29.03.2024, Juma

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Sariyev Kaxraman Ramatullayevichning 8 mart xalqaro Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Respublika Xotin-qizlariga yullagan tabrik so’zi

Assalomu-alaykum, muhtarama onaxonlar! Munis va mehribon opa-singillar! Aziz bayram ishtirokchilari!

 

Tabiat uyg`onib, tobora chiroy ochayotgan mana shu shukuhli ayyomda siz, azizlarni, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Hayotimizning ma`no-mazmuni va go`zalligini birinchi navbatda barchamizni dunyoga keltirgan, oq yuvib, oq tarab voyaga etkazgan muqaddas Ona siymosida, ayol timsolida ko`rib, ayol zotini Yaratganning tengsiz mo``jizasi, deb ulug`laymiz.

O`zining mehribonligi, qalb saxovati bilan farzandlarimiz yuragiga o`z ona yurtiga sevgi va sadoqat tuyg`usini singdiradigan bu-ayollarimiz-onalarimizdir.

Barchamizga ayonki, davlatimiz va jamiyatimizning nufuzi va  madaniy darajasini naqadar yuksakligini belgilaydigan mezonlarimiz juda ko`p. Lekin xalqimizning ma`naviy kamolotini yaqqol aks ettiradigan shunday bir mezon borki, u ham bo`lsa, jamiyatimizning xotin-qizlarga bo`lgan munosabati, hurmatidir.

Prezidentimiz rahnamoligida xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida ishtirokini ta`minlash, farzand tarbiyasi, oiladagi mas`uliyatini kuchaytirishga alohida e`tibor qaratilayotgani samarasida deputatlar, korxona va tashkilot, fermer xo`jaliklari rahbarlari, ilm-fan namoyandalari orasida xotin-qizlar safi tobora kengayib bormoqda.

Bugungi kunda Qoraqalpog`iston Respublikasida 3 ming 250 nafardan ziyod xotin-qiz turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko`rsatmoqda. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a`zosiga 3 nafar, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 4 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga 12 nafar, shahar va tuman Kengashlariga 85 nafar xotin-qiz deputat etib saylangani ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilayotgan ulkan e`tiborning amaliy ifodasidir. Hozirgi kunda Qoraqalpog`iston Respublikasida 168 nafar olima ayollar ilm-fan taraqqiyoti yo`lida samarali mehnat qilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil
2 fevraldagi «Xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi
PF-5325-sonli Farmoni xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, bandligini ta`minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, yordamga muhtoj bo`lgan va og`ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko`rsatish  borasidagi ishlar samaradorligini oshirishda muhim omil bo`layotir.

Qoraqalpog`iston Respublikasida 2017 yilda xotin-qizlar uchun qariyb 15 802 yangi ish o`rni yaratildi. Xotin-qizlar o`rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e`tibor samarasida o`z biznesini yo`lga qo`yib, oilasiga, el-yurtga naf keltirayotgan ayollarimiz safi kengayib bormoqda. Ayni paytda 8 ming dan ortiq ayollar shu sohada faoliyat ko`rsatmoqda. 2017 yilda tadbirkor ayollarni qo`llab-quvvatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 2 259 nafar tadbirkor ayolga jami 122 238,9 mln.so`m kredit mablag`lari ajratildi. Shuningdek, boshlang`ich sarmoyani shakllantirish uchun 494 nafar ayolga 30 mlrd 465 mln 500 ming so`m miqdoridagi kredit mablag`lari ajratilgan.

O`zbekistonni rivojlantirishning 5 ta strategik yo`nalishlarining amalga oshirishning 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g`oya va texnollogiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”da, Davlat dasturi doirasida ham xotin-qizlarni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan juda ko`plab chora-tadbirlarini amalga oshirish belgilangan.

Prezidentimiz rahnamoligida sport bilan doimiy turda shug`ullanuvchi qizlar faolligi O`zbekiston Respublikasi va Xalqaro miqyosida sport musobaqalarida g`oliblikni qo`lga kiritgan qizlar soni ko`payishiga imkon yaratdi. Shu o`rinda Xalqaro va  O`zbekiston miqyosidagi bir  kator musobaqalarda yurtimiz bayrog`ini  yuqoriga kutargan sportchi qizlarimiz qatori yil sayin ko`paymoqda.

Jumladan, sportchi qizimiz Zaynab Dayibekova O`zbekiston tarixida birinchi marotaba sportning qilichbozlik yo`nalishi bo`yicha bo`lib o`tgan Osiyo chempionatida fahrli 3-o`rinni egallab, O`zbekiston Qilichbozlik federatsiyasining qaroriga ko`ra “Yilning eng yaxshi sportchisi” dep topildi. 2017 yilning dekabr` oyida Turkiyada bo`lib o`tgan Jahon chempionatida Allanazarova Amangul fahrli 2-o`rinni, 2018 yil fevral oyida bo`lib o`tgan O`zbekiston chempionatida 1-o`rinni egalladi.   Bishkek shahrida bo`lib o`tgan Osiyo chempionatida Isenbaeva Nabira sportning “Erkin kurash” turi bo`yicha fahrli 2-o`rinni egalladi. Italiya va Antaliya shahrida bo`lib o`tgan evropa ochiq kubogida ermaganbetova Nilufar fahrli 2-o`rinlarni egalladi.

Shuningdek, joriy yilning 16 fevral kuni “Yilning eng yaxshi mas`ul kotibi” ko`rik tanlovining respublika bosqichida 2017 yil yakuni bo`yicha Voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha Xo`jayli tumani idoralararo komissiyasi mas`ul kotibi Naranova Farangiz Zokirovna ushbu tanlovning g`olibi deb topildi.

     Men so`zimning oxirida yana bir bora barcha ayol-qizlarimizni go`zallik va nafosat bayrami bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman. Oilalaringizga tinchlik hotirjamlik fayzu baraka, o`zlaringizga sog`-salomatlik, uzoq umr tilayman.

 

E`tiboringiz uchun, Raxmat! Bayram barchangizga qutlug` muborak bo`lsin!