18.10.2018, Piyshembi

Qaraqalpaqstan Respublikası Bántlik hám miynet qatnasıqları ministrligi




Saburov

Umar Ataxanovich

Qaraqalpaqstan Respublikası Bántlik hám miynet qatnasıqları ministri


Mánzil:

230102,  Nókis qalası, A. Dosnazarov kóshesi, 64-a jay

 Telefon:­­


(0 361) 770-60-19

 E-mail:

 
qoraqalpoqiston@mehnat.uz
, mintrud.rk@exat.uz

 Qabıllaw kúnleri:­­­­

Siyshembi 15:00 – 18:00

 

 








Ganiev

Temirbay

Turǵanbaxievich

Qaraqalpaqstan Respublikası Bántlik hám miynet qatnasıqları ministriniń orınbasarı

 Mánzil:

 230102,  Nókis qalası, A. Dosnazarov kóshesi, 64-a jay

 Telefon:­­

 
(0 361) 770-60-19

 E-mail:

 
qoraqalpoqiston@mehnat.uz
, mintrud.rk@exat.uz

Qabıllaw kúnleri:­­

Dúyshembi 15:00 – 18:00

 


 Qoraqalpogiston Respublikasi Mehnat  vazirligi


Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:


mintaqalar boyicha mehnat bozorini shakllantirishda samarali siyosatni amalga oshirish, demografik omillarni, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va tarkibiy qayta tashkil etishning istiqbolli yonalishlarini etiborga olgan holda bandlikning yangi shakllarini keng tatbiq etish hisobiga aholi bandligining osishini ta'minlash;

demografik ozgarishlar va kadrlarning kasbiy tayyorgarligi bilan bogliq ozgarib borayotgan talablarni hisobga olgan holda mehnat, ish bilan bandlik va aholini ijtimoiy qollab-quvvatlash sohasidagi qonun hujjatlarini ishlab chiqish va yanada takomillashtirish boyicha takliflar kiritish;

ishga joylashishga muxtoj, ish bilan band bolmagan aholiga kasbiy qayta tayyorlash va ishga joylashtirish boyicha sifatli hizmatlar korsatish;

aholining ehtiyojmand toifalarini ijtimoiy himoya qilish boyicha amaliy chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta'minlash, kamxarj oilalar, nogironlar va yolgiz keksalarga yordam korsatishda tabaqalashtirilgan tarzda va aniq yondashuvni kochaytirish;

mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirish, mehnat munosabatlarini, moddiy ragbatlantirish va mehnatni muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

Vazirlik oziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Mehnat bozorini shakllantirish va aholini ish bilan ta'minlash sohasida:

Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda respublika va hududlarning demografik rivojlanish prognozlarini amalga oshiradi, aholini ish bilan samarali ta'minlash chora-tadbirlari kompleksini asoslangan holda mehnat resurslarining prognoz balanslarini ishlab chiqadi;

respublika va tuman(shahar)larning mehnat resurslari soni va tarkibini organadi hamda uni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;

aholining ish bilan bandlik darajasi va tarkibini eng toliq va xolisona baholashni ta'minlash, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni aniqlash maqsadida mehnat bozorining ahvoli monitoringini tashkil etadi;

hududlarning demografik rivojlanish prognozlari asosida aholini ish bilan ta'minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

ishsizlarni hisobga olishni tashkil qiladi;

orta mahsus, kasb xunar ta'limi boshqarmasi bilan birgalikda orta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilarining ish bilan ta'minlanishini tadqiq etadi hamda ular natijalari asosida ishchi kadrlar va mutaxassislarning kasb tayyorgarligi yonalishlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

aholini ish bilan ta'minlash, yoshlarni, ishdan boshab qolgan xodimlarni va aholining boshqa toifalarini ishga joylashtirish, shuningdek, bosh ish joylari boyicha axborotlarning shakllantirilishini va tahlil etilishini tashkil qiladi;

shaxsiy yordamchi va dexqon xojaliklarida qoramol ostirish bilan band bolgan shaxslar hisobini amalga oshiradi;

yoshlarning va ish bilan band bolmagan aholining kasb - hunarga xohishini va mehnat yonalishlarini aniqlash uchun sotsiologik tadqiqotlar otkazilishini tashkil etadi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda ish orinlari tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirishda qatnashadi;

ish bilan ta'minlash va ish orinlari tashkil etish hududiy dasturlarini ishlab chiqishda hokimliklarga metodik va amaliy yordam korsatadi;

iqtisodiyotni isloh qilish va tarkibiy qayta tashkil etish davomida, shuningdek xojalik yurituvchi sub’ektlarning inkirozga uchrashi va tugatilishi natijasida ishdan boshab qoladigan xodimlarni ish bilan ta'minlash va ijtimoiy muhofaza qilishga doir maqsadli mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi;

aholini ozini ozi ish bilan ta'minlashini ragbatlantirish va qollab-quvvatlash yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

davlat va xojalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarga korxonalar hamda fuqarolar ortasida kooperatsiyalash asosida kasanachilikni kengaytirish masalalarida komaklashadi;

ishsizlar uchun xaq tolaniladigan jamoat ishlari tashkil etilishini ta'minlaydi, orta maxsus, kasb - xunar boshqarmasi bilan xamkorlikda ishsizlarni kasbga tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi.

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish va ijtimoiy ta'minlash sohasida:

muhtoj oilalar, pensionerlar, nogironlar, yolgiz keksa fuqarolarga korsatilayotgan ijtimoiy qollab-quvvatlashning tabaqalashtirilganligi va aniqligini kuchaytirishga yonaltirilgan ijtimoiy siyosatni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir takliflar tayyorlashda qatnashadi;

manfaatdor vazirliklar, idoralar tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda pensionerlar, nogironlar va yolgiz keksa fuqarolarga qonun xujjatlarida belgilangan imtiyozlar, sanatoriya va kurortda davolanishga yollanmalar va maxsus xarakatlanish vositalari berilishida qatnashadi;

Ish bilan ta'minlashga komaklashuvchi Davlat jamgarmasi mablaglaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni ta'minlash ishlarini tashkil etadi;

ishsizlar va ularning oila a'zolarini Ish bilan ta'minlashga komaklashuvchi Davlat jamgarmasi mablaglari hisobiga ijtimoiy qollab- quvvatlashning ta'minlanishini tashkil etadi;

eng kam ish orinlarini ajratilishi va ularning ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar bilan butlanishi masalalarini organadi va tahlil etadi;

dexqon va fermer xojaliklarida ishlayotgan fuqarolar, shuningdek tadbirkorlar uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy muxofaza chora - tadbirlarini royobga chiqarilishini tashkil etadi.

Mehnat munosabatlarini tartibga solish mehnatni tashkil etish, unga xaq tolash shartlarini va uni muhofaza qilishni takomillashtirish sohasida:

mehnat, aholini ish bilan ta'minlash va ijtimoiy muhofaza qilish boyicha normativ-xuquqiy xujjatlarga rioya qilinishi ustidan belgilangan tartibda davlat nazoratini amalga oshiradi;

yoshi boyicha imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish xuquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va korsatkichlar royxatlarini tadbiq qilish tartibi togrisida tushuntirishlar beradi;

mehnat sharoitlariga kora ishchi joylarini atestatsiyadan otkazishda metodik yordam korsatadi.

Ijtimoiy xizmat korsatish sohasida:

ijro etuvchi tuman, shahar xokimiyat organlari va fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari ishtirokida yolgiz keksa fuqarolar, nogironlar va davlatning qollab-quvvatlashga muhtoj bolgan boshqa aholi guruhlariga ijtimoiy-maishiy xizmat korsatishni tashkil etadi;

ijtimoiy ta'minot muassasalarida (“Muruvvat” uylarida, sanatoriyalarda) yashayotgan keksa fuqarolar va nogironlarga maishiy, tibbiy va madaniy xizmat korsatishni tashkil qiladi, ushbu muassasalarning moddiy - texnika bazasi mustahkamlanishini ta'minlaydi;

yolgiz keksa fuqarolarga ijtimoiy yordam korsatish xizmatlarining kompleks tarmoqlarini tashkil etadi va ularning ishini nazorat qiladi;

aholiga ijtimoiy yordam berish dasturlarini moliyalashtirish uchun mablaglar jalb etish ishlarida nodavlat, notijorat tashkilotlarining va boshqa tashkilotlarning ozaro hamkorlik qilishini ta'minlaydi;

yolgiz keksa fuqarolar, pensionerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam korsatuvchi nodavlat xizmatlar tashkil etishga komaklashadi hamda ularning ishi ustidan nazoratni ta'minlaydi;

oziga qarashli tashkilotlarning aholiga ijtimoiy yordam korsatish dasturlarini moliyalashtirish extiyojlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan ishlarini, shu jumladan ularning tijorat faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Nogironlarni reabilitatsiya qilish sohasida:

nogironlarni reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtiradi;

infratuzilma ob’ektlarining nogironlar va keksa fuqarolar uchun qulayligini ta'minlovchi shaharsozlik sohasida davlat siyosatini shakllantirishda qatnashadi;

nogironlar uchun ish orinlari tashkil etishda va ularni ishga joylashtirishda nogironlarning nodavlat va boshqa tashkilotlarga yordam beradi;

nogironlarning mehnatidan foydalanish boyicha ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil etish va rivojlantirishga, mehnatning kasanachilik turlarini va ish bilan ta'minlashning boshqa shakllarini rivojlantirishga komaklashadi;

nogironlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish bosqichi sifatida ularning jismoniy tarbiya va sport harakati rivojlantirilishiga komaklashadi;

aholiga protez-ortopediya yordami korsatishni tashkil etadi;

nogironlarni protez-ortopediya buyumlari va harakatlanish vositalari bilan ta'minlash tartibini belgilaydi.

Moliya xojaligi faoliyati sohasida:

Vazirlik tizimida reja-moliya ishlarini tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan otkaziladigan tadbirlarni belgilangan tartibda tashkil etadi;

aholiga ijtimoiy yordam berishning har xil turlarini tashkil etishni iqtisodiy jihatdan asoslab beradi;

tasarrufidagi tashkilotlarning moliya - xojalik faoliyati boyicha balanslar va hisobotlarni korib chiqadi;

davlat markazlashtirilgan kapital qoyilmalaridan tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan samarali foydalanishini ta'minlaydi, Vazirlik tizimidagi ob’ektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boyicha istiqbolli dasturlarning ishlab chiqilishini tashkil etadi