan holda egallab turgan lavozimiga loyiqligini Vazirlikka ko'rib chiqish uchun o'rnatilgan tartibda kiritish;

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va davlat interaktiv xizmatlarini joylarda samarali va sifatli joriy etish bo'yicha Vazirliklar, xududiy boshqarmalar, davlat qo'mitalari va idoralari hamda davlat boshqaruv organlarida belgilangan tartibda o'rganish o'tkazish;

- davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va elektron davlat xizmatlarini joriy etish masalalarini ko'rib chiqish bilan bog'liq majlislarida belgilangan tartibda qatnashish;

- davlat boshqaruv organlari va xo'jalik  boshqarmalari, maxalliy davlat xokimiyat organlari rahbarlarini milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish va joriy etish kompleks dasturlarini joylarda bajarilishi yoki bajarmasligi yuzasidan Vazirlar Kengashiga aniq taklif kiritish;

- axborot-texnologiyalari va kommunikatsiya soxasida statistik xisobotni yuritish va tashkil qilish maqsadida barcha davlat boshqaruv organlari va boshqa tashkilotlardan kerakli ma'lumotlarini olish;

- favqulotda xolatda (xarbiy xarakatlar, zilzilalar, suv toshkinlari, eng'inlar, epidemiyalar va boshqalarda) telekommunikatsiyalarning har qanday tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ularning ishlashini cheklash yoki to'xtatib qo'yish, shuningdek telekommunikatsiya tarmoqlari va vositalarini markazlashtirilgan xolda boshqarish, bundan telekommunikatsiya xizmatlari maxsus iste’molchilarining telekommunikatsiya tarmoqlari mustasno;

- davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlardan Vazirlik vakolatiga taalluqli bo'lgan masalalar bo'yicha hujjatlarni, statistik ma'lumotlarni, tahliliy materiallarni, xulosalarni va boshqa axborotlarni so'rash, talab qilish va olish;

- o'z vakolat doirasida, hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo'yicha davlat inspektsiyasi orqali, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va pochta aloqasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar va normativ hujjatlar, standartlar, texnik reglamentlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;

- xududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tizimini takomillashtirish va joriy etish yuzasidan Vazirlikka takliflar kiritish.