29.03.2024, Juma

Nukus DPI voleybol jamoasi O'zbekiston superkubogi g'olibi bo'ldi

Toshkent davlat transport universiteti sport zalida voleybol bo'yicha erkaklar va xotin-qizlar o'rtasida O'zbekiston superkubogi uchun musobaqa bo'lib o'tdi. Musobaqada bu yilgi O'zbekiston chempionlari va kubogi g'oliblari ishtirok etdi.

Xotin-qizlar o'rtasida O'zbekiston chempioni bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasining «NDPI» jamoasi superkubok musobaqasida O'zbekiston kubogi finalchisi Jizzax viloyati jamoasiga ikki o'yin natijalari bo'yicha hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 2020 yildagi O'zbekiston superkubogi g'olibi hamda absolyut chempioni bo'ldi.