29.03.2024, Juma

Oliy ta'lim muassasasiga qo'shimcha davlat grant asosida onlayn shaklda https://aziz-ayol.uz saytida ariza berish tartibi




2021 yil 3 iyun kungi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'lim muassasalariga qo'shimcha davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o'qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020 yil 23 iyundagi 402-son qaroriga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi 338-sonli qaroriga asosan Oliy ta'lim muassasalariga qo'shimcha davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlari doirasida ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 8 iyun kuniga qadar onlayn shaklda https://aziz-ayol.uz platformasi orqali arizalar qabul qilinadi.
Respublika oliy ta'lim muassasalariga ajratilgan qo'shimcha davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlari doirasida oliy ma'lumot olish istagida bo'lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi. 
kam ta'minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta'minlangan oila deganda, oilaning har bir a'zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 0,527 baravaridan ko'p bo'lmagan miqdorda to'g'ri keladigan bir oylik o'rtacha jami daromadga ega bo'lgan oila tushuniladi; 
to'liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar; 
turmush o'rtog'i vafot etgan, voyaga etmagan farzandini yolg'iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar; 
nogironligi bo'lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar; 
ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg'iz ayollarning qiz farzandlari; 
ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo'lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar. 
Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi. 
Oliy ta'lim muassasasiga  qo'shimcha davlat grant asosida onlayn shaklda https://aziz-ayol.uz saytida ariza berish tartibi

https://aziz-ayol.uz  saytiga kiramiz 
2. Ariza berish tugmasin bosib kiramiz.
3. Pasport raqami tug'ilgan sanasin kiritamiz.
4. Xudud, tuman, mahalla va uy manzilin kiritamiz.
5. Qaysi mezon ekanlagin tanlaymiz (bir yoki ikki bo'lishi mumkin).
6. Qo'l telefon raqamin kiritamiz.
7. Shaxsiy ma'lumotlarni Shaxsiy maʼlumotlarim aziz-ayol.uz  tizimida saqlanishiga va qayta ishlanishiga itrozim yo'q tugmasin yoqamiz. 
8. Saqlash tugmasini bosamiz.

Eslatma: Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 iyundagi “Oliy ta'lim muassasalariga qo'shimcha davlat granti asosidagi qabul ko'rsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o'qishga qabul qilishni tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 402-son qaroriga asosan 2020 yil berilgan tavsiyanomalar o'z kuchida qoladi. (Tavsiyanoma berish uchun qayta ariza topshirilishi shart emas)