18.12.2018, Siyshembi

Qaraqalpaqstan Respublikasi Xaliq bilimlendiriw ministrligii










Ayapov

Amanjol

 Tlepovich

Qaraqalpaqstan Respublikası Xalıq bilimlendiriw ministri

 Mánzil:
230105, Nókis qalası, A.Dosnazarov kóshesi  62-jay

 Telefon:

0 (361) 222-98-30

 E-mail:

qoraqalpogiston_xtv@xtv.uz,  mno.rk@exat.uz

 Qabıllaw kúnleri:

Dúyshembi, siyshembi  10:00 – 12:00

 



 


Vakant

Qaraqalpaqstan Respublikası Xalıq bilimlendiriw ministriniń orınbasarı

 Mánzil:

230105, Nókis qalası, A.Dosnazarov kóshesi  62-jay

 Telefon:

0 (361) 222-24-37

 E-mail:

qoraqalpogiston_xtv@xtv.uz,  mno.rk@exat.uz

Qabıllaw kúnleri:

Siyshembi, Piyshembi  10:00 – 12:00

 


Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

 

1-bob. Umumiy qoidalar


1. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi (keyingi o`rinlarda vazirlik - deb yuritiladi) O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan tashkil etiladi va o`z faoliyati davomida O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tasarrufida bo`ladi.

2. Vazirlik o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim to`g`risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida»gi, Qoraqalpog`iston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni va boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi  hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qaror va farmoyishlari va boshqa me`yoriy hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.

3. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`z tasarrufidagi tuman xalq ta`limi bo`limlari va barcha ta`lim muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi hamda bolalar va o`quvchilar ta`lim-tarbiyasining sifati, fan asoslarini o`zlashtirish ehtiyojlarini rivojlantirish va ular bilan kasbga yo`naltirish ishlarini olib borishni tashkillashtirish uchun mas`ul hisoblanadi.

4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va topshiriqlari, Xalq ta`limi vazirligi Hay`at qarori va buyruqlarini, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi raisi qaror, farmoyishlari va topshiriqlarining ijrosini tarkibidagi bo`linmalar va tasarrufidagi ta`lim muassasalari tomonidan o`z vaqtida, to`liq va sifatli  bajarilishini ta`minlaydi.

5. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`z faoliyatini davlat boshqaruvi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

6. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi uning tasarrufidagi ta`lim muassasalarining moddiy-texnika ta`minoti, shuningdek, ularda ishlovchi xodimlarning mehnatiga haq to`lash shu maqsad uchun ajratiladigan mablag`lar doirasida mahalliy byudjet hisobidan hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

7. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi hamda O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi yozilgan muhrga ega bo`ladi.

8. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi ilgari faoliyat yuritgan Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining vorisi hisoblanadi.


2-bob. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`z faoliyatida ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillariga asoslanadi.


9. Ta`lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari:

ta`lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda ekanligi;

ta`limning uzluksizligi va izchilligi;

umumiy o`rta ta`limning majburiyligi;

ta`lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

davlat ta`lim standartlari doirasida ta`lim olishning barcha uchun ochiqligi;

ta`lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;

bilimli bo`lishni va iste`dodni rag`batlantirish;

ta`lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg`unlashtirish.

10. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining muhim maqsadli vazifasi – “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari va ustuvor yo`nalishlarini amalga oshirishdan iboratdir.



3-bob. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining vazifalari va faoliyat yo`nalishlari

 

11. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlari quyidagilardan iborat:

maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim tizimini rivojlantirishga yo`naltirilgan yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini ta`minlash, pedagogik kadrlar, ayniqsa, boshlang`ich sinf o`qituvchilarining malakasi va kasbiy mahoratini oshiradi; 

idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qat`iy nazar, maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan davlat ta`lim standartlari(talablari)ga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;

maktabgacha, umumiy o`rta va maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida o`quv-tarbiya ishlarini metodik ta`minlashni tashkil etish, o`quv-tarbiya jarayoniga o`qitishning zamonaviy va ilg`or shakllarini, eng yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma`naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakl va metodlarini joriy etishni ta`minlaydi;

ta`lim muassasalari tomonidan ular huzurida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnika bazasidan, shu jumladan o`quv-laboratoriya asbob-uskunalari, komp`yuter texnikasi, mebellar, sport inventarlari va jihozlaridan samarali foydalanishni ta`minlaydi; 

o`quvchilarning kasbga yo`naltirilishini va psixologik-pedagogik diagnostikasini, vasiylikni, bolalar va o`smirlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, ular bilan, shu jumladan ijtimoiy nochor bolalar bilan doimiy ish olib borishni tashkil etadi;

bolalar sportini rivojlantirish va o`quvchi-yoshlarni, ayniqsa, qizlarni jismoniy tarbiya hamda sport bilan muntazam shug`ullanishga ommaviy jalb etadi;

o`quvchilarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan yuqori darajadagi ma`naviy-ma`rifiy tarbiya berish, mamlakat taraqqiyoti, tinchlik va barqarorlikni ta`minlashga yo`naltirilgan, milliy mustaqillik g`oyalari singdirilgan, Vatani va o`z xalqiga sodiq fuqarolarni shakllantirishga yo`naltirilgan ta`lim-tarbiyani amalga oshiradi;

tarkibidagi bo`linmalar va tasarrufidagi ta`lim muassasalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlash vazifalarini amalga oshiradi hamda ularning natijalari bo`yicha hujjatlarni tahlil va nazorat qilish masalalarida metodik va amaliy yordam ko`rsatadi.

 

12. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

xalq ta`limi muassasalarining O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonunida belgilangan qoidalarga va umumiy o`rta ta`lim davlat  ta`lim standartlariga  amal qilishini monitoring hamda nazorat qiladi;

tegishli manfaatdor organlar va muassasalar, joylardagi fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalarini amalga oshirishga yo`naltirilgan ishlarni ta`minlaydi;

ta`lim muassasalari ish amaliyotiga umumiy o`rta ta`lim davlat ta`lim standartlari, ilmiy yutuqlar va ilg`or pedagogik tajribalarning tatbiq etilishiga sharoit yaratadi;

ta`lim muassasalaridagi ta`lim-tarbiya jarayoniga metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

ilg`or o`qituvchilar va ta`lim muassasalarining ijobiy ish tajribasini o`rganadi hamda umumlashtiradi, ta`lim muassasalaridagi o`quv-metodik va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish davomida uni shahar miqyosida ommalashtiradi va Respublika miqyosida ommalashtirishga tavsiya etadi;  

idoraviy mansubligidan va mulkchilik shaklidan qat`iy nazar, umumiy o`rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta`lim muassasalari ustidan metodik rahbarlikni amalga oshiradi;

o`quvchilar bilan maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni, jumladan, bolalar turizmi va o`lkashunoslik, bolalar texnik ijodkorligi va xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtiradi, ularning milliy turlari va shakllarini qayta tiklaydi va yangilarini joriy etadi;

ta`lim muassasalarini dasturlar, o`quv rejalari, o`quv-ko`rgazmali qo`llanmalar va o`quv uskunalari, ta`limning texnik vositalari, qo`llanma-metodik adabiyotlar bilan ta`minlash ishlarini amalga oshiradi;

umumiy o`rta ta`lim maktablarida darsliklar kutubxona fondini jamlash hamda undan o`quv jarayonida to`g`ri foydalanish bo`yicha ishlarni ta`minlaydi;

umumiy o`rta ta`lim maktablari 9-sinf o`quvchilarini ta`limning keyingi bosqichiga qamrab olish, 10-sinflarda yoki  o`rta maxsus, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o`qishga kirishini tashkil qiladi;

ta`lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishini, ulardan samarali foydalanishni, pedagog xodimlarni shu sohadagi malakasini oshirilishini ta`minlaydi;

maktab-internatlar, “Mehribonlik” uyi va maktabgacha ta`lim muassasalarida bolalarning ovqatlanishlarini tashkil etishni nazorat qiladi;

umumiy o`rta ta`lim hajmida, tibbiy ko`rsatmalar asosida bolalarning uyda yakka tartibda ta`lim-tarbiya olishiga sharoit yaratadi;

ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni aniqlaydi, ularning hisobini olib boradi hamda ota-ona qaramog`ini yo`qotganlikning aniq holatlaridan kelib chiqib, bolalarning ijtimoiy-huquqiy himoyasi bo`yicha huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa organlar bilan hamkorlikda ish olib boradi;

to`liq davlat ta`minoti asosida, etim bolalarni va ota-ona qarovidan mahrum bo`lgan bolalarni davlat va nodavlat ta`lim muassasalari ta`minotiga olish, o`qitish, tarbiyalash va kasb-hunarga tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratadi;

jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalarni o`qitish, tarbiyalash va moddiy ta`minlashni tashkil qiladi, ularni kasb-hunarga tayyorlashni, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini va moddiy ta`minotini, tibbiy xizmat ko`rsatilishini va sog`lomlashtirishni takomillashtiradi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim muassasalari va maktablar tarmog`ini rivojlantiradi;

ta`lim muassasalari tarbiyalanuvchi-o`quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, jamg`armalar bilan ijodiy faol, O`zbekiston mustaqilligi g`oyalariga sadoqatli va jamiyat taraqqiyotiga aniq hissa qo`shishga layoqatli shaxsni kamol toptirish bo`yicha o`zaro yaqin hamkorlikni tashkil etadi;

tuman xalq ta`limi bo`limlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda aholining maktabgacha ta`limga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni to`laqonli jismoniy va aqliy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, bolalar va o`smirlar uchun maktabdan tashqari va o`quv-tarbiya muassasalari tarmog`ini rivojlantiradi, o`sib kelayotgan avlodning ijodiy faoliyatini va sog`lom hordig`ini, ularning qiziqishlari va istaklarini qondirishni, qobiliyati va iste`dodini har tomonlama rivojlantirishni ta`minlovchi muassasalarni rivojlantiradi;

tuman xalq ta`limi bo`limlari va tasarrufidagi ta`lim muassasalarining Ustavlarini tasdiqlaydi;

shahar sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi bilan birgalikda bolalar, o`quvchilar va o`qituvchilarning salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashni ta`minlash ishlarini amalga oshiradi;

belgilangan tartibda maktabgacha, umumiy o`rta, maktabdan tashqari ta`limning muhim masalalari bo`yicha yig`ilishlar, seminarlar o`tkazadi;

tasarrufidagi ta`lim muassasalarini malakali mutaxassislar bilan ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlar qabul qiladi, oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta`minlashni amalga oshiradi, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi;

ta`lim muassasalari rahbar va pedagog xodimlarni attestatsiyadan o`tkazish bo`yicha ishlarni tashkil qiladi;

ta`lim muassasalarini attestatsiyadan o`tkazish va akkreditatsiyalash bo`yicha ishlarni tashkil qiladi;

pedagog xodimlarni mehnatda yuqori ko`rsatkichlari, o`quvchi yoshlarni o`qitish va tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun Hukumat va idoraviy mukofotlarga belgilangan tartibda tavsiya etadi;

ta`lim muassasalarida qurilish ishlari olib borilishi va ularni zarur jihozlar bilan ta`minlanishi ustidan nazoratni, ta`lim muassasalarining kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik bo`yicha ishlarni amalga oshiradi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining yillik xarajatlarini rejalashtiradi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining reja ko`rsatgichlarini belgilangan me`yoriy hujjatlarga asosan tuzadi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo`lsa, bo`limda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o`z vaqtida va to`liq topshirilishiga, shuningdek boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajaradi;

