29.03.2024, Juma

Qaraqalpaqstan Respublikasınıng 2018-jıldaǵı shet el hám xalıq aralıq baylanısları jáne kútilip atırǵan nátiyjeleri


So'ngi yillarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasiga chet el investorlarini jalb qilishga katta e’tibor qaratilib, hududga bir qancha chet davlatlardan investorlar tashrif buyurmoqda. Keng ko'lamli biznes forumlar tashkillashtirilib, samarali homkorliklarga erishilmoqda.

Joriy yil oktyabr oyida Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'lib o'tgan O'zbekiston-Xitoy biznes forumi hamda yaqin kunlarda, ya’ni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog'ison Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari hamda kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan majlis bayoni topshiