28.03.2024, Payshanba

«Men koronavirusdan davolandim. Tibbiyot xodimlariga raxmat»…

Men Xo‘jayli tumani «B.Qurbanov» ko‘chasi 68 uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Usmonov Murodbek Sarsenbayevich bo‘laman. Hozirgi vaqtda yer yuzida muammo bo‘lib turgan COVID-19 bilan kasallangan ko‘pchilik insonlar bu dunyodan yerta ko‘z yumishmoqda. Ushbu kasallik bilan kurashish uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar ishga solingan. Buning uchun hurmatli Prezidentimizga raxmat aytamiz.

Men ham shu pnevmoniya kasalligi bilan 2020 yilning 14-oktyabr sanasidan 24-oktyabr kuniga qadar Nukus shahridagi Sport kompleksida tashkillashtirilgan kasalxonada davolandim. Shu vaqt oralig‘ida mening e’tiborimni tortgan narsa shu bo‘ldiki, shfokorlar va xamshiralar har bir kasalga katta e’tibor, g‘amxo‘rlik va odamgarchilik bilan munosabatda bo‘ldi.

Men bunday o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qiladigan insonlarning yanada ko‘payishini xudodan so‘rab qolaman.

Men quyidagi insonlarga o‘zim va oilam nomidan minnatdorchilik bildiraman.

Nurmanov Salao‘at-( RNSEMP shfokori

Yembergenova Shaxnoza-( RNSEMP hamshira)

Musakulova Qәlbiyke-( RNSEMP hamshira)

Hurmat bilan: Usmanov Muratbay Sarsenbayevich