29.03.2024, Juma

KELGUSI YIL HOSILIGA ZAMIN TAYYORLANMOQDA

Joriy yil 11-avgust  kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariyev, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Teshaev  rahbarligida To‘rtko‘l  tumani "Ko‘na To‘rtko‘l" OFY hududidagi "To‘rtko‘l non agroklaster " mas’uliyati cheklangan jamiyati dala maydonida 2023 yil hosili uchun g‘alla ekish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.


Seminarda qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va melioratsiya xodimlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashdilar.

Ko‘rgazmali  seminarda so‘zga chiqqan mas’ullar tomonidan ekish ishlarini  optimal muddatlarda  tizimli  amalga oshirish maqsadida  ekish uchun yer tayyorlash,  sho‘r yuvish va ekish  bo‘yicha tashkil qilingan otryad a’zolari bilan mavsumni belgilangan grafik asosida to‘lig‘i bilan yakunlash borasida so‘z yuritildi.Seminar davomida mas’ullar ishtirokida yaxshi niyatlar bilan kelgusi yil hosilining ilk g‘alla urug‘lari yerga sepildi.

 

Seminarda  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini zararkunandalardan himoyalash borasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan biologik va kimyoviy vositalar hamda  suvni  tejovchi texnologiyalardan iborat ko‘rgazma ham tashkil etildi.                                                                                                                              




To‘rtko‘l  tumani hokimligi Axborot xizmati