17.09.2021, Juma

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga yangi o'rinbosar tayinlandi

Embergenov Jengis Sag'inbaevich – Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi  Raisining Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo'jaligi masalalari bo'yicha yangi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.


Embergenov Jengis Sag'inbaevich –  ushbu kungacha Qoraqalpog'iston Respublikasi Qurilish vaziri lavozimida faoliyat yuritib keldi.

Ta'kidlash joizki,  Embergenov Jengis Sag'inbaevich 2012-2017 yillar davomida ayni ushbu, ya’ni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish masalalari bo'yicha  birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma'lumot o'rnida, joriy kungacha ushbu lavozimda Nagmetov Sabur Idrisovich ishlab keldi.



Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati