29.03.2024, Juma

Orolga hayot bag‘ishla

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Orolga hayot bag‘ishla» mavzusidagi xalqaro onlayn-konferensiya boshlandi.

Anjumanning maqsadi Orol dengizi fojiasi to‘g‘risida xabardorlikni global miqyosda oshirishdan iborat. Tadbirda xalqaro tashkilotlar vakillari, ekologlar, olimlar, inflyuyenser va blogerlar ishtirok etmoqda.


Konferensiyada ekologik fojianing salbiy oqibatlarini yumshatishning qo‘shimcha chora-tadbirlari sifatida mahalliy aholini ish bilan ta’minlash, turmush sharoitini yaxshilash nuqtai nazaridan mintaqada ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha xorij tajribasini joriy etish istiqbollari, atrof-muhitni qayta tiklash bo‘yicha innovasion vositalar va mexanizmlar, Orolbo‘yida sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni hal etishning ustuvor masalalari muhokama qilinadi.