quyi tashkilotlarni to`liq nazorat qiladi hamda barcha turdagi moliyaviy hisobotlarni qabul qiladi va yuqori tashkilotlarga topshiradi;

buxgalteriya hisobi va hisobotiga oid nizomlar, yo`riqnomalar, qo`llanmalar, uslubiy ko`rsatmalarni va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlarni tizimli ravishda hisobini olib borish va ish jarayonida muntazam foydalanadi;

fuqarolarning murojaatlari o`z vaqtida hamda to`g`ri ko`rib chiqilishini ta`minlaydi, fuqarolarning shikoyatlariga sabab bo`layotgan omillarni bartaraf etishga yo`naltirilgan tadbirlarni  amalga oshiradi.

 

13. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`ziga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bevosita, shuningdek, tasarrufidagi boshqa muassasalar orqali amalga oshiradi.


4-bob. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining huquq va majburiyatlari

14. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:

Tuman xalq ta`limi bo`limlari, maktabgacha, umumiy o`rta, maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida, ularning mulkchilik shakllari va bo`ysunishidan qat`iy nazar, O`zbekiston Respublikasi «Ta`lim to`g`risida»gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda ta`lim masalalari bo`yicha boshqa qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirish;

ta`lim bo`yicha alohida masalalarni hal etish, ta`lim muassasalari ishlarini takomillashtirish, ularning o`quv-moddiy negizini mustahkamlash, malakali pedagog kadrlar bilan ta`minlash yuzasidan takliflarni O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga ko`rib chiqish uchun kiritish;

o`z tasarrufida bo`lgan ta`lim muassasalari xodimlarini ishdan bo`shatish va ularni javobgarlikka tortish to`g`risida mehnat qonunchiligiga zid ravishda qabul qilingan buyruqlarini bekor qilish;

Kengash yig`ilishlarida Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo`yicha tuman xalq ta`limi bo`limlari va  ta`lim muassasalari hisobotlarini ko`rib chiqish;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi o`z majburiyatlari bo`yicha tuman xalq ta`limi bo`limlari va ta`lim muassasalarida ta`lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirilishini ta`minlashda o`ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada bajarilishi uchun javob beradi.

5-bob. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi  faoliyatini tashkil etish

15. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tavsiyasiga ko`ra O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri rahbarlik qiladi.

 16. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri:

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligiga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi mas`ul shaxslarining vakolatlarini, ularning tasarrufdagi ta`lim muassasalari faoliyatlari yo`nalishlari bo`yicha javobgarlik darajasini belgilaydi;

yuqori turadigan davlat hukumati va O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining me`yoriy hujjatlari, hokimiyat qarorlari asosida va ularni bajarish yuzasidan o`z vakolatlari doirasida buyruqlar chiqaradi, ijro etilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi xodimlari, tuman xalq ta`limi bo`limlari tasarrufidagi ta`lim muassasalari xodimlarini belgilangan kadrlar nomenklaturasiga muvofiq ishga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri o`z vakolati doirasida qonun hujjatlari va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajaradi.

17. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining tuzilmasi va shtatlari o`rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.

18. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligida to`qqiz kishidan iborat Kengash tashkil etiladi:

Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri - Kengash raisi, bo`lim boshliqlari, kasaba uyushmasi vakili, ta`lim muassasalari rahbarlari tarkibidan - Kengash a`zolari belgilanadi.

           Kengash tarkibi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Kengash o`z majlislarida vazirlik faoliyatining asosiy masalalarini ko`rib chiqadi, tuman xalq ta`limi bo`limlari va ta`lim muassasalari rahbarlarining bolalar va o`quvchilarga berilayotgan ta`lim-tarbiyaning sifat darajasi, me`yoriy hujjatlarning bajarilishi, pedagogik kadrlarni tanlash va ulardan foydalanish yuzasidan hisobotlarini tinglaydi, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi vakolatiga kiruvchi boshqa muhim masalalarni ko`rib chiqadi.

Kengash qarori Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vaziri buyrug`i bilan amalga oshiriladi.

19. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.