28.03.2024, Payshanba

G'alladan bo'shagan er maydonlarida takroriy ekin ekiladi...

Beruniy tumanida bo'lib o'tgan dala seminari aynan g'alladan bo'shagan erlarga takroriy hosil ekishni tizimli tashkil qilish ayniqsa erdan foydalanishda tumandagi ishsiz aholi va yoshlar, shuningdek, «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» ruyxatidagi fuqarolarga berish va undan unumli foydalanish bo'yicha bo'lib o'tdi.



Bugun Beruniy tumanidagi 2 sektor hududidagi Navoiy OFY  “To'li Baltabaevich” fermer xo'jaligida o'tkazilgan ko'rgazmali seminar aynan shu mavzuda bo'lib o'tdi.
Seminarga  Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori F. Allambergenov, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xodjametov, Beruniy tumani hokimi A.Saparbaev, sektor rahbarlari, tuman hokimi o'rinbosarlari, tijorat banklari, fermer xo'jaliklari rahbarlari va mas’ul tashkilot va korxona mutassaddilari shuningdek er oluvchi aholi ishtirok qildilar.
Seminar davomida  Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori F. Allambergenov va  Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.Xodjametovlar so'zga chiqib tez fursatlarda g'alladan bo'shagan er maydonlarini ishsiz aholiga bo'lib berish tartiblari xususuda tushuntirishlar berib o'tdilar. 



Tumanda  g'alladan bo'shagan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish uchun er tayyorlash, talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini etkazish, agrotexnik tadbirlarni sifatli o'tkazish kabi tadbirlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, har bir xonadonning oilaviy ahvoli o'rganildi. Ular to'g'risida ma'lumotlar bazasi shakllantirildi.


 Ana shu ishsiz fuqarolardan   takroriy ekin ekish istagini bildirgan aholiga hozirda  fermerlar g'alladan bo'shagan 3 ming 300 gektar er maydonlarini taqsimlash bilan birga, uni haydash va belgilangan takroriy ekin ekish ishlari uchun bevosita amaliy yordam bermoqda.
Tumandagi 4 ta sektordan 11550 nafar fuqarolarga berish bo'yicha barcha ishlar amalga oshirilgan. Tumandagi 40 ta ovul va maxalla fuqarolar yig'inidan ro'yxatlar shakllantirilib, qishloq ho'jaligi mahsulotlarini ekish uchun ajratib berish ishlari boshlab yuborildi 
 Shuningdek seminar davomida tomorqa xizmatlari ko'rgazmasi tashkil qilindi. 

Seminar yakunida bajarilishi lozim masalalar bo'yicha tegishli raxbarlarga topshiriqlar berildi.    

 Beruniy tumani hokimligi axborot xizmati