29.03.2024, Juma

Mo‘ynoq tibbiyot sohasi bo‘yicha yetakchi o‘ringa chiqadi

Qoraqolpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri M.Qurbonov: « – Tibbiyot sohasi bo‘yicha Mo‘ynoq yetakchi o‘ringa chiqadi!»

Bugun Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasining ko‘b tarmoqli oilaviy poliklinikaning yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Binoning ochilish tantanasiga tuman hokimi Ye.Yedenbayev ishtirok etib, tibbiyot sohasi xodimlarini yana bir marta bayram bilan tabriklab o‘tdi. Shuning bilan birga shu yilning 6-noyabr kuni  Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalari muhokoma etilganligi alohida e’tirof etdi.

Tadbirga tuman aholisi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari  A.Inayatov, Qoraqolpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri M.Qurbonov va Qoraqolpog‘iston Tibbiyot institutining rektori O.Ataniyazovalar ishtirok etdi. Ular o‘z so‘zida tuman aholisini yangilik bilan samimiy qutlab, tibbiyot xodimlari uchun yana bir qator yangiliklar bor ekanligi ta’kidlab o‘tdilar.

Yani bugundan boshlab Qoraqolpog‘iston Tibbiyot institutining bitiruvchi kurs talabalariga amalyot darslari Mo‘ynoqda o‘tiladi. Ularni oila shifokori etib tayorlash maqsadida Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasining tajribali shifokorlariga biriktiriladi. Yosh kadrlarni turar joy bilan ta’minlash choralari ko‘riladi. Talabalarning nazariy  bilim olishini uzulishga tushmasligi uchun onlayn darslar tashkillashtiriladi. Yangi poliklinikaning 24 soat davomida faoliyat olib borish tizimi yaratiladi.

Tibbiyot sohasidagi bugungi yangilar tuman aholisini quvontirib, tadbir so‘ngida ishtirokchilar quli gul qurilishchilarimiz bunyod etgan yangi binoning qulishi, fuqoralar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Mo‘ynoq tuman hokimligi Matbuot xizmati