19.03.2024, Siyshembi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to'g'risida”gi PQ-3777-sonli qarori haqida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to'g'risida”gi 

PQ-3777-sonli qarori haqida

 

So'nggi yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo'llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta'minlash bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shu bilan birga, olib borilgan tahlil natijalari joylarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bu orqali yangi ish o'rinlarini yaratish, bandlikni ta'minlash, o'z mehnati bilan daromad topish istagida bo'lgan fuqarolarga amaliy yordam ko'rsatish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish ishlari talab darajasida emasligini ko'rsatmoqda.

Mehnatkash halqimizning qadimiy kasb-hunar an’analari, ishbilarmonlik salohiyati oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini keng ommalashtirish, ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun katta tajriba va zaxira mavjudligidan dalolat beradi.

Har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug'ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bo'lishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:

 

1. O'zbekiston Respublikasining 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila-tadbirkor” dasturini amalga oshirish to'g'risida”gi PQ-3777-sonli qarori ijro uchun rahbarlikka olinsin.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Qarori bilan: 

a) mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, eng avvalo olis va tabiiy-iqlim sharoiti og'ir hududlarda aholining moddiy sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi sifati va darajasida sezilarli ijobiy o'zgarishlar amalga oshirilishini ta'minlashga qaratilgan “Har bir oila - tadbirkor” dasturi (keyingi o'rinlarda Dastur deb yuritiladi) amalga oshirilishi belgilab qo'yilganligi;

b) quyidagilar Dasturning asosiy yo'nalishlari etib belgilanganligi:

tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagida bo'lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo'llab-kuvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning har bir bosqichida mutasaddi idoralar tomonidan tizimli amaliy yordam ko'rsatilishini ta'minlash;

tadbirkorlik va daromad keltiradigan mehnat faoliyati bilan shug'ullanmagan aholiga tadbirkorlik ko'nikmalarini o'rgatish va tegishli faoliyat turini tashkil qilishga amaliy yordam ko'rsatish;

tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam berish orqali qo'shimcha ish o'rinlari yaratish;

kasanachilik va kichik hajmda ishlab chiqaruvchi sub’ektlarni (mikrofirmalarni) tashkil etish uchun moliyaviy yordam berish orqali aholiga qo'shimcha daromad ishlab topish imkoniyatini yaratish;

qishlok va mahallalarning ixtisoslashuvini (hunarmandchilik, tikuvchilik, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining ayrim turlarini etishtirish, ixcham issiqxonalar tashkil qilish va boshqalar) hisobga olgan holda mazkur sohada ijobiy natijalarga erishgan ishbilarmonlik tajribasiga ega tadbirkorlarni mahallalarda yangi biznes faoliyati bilan shug'ullanishni boshlagan oilalarga biriktirish - mini-klasterlar tashkil etish;

joylarda oilaviy tadbirkorlikka ko'rsatiladigan xizmatlar ko'lamini tubdan kengaytirish, tadbirkor oilalarning ishlab chiqargan mahsulotlari savdosini tashkil qiluvchi bozor infratuzilmasi ob’ektlari, xizmat ko'rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish;

qishloq va mahallalarda bo'sh turgan er maydonlarini yangi tashkil etilayotgan oilaviy tadbirkorlik sub’ektlariga berish orqali aholi uchun qo'shimcha ish o'rinlari va daromad manbalarini yaratish;

vaqtinchalik moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan hamda davlat ro'yxatidan o'tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlab, ular faoliyatini tiklash va qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

v)  Dasturni amalga oshirish uchun quyidagi ishchi guruhlar tuzilishi:

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o'rinbosarlari rahbarligida “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish bo'yicha tashkiliy ishchi guruhlar (keyingi o'rinlarda - Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar);

investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalariga mas’ul bo'lgan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o'rinbosarlari rahbarligida Aholiga tadbirkorlik ko'nikmalarini o'rgatish va tavsiyalar berish bo'yicha maxsus ishchi guruhlar (keyingi o'rinlarda - Maxsus ishchi guruhlar);

tuman (shahar) hokimlarining birinchi o'rinbosarlari rahbarligida Tadbirkorlik faoliyati tashkil etishga amaliy yordam berish hamda monitoring qilish bo'yicha hududiy ishchi guruhlar (keyingi o'rinlarda - Hududiy ishchi guruhlar);

