28.03.2024, Payshanba

Etim qizlar, boquvchisi yo'q yolg'iz ayollarning kontrakt to'lovini hokimiyat va oliygohlar to'lab beradi

Bugungi videoselektor yig'ilishida oliy ma'lumotli bo'lish istagida bo'lgan, qobiliyati, bilimi bor, lekin taqdir taqozosi bilan orzusiga erisha olmagan xotin-qizlarni rag'batlantirish tizimini joriy qilish haqida so'z bordi.


Prezidentning qayd etishicha, ota-onasining biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo'q yolg'iz ayollarning kontrakt to'lovini hokimiyat va oliygohlar qoplab beradi. Bunda har bir viloyat hokimi mahalliy byudjet hisobidan 100 nafar, har bir oliygoh esa 30-50 nafardan xotin-qizning kontrakt́ini to'lab berishga mas’ul bo'ladi. Senat Raisi Tanzila Norboeva ushbu ishlarni tashkillashtirishga shaxsan bosh-qosh bo'ladi.

 

Yig'ilishda Urganch universiteti rektori bu tizim orqali kutilayotgan natijalarni tushuntirib berdi.

 

O'zA