29.03.2024, Juma

Yangi ko'prik qurilishi qachon yakunlanadi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi balansidagi 4R-176 "Nukus sh.-Chimboy sh.-Taxtako'pir sh." avtomobil yo'lining 4,5 km da er usti piyodalar o'tish o'tkazgichi qurilishi belgilangan. Buyurtmachi etib Avtomobil yo'llari qo'mitasiga qarashli “Umumfoydalanishdagi avtomobil yo'llarni qurish va rekonstruktsiya qilish direktsiyasi” DUK belgilangan. Ob’ekt umumiy qiymati 2 244,0 mln.so'mni tashkil qiladi. Hozirgi kunda 741,0 mln.so'mlik ish xajmi bajarildi. Ko'prikni 2021 yil 6-oylik yakuni bilan foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Avtomobil yo'llari hududiy bosh boshqarmasi ma'lum qildi.

 


QR Vazirlar Kengashi Axborot xizmati