Bunda:

Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar Markaziy bankning hududiy boshqarmalari, hududiy moliya, soliq, investitsiya boshqarmalari, tijorat banklari hududiy filiallari va iqtisodiy majmuaga kiruvchi boshqa idoralarning mas’ul xodimlari, O'zbekiston Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi hududiy bo'linmalari rahbar xodimlari;

Maxsus ishchi guruhlar hududiy Savdo-sanoat palatasi, investitsiya, soliq boshqarmalari, tijorat banklari hududiy filiallari, “Xunarmand” uyushmasi, O'zbekiston Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi hududiy bo'linmalari vakillari;

Hududiy ishchi guruhlar iqtisodiy majmuaga kiruvchi tashkilotlar malakali mutaxassis xodimlarining 50 foiz qismidan, bank filiallari, O'zbekiston Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi tuman bo'linmalari, mahalla fuqarolar yig'inlari xodimlari va profilaktika inspektorlaridan iborat tarkibda shakllantiriladi;

g).  Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarga:

Hududiy ishchi guruhlarning har bir oilani o'rganish natijalari bo'yicha ishlarini muvofiqlashtirish;

Hududiy ishchi guruhlar tomonidan o'rganish natijalari bo'yicha kiritilgan muammolarni hal etish choralarini ko'rib borish, respublika miqyosida hal etilishi zarur bo'lgan masalalarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borish;

tuman va shaharlarda tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi uchun qo'shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

aholini tadbirkorlikka jalb etish, faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo'llab-kuvvatlash borasida Hududiy ishchi guruhlarning faoliyatini muntazam ravishda monitoring qilib borish va har oy natijalari bo'yicha ular faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilash;

har bir tuman va shaharda Dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari xususida Dastur koordinatorlariga batafsil axborot kiritib borish vazifalari yuklatilganligi;

d) Maxsus ishchi guruhlarga:

tadbirkorlik bilan shug'ullanish ishtiyoqida bo'lgan fuqarolarni ushbu faoliyatga yo'naltirish uchun joylarga chiqqan holda “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari va uning mahalliy sharoitlarga mos bo'lgan turlari” mavzusida o'quv mashg'ulotlarini o'tkazish, ularga aniq hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilgan turli yo'nalishlardagi tayyor biznes-rejalarni taqdim etish;

ichki va tashqi bozorlarni doimiy ravishda o'rganib borgan holda barqaror hamda dolzarb talabga ega bo'lgan mahsulotlarning ro'yxati va hajmi yuzasidan ma'lumotlar bazasini shakllantirish, har oyda yangilab borish hamda ushbu ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog'idan keng foydalangan holda aholiga muntazam ravishda etkazib borish va yo'nalishlar berib borish;

xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy minitexnologiya va boshqa uskunalarning tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagida bo'lgan oilalarga taqdimotlarini o'tkazish va sotib olishiga ko'maklashish;

ko'p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholiga kasanachilik va kichik hajmda mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalarni tashkil etish orqali qo'shimcha daromad topish imkonini yaratish;

tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish 
(shu jumladan, byudjet tashkilotlariga) orqali ularning faoliyatiga ko'maklashish yuklatilsin;

e) Hududiy ishchi guruhlarga:

har bir oila va xonadonlarni xatlov asosida qamrab olgan holda tadbirkorlik bilan shug'ullanish salohiyati, istak va takliflarni sinchkovlik bilan o'rganish;

o'rganish davomida oilalarning tadbirkorlik g'oyasi va ko'nikmasi, ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun etarli sharoitlari mavjudligini aniqlash;

hovli va ko'p qavatli xonadonlarda yashovchi har bir oilaning tadbirkorlik salohiyati va imkoniyatlarini tahlil qilish, yashash hududining xususiyatidan kelib chiqqan holda ularning tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishlari uchun keng qamrovli yo'nalishlar berish va ko'maklashish;

tadbirkorlikni yo'lga qo'yish yoki rivojlantirish istagida bo'lgan shaxslarga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratish ishlarini tashkillashtirish;

