28.03.2024, Payshanba

Is gazidan ehtiyot bo'ling!


 

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, respublikada so'nggi uch yilg' ichida kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir bo'layotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog'liq. Ma'lumki is gazi (SO) rangsiz, hidsiz zaharli birikma bolib, tabiiy gaz, yoqilgi, ko'mir, o'tin cho'g'lari to'liq yonmasligi oqibatida xosil bo'ladi. Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida esa 50-60% gacha is gazi bo'ladi.

Is gazidan shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi boyalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning toliq yonmasligi natijasida zaharlanish mumkin.

Is gazi organizmga nafas a'zolari orqali ta'sir etadi. Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma -  karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning toqimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, og'ir holatlarda esa  - anoksiyaga olib kelishi xamda shu tariqa inson hayotdan ko'z yumishi mumkin.

Tahlillarga ko'ra, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga ko'ra yuzaga kelmoqda:

Fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilg'i (ko'mir, o'tin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik;

Nostandart (qolbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bolmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;

Isitish pechlarining dudburonlarini noto'g'ri o'rnatish;

Gaz yoki boshqa muqobil yoqilgiga moslashtirilgan isitish pechlari hamda suyultirilgan uglevodorod gaz balonlarini (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;

Havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (ko'mir va otin cho'g'lari)dan foydalanish;

Havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (to'sib) qo'yish.

Yuqorida korsatib otilgan sabablarga kora isitish uchun foydalanilayotgan yoqilg'i (gaz, ko'mir, o'tin va boshqa)ni chala yonishi natijasida is gazi hosil bo'ladi.

Yuqoridagi sabablarni kelib chiqishiga yo'l qo'ymang. Is gazidan zaharlanishdan ogoh bo'ling.