28.03.2024, Payshanba

Pokistonning mashhur nashrlaridan birida Nukus DPI bilan hamkorlik bo'yicha material chop etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida O'zbekistonning Pokiston Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Oybek Usmonov bilan uchrashuvda Panjob universiteti bilan hamkorlik bo'yicha muzokaralar bo'lib o'tgan edi.

Pokiston Global va strategik tadqiqotlar markazi rahbari Xolid Akrom va Panjob universiteti vitse-kantsleri, professor Muhammad Salim Majar bilan elchi Oybek Usmonov hamda institut rektori Bayrambay Otemuratov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Polatbek Kalxanovlar onlayn formatda o'tkazilgan uchrashuvda kelgusida ilmiy-pedagogik faoliyatda hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Bu haqda Pokiston Islom Respublikasi «National Herald Tribune» gazetasining 2020 yil 25 dekabr kungi sonida material chop etildi.

Uchrashuvda Panjob universiteti vakillari talabalar, doktorantlar va professor-o'qituvchilarni o'zaro almashish, 6 oydan 1 yilgacha bepul va barcha xarajatlari qoplanadigan o'quv safarlarini tashkil etish bo'yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni kelishib olgan edi.

Nukus DPI matbuot xizmati.