aholining shaxsiy tomorqa er maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflar berish, ularni amalga oshirishga kumaklashish;

tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan oilalarga yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ayrim sabablarga ko'ra faoliyatini to'xtatgan tadbirkorlik sub’ektlari va xunarmandlar faoliyatini qayta tiklash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi hamda mavjud muammolar hal etilishiga amaliy yordam berish;

tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshiriщda hujjatlarni rasmiylashtirish va boshka davlat xizmatlari ko'rsatilishida tavsiyalar hamda ko'mak berish;

har oyda kamida bir marta tadbirkorlikni yangi tashkil kilgan oilalarga tashrif buyurib, faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolarni o'rganib borish, ularni bartaraf etish va ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish samaradorligini o'rganish;

o'rganish natijalari bo'yicha hudud va respublika miqyosida hal etilishi zarur bo'lgan masalalar va takliflarni Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarga kiritib borish vazifalari yuklatilganligi;

j) Dastur amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, tizimli monitoring qilish va ruyobga chiqarilishiga ko'maklashish O'zbekiston Respublikasi moliya vazirining o'rinbosari A.R. Karimov, iqtisodiyot vazirining o'rinbosari 
A.J. Ortiqov, Markaziy bank raisining o'rinbosari A.R. Islamovlar - Dastur koordinatorlariga yuklatilganligi;

Dastur koordinatorlari ishchi guruhlar tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan har oy yakuni bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga axborot kiritib borish topshirilganligi;

3) O'zbekiston Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa er egalarini qo'llab-kuvvatlash jamg'armasiga, O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg'armasiga zarur bo'lgan holatlarda Dasturda belgilangan vazifalarni qo'shimcha moliyalashtirish tavsiya etish;

O'zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo'llab-kuvvatlash davlat jamg'armasiga (keyingi o'rinlarda - Jamg'arma) Dastur doirasida tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan kreditlarga ustuvor ravishda kafilliklar va foiz harajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar ajratish;

Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar Jamg'armaga tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan kreditlar bo'yicha foiz harajatlarini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladigan yo'nalishlarni kengaytirish yuzasidan takliflar kiritib borish topshirilganligi;

i) tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar:

eng kam ish haqining yuz ellik baravarigacha miqdorda – oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar rahbarlari va mahalla fuqarolar yig'ini tavsiyanomalari;

eng kam ish haqining ming baravarigacha miqdorda - belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sug'urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Jamg'armaning kafilligi va qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta'minot turlari;

eng kam ish haqining ming baravaridan ortiq miqdorda - tadbirkorlik sub’ektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta'minot turlariga asosan ajratilishi belgilab qo'yilganligi;

y) Dastur koordinatorlari zimmasiga tuman va shaxarlarda kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan samaradorligi yuqori, barqaror ish o'rinlari yaratishga qaratilgan loyihalarga eng kam ish haqining ming baravaridan ortiq miqdorda Dastur doirasidagi resurslar hisobidan imtiyozli kredit ajratishga Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarning qaroriga asosan xulosa berish vazifasi yuklatilish;

Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar a'zolari o'z qarori asosida imtiyozli kredit ajratilgan loyihalarning to'liq ishga tushirilishi hamda kelgusida ushbu loyihalarning samarali ishlashini monitoring qilish;

Dastur koordinatorlari Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarning qarorlari asosida kredit ajratilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi holatini alohida nazorat qilib borish topshirilganligi;

k) O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga sug'urta tashkilotlari bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sug'urtalanganda sug'urta to'lovini 1,5 foizdan ortiq bo'lmagan miqdorda belgilash hamda sug'urtalash shartlarini engillashtirish choralarini ko'rish topshirilganligi;

l) O'zbekiston Respublikasi Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasiga Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda foydalanilmayotgan er maydonlarini inventarizatsiyadan o'tkazib, belgilangan muddatlarda foydalanilmagan er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni qonun hujjatlarida o'rnatilgan tartibda bekor qilinishi hamda ushbu er maydonlarini Dastur doirasida faoliyatini boshlayotgan va kengaytirayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga ajratish yuzasidan zaruriy choralar ko'rish topshirilganligi;

