29.03.2024, Juma

Bugun 14-yanvar O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni

Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o'tkazilayotgan islohotlar mamlakatimizning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi, barqaror rivojlanishi va xalqimiz tinchligini yanada ishonchli himoyasini ta'minlash imkonini bermoqda.

Milliy armiya jamiyatimizning ajralmas qismiga hamda o'sib kelayotgan yosh avlod va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning faol hayotiy pozitsiyasini mustahkamlash, mamlakat kelajagi uchun fuqarolik mas’uliyati hissini oshirishga xizmat qiluvchi etakchi institutga aylanmoqda.


O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilganligining 29 yilligi va Vatan himochilari kuni munosabati bilan bugun 14-yanvar kuni Nukus shahridagi «Motamsaro ona» haykali poyiga gulchambarlar qo'yilib hurmat bajo keltirildi.

Tadbir davomida Shimoli-g'arbiy harbiy okrugi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi xodimlari tantanali marshga saf tortdi.

 

Bundan keyin Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida «Kim Vatanga sodiq bo'lsa mendurman o'sha» shiori ostidagi kontsert dasturi bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida harbiylar uchun bayram dasturxoni yozildi va esdalik sovg'alar topshirildi.

 

QR Vazirlar Kengashi Matbuot xizmati