29.03.2024, Juma

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi idoralararo komissiya raisi Q.Sarievning Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi idoralararo komissiya yig'ilishidagi kirish so'zi


Assalomu alaykum hurmatli majlis ishtirokchilari!

Bugungi majlis kun tartibida:

1. 2017 yil yakuni bo'yicha «Yilning eng yaxshi mas’ul kotibi» tanlovining respublika bosqichi g'olibi Xo'jayli tumani idoralararo komissiya mas’ul kotibi Naranova Farangiz Zakirovnani voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha respublika idoralararo komissiyasining “Nishoni” va “Fahriy yorlig'i” bilan tantanali ravishda taqdirlash yuzasidan.

2. Komissiyaning 2018 yilga belgilangan Ish rejasining ijrosi (shu kunga qadar) va ijtimoiy masalalar to'g'risida.

Hurmatli majlis qatnashchilari!

Majlisimizda: Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi idoralararo komissiya a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasining mas’ul xodimi, voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha tuman (shahar) idoralararo komissiyasi raisining o'rinbosarlari, komissiya mas’ul kotiblari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.


Hurmatli majlis qatnashchilari!

Majlisimizni ochiq deb e’lon qilamiz.

Kun tartibidagi birinchi masalani to'liq ko'rib chiqilgandan keyin muzokaraga o'tishga kelishib olsak.

 

Voyaga etmaganlarning huquqiy himoyasini ta'minlashda ijobiy natijalarni qo'lga kiritayotgan, xizmat vazifalarini namunali bajarayotgan, ish samaradorligini yaxshilashga erishayotgan komissiya mas’ul kotiblarini rag'batlantirish maqsadida voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha xududiy idoralararo komissiya mas’ul kotiblari orasida 2017 yil yakuni bo'yicha “Yilning eng yaxshi mas’ul kotibi” tanlovining Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi o'tkazildi.

Tanlov yakuni bo'yicha Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi idoralararo komissiyasi qaroriga ko'ra Xo'jayli tumani idoralararo komissiyasi mas’ul kotibi Naranova Farangiz Zakirovna g'olib dep topilib, respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Respublika bosqichida ishtirok etib, tanlov natijasiga ko'ra F.Naranova 2017 yil yakuni bo'yicha «Yilning eng yaxshi mas’ul kotibi» tanlovining respublika bosqichi g'olibi deb topildi.

Shu munosabat bilan, 2017 yil yakuni bo'yicha «Yilning eng yaxshi mas’ul kotibi» tanlovining respublika bosqichi g'olibi Xo'jayli tumani idoralararo komissiya mas’ul kotibi Naranova Farangiz Zakirovnaga Voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha respublika idoralararo komissiyasining “Nishoni” va “Fahriy yorlig'i”ni tantanali ravishda taqdirlash uchun topshirish uchun Vazirlar Kengashiga yuborildi.

Ruxsatlaringiz bilan F.Naranovani taklif qilsak va 2017 yilning eng yaxshi mas’ul kotibi “Nishoni” 
hamda “Fahriy yorlig'i”ni topshirsak!

Hurmatli majlis qatnashchilari kelgusida komissiya rejasi ijrosini ta'minlash yuzasidan aniq choaralar belgilashimiz, kelajagimiz bo'lgan yoshlarimizni har tomonlama etuk, komil inson qilib voyaga etkazishda Davlatimiz va Hukumatimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalarni to'liq amalga oshirishning barcha choralarini ko'rishimiz zarur.

 

Diqqatlaringiz uchun rahmat!!!