m) O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasiga davlat ro'yxatidan o'tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va ular faoliyatini qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish va natijasi yuzasidan har chorak yakuni bo'yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish topshirilganligi;

n) O'zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligiga Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muntazam ravishda tuman va shaharlarda zamonaviy minitexnologiyalar va boshqa uskunalar sayyor ko'rgazmalarini tashkil qilish choralarini ko'rish topshirilganligi;

o) Joriy yilning 10 iyunidan boshlab namunaviy tarzda Andijon viloyatining tuman va shaharlarida “Har bir oila - tadbirkor” hududiy dasturi (keyingi o'rinlarda - Hududiy dastur) amalga oshirilishi;

Andijon viloyati hokimiga (Sh.Q.Abdurahmonov) joriy yilning 
10 iyuniga qadar mazkur qarorda ko'rsatilgan ishchi guruhlarni tuzish topshirilganligi;

p) Hududiy dasturda ko'zda tutilgan vazifalarni moliyaviy ta'minlash maqsadlariga O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasi tomonidan jalb qilinadigan xorijiy moliya institutlari kredit liniyalaridan 200 million AQSh dollari miqdoridagi mablag'lar ajratilishi ma'lumot uchun qabul qilinganligi;

Dastur koordinatorlariga mazkur mablag'larni tumanlar (shaharlar) salohiyati, kelib tushgan murojaatlarning asoslanganligi, shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qo'shimcha ish o'rinlari yaratishga yo'naltirilganligi hamda haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda Andijon viloyati tijorat banklari va tumanlar (shaharlar) kesimida taqsimlashi hamda ularga zarur hollarda qayta taqsimlash vakolatini berish topshirilganligi;

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki 
(A.K.Mirsoatov) ushbu kredit mablag'larini Dastur koordinatorlari taqsimotiga asosan Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi tijorat banklariga yillik 3 foiz to'lov sharti bilan qayta moliyalashtirish topshirilganligi;

r) Andijon viloyati hokimligiga (Sh.Q.Abdurahmonov) manfaatdor vazirlik, idora va xo'jalik birlashmalari, O'zbekiston Respublikasi aktsiyadorlik tijorat Xalq banki bilan birgalikda:

bir oy muddatda naslli qoramol, parranda va quyonlarni mahalliy sharoitlarga moslashtiruvchi maxsus fermalarni tashkil etishi;

mazkur fermalarga chet eldan mahsuldorligi yuqori bo'lgan nasldor qoramol, echki va quyon zotlarini olib kelish, ko'paytirish hamda viloyatning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos zotlarini yaratish, mollarni sun’iy qochirishning ilg'ortexnologiyalarini joriy etishi;

mazkur fermalarda mahalliy sharoitga moslashtirilgan nasldor qoramol, echki va quyon zotlarining ko'rgazmalarini tashkil etish va aholi xohishiga asosan ularni tanlov asosida maqbul narxlarda sotib olinishiga zamin yaratishi;

aholiga maxsus fermalardan sotib olingan chorva mollari, quyon va parrandalarni boqish texnologiyalarini batafsil tushuntirish va kelgusida har bir xonadonda mavjud chorva mollari va parrandalarni vaktsinatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishi, aholiga nasldor mollarni sun’iy qochirish va uzluksiz veterinariya xizmatlari ko'rsatish tarmog'ini kengaytirishi;

sifatli omixta em ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish borasida loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama ko'maklashish, aholining yillik ehtiyojini hisobga olgan holda omixta em, vitaminlar, premikslar, qo'shimchalar hamda veterinariya preparatlarini etkazib berishi;

yirik tadbirkorlarni jalb etgan holda sanoatlashgan chorvachilik klasterlarini tashkil etish choralarini ko'rish topshirilganligi;

s) O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari - moliya vaziri 
J.A.Qo'chqorovga, tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari B.Z.Asadov Andijon viloyati hokimi Sh.Q.Abdurahmonov bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlik faoliyati ilg'or rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini o'rganish uchun Andijon viloyati iqtisodiy kompleksi mutasaddi xodimlarini xizmat safariga yuborish bo'yicha tegishli choralarni ko'rish topshirilganligi;

t) respublikaning boshqa hududlarida Dastur uni amalga oshirishning aniq moliyaviy manbalari va hisob-kitoblarini nazarda tutgan holda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshirilishi belgilanganligi;

o') O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Adliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibini ishlab chiqish tavsiya etilganligi;

sh) O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga, O'zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror bilan belgilab berilgan maqsad va vazifalarni keng ko'lamda yoritish tavsiya etilganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.

3. “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish bo'yicha Tashkiliy ishchi guruhi tarkibi 
1-ilovaga;

“Har bir oila-tadbirkor” dasturi dorasida aholiga tadbirkorlik ko'nikmalarini o'rgatish va tavsiyalar berish bo'yicha Maxsus ishchi guruhi tarkibi 2-ilovaga;

“Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida tadbirkorlik faoliyati tashkil etishga amaliy yordam berish hamda monitoring qilish bo'yicha Hududiy ishchi guruhi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Tashkiliy ishchi guruh rahbari (Tajetdinov)ga:

Hududiy ishchi guruhlarning har bir oilani o'rganish natijalari bo'yicha ishlarini muvofiqlashtirish;

Hududiy ishchi guruhlar tomonidan o'rganish natijalari bo'yicha kiritilgan muammolarni hal etish choralarini ko'rib borish, respublika miqyosida hal etilishi zarur bo'lgan masalalarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borish;

tuman va shaharlarda tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi uchun qo'shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish bo'yicha takliflar ishlab chiqish;

aholini tadbirkorlikka jalb etish, faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo'llab-kuvvatlash borasida Hududiy ishchi guruhlarning faoliyatini muntazam ravishda monitoring qilib borish va har oy natijalari bo'yicha ular faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilash;

har bir tuman va shaharda Dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari xususida Dastur koordinatorlariga batafsil axborot kiritib borish vazifalari yuklatilsin.

5. Maxsus ishchi guruh rahbari (Xabibullaev)ga:

tadbirkorlik bilan shug'ullanish ishtiyoqida bo'lgan fuqarolarni ushbu faoliyatga yo'naltirish uchun joylarga chiqqan holda “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari va uning mahalliy sharoitlarga mos bo'lgan turlari” mavzusida o'quv mashg'ulotlarini o'tkazib, ularga aniq hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilgan turli yo'nalishlardagi tayyor biznes-rejalarni taqdim etish;

ichki va tashqi bozorlarni doimiy ravishda o'rganib borgan holda barqaror hamda dolzarb talabga ega bo'lgan mahsulotlarning ro'yxati va hajmi yuzasidan ma'lumotlar bazasini shakllantirish, har oyda yangilab borish hamda ushbu ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog'idan keng foydalangan holda aholiga muntazam ravishda etkazib borish va yo'nalishlar berib borish;

xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy minitexnologiya va boshqa uskunalarning tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagida bo'lgan oilalarga taqdimotlarini o'tkazish va sotib olishiga ko'maklashish;

ko'p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholiga kasanachilik va kichik hajmda mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalarni tashkil etish orqali qo'shimcha daromad topish imkonini yaratish;

tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish (shu jumladan, byudjet tashkilotlariga) orqali ularning faoliyatiga ko'maklashish yuklatilsin.

6. Hududiy ishchi guruh rahbarlariga:

har bir oila va xonadonlarni xatlov asosida qamrab olgan holda tadbirkorlik bilan shug'ullanish salohiyati, istak va takliflarni sinchkovlik bilan o'rganish;

o'rganish davomida oilalarning tadbirkorlik g'oyasi va ko'nikmasi, ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun etarli sharoitlari mavjudligini aniqlash;

hovli va ko'p qavatli xonadonlarda yashovchi har bir oilaning tadbirkorlik salohiyati va imkoniyatlarini tahlil qilish, yashash hududining xususiyatidan kelib chiqqan holda ularning tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishlari uchun keng qamrovli yo'nalishlar berish va ko'maklashish;

tadbirkorlikni yo'lga qo'yish yoki rivojlantirish istagida bo'lgan shaxslarga tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratish ishlarini tashkillashtirish;

aholining shaxsiy tomorqa er maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan takliflar berish, ularni amalga oshirishga ko'maklashish;

tadbirkorlik bilan shug'ullanayotgan va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan oilalarga yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ayrim sabablarga ko'ra faoliyatini to'xtatgan tadbirkorlik sub’ektlari va xunarmandlar faoliyatini qayta tiklash uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilishi hamda mavjud muammolar hal etilishiga amaliy yordam berish;

tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, uni amalga oshiriщda hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqa davlat xizmatlari ko'rsatilishida tavsiyalar hamda ko'mak berish;

har oyda kamida bir marta tadbirkorlikni yangi tashkil qilgan oilalarga tashrif buyurib, faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolarni o'rganib borish, ularni bartaraf etish va ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish samaradorligini o'rganish;

o'rganish natijalari bo'yicha hudud va respublika miqyosida hal etilishi zarur bo'lgan masalalar va takliflarni Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarga kiritib borish vazifalari yuklatilsin.

7. Dastur amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, tizimli monitoring qilish va ruyobga chiqarilishiga ko'maklashish Qoraqalpog'iston Respublikasi moliya vazirining o'rinbosari A.Ubaydullaev, Iqtisodiyot vazirining o'rinbosariA.Qaypbergenov, Markaziy bankning Qoraqalpog'iston Respublikasi Bosh boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari A.Abdikarimovlar - Dastur koordinatorlariga yuklatilsin.

Dastur koordinatorlari ishchi guruhlar tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan har oy yakuni bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesiga va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga axborot kiritib borsin.

8. Dastur koordinatorlari zimmasiga Nukus shahri va tumanlarda kichik tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan samaradorligi yuqori, barqaror ish o'rinlari yaratishga qaratilgan loyihalarga eng kam ish haqining ming baravaridan ortiq miqdorda Dastur doirasidagi resurslar hisobidan imtiyozli kredit ajratishga Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarning qaroriga asosan xulosa berish vazifasi yuklatilsin.

Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh a'zolari o'z qarori asosida imtiyozli kredit ajratilgan loyihalarning to'liq ishga tushirilishi hamda kelgusida ushbu loyihalarning samarali ishlashini monitoring qilsin.

Dastur koordinatorlari Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhning qarori asosida kredit ajratilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi holatini alohida nazorat qilib borsin.

9. Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi (Sodiqov) sug'urta tashkilotlari bilan birgalikda tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlarning qaytmaslik xatari sug'urtalanganda sug'urta to'lovini 
1,5 foizdan ortiq bo'lmagan miqdorda belgilash hamda sug'urtalash shartlarini belgilangan tartibda engillashtirish choralarini ko'rsin.

10. Qoraqalpog'iston Respublikasi Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (Sultanov) Nukus shahri va tumanlar hokimliklari va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda foydalanilmayotgan er maydonlarini inventarizatsiyadan o'tkazib, belgilangan muddatlarda foydalanilmagan er uchastkalariga bo'lgan huquqlarni qonun hujjatlarida o'rnatilgan tartibda bekor qilinishi hamda ushbu er maydonlarini Dastur doirasida faoliyatini boshlayotgan va kengaytirayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga ajratish yuzasidan zaruriy choralar ko'rsin.

11. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi (Qarabaev) davlat ro'yxatidan o'tmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va ular faoliyatini qonuniylashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin va natijasi yuzasidan har chorak yakuni bo'yicha Vazirlar Kengashiga axborot kiritib borsin.

12. O'zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Qoraqalpog'iston Respublikasidagi vakili (Jollibekov) O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi (Zarikeev), Nukus shahri va tumanlar  hokimliklari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muntazam ravishda hududlardagi zamonaviy minitexnologiyalar va boshqa uskunalar sayyor ko'rgazmalarini tashkil qilish choralarini ko'rsin.

13. “Qoraqalpog'iston teleradiokompaniyasi” (Nag'metov), Matbuot va axborot agentligi (Bekmuratov) mazkur qaror bilan belgilab berilgan maqsad va vazifalarni belgilangan tartibda keng ko'lamda yoritish tavsiya etilsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni 
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosarlari zimmalariga yuklatilsin.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi

 

                         Q.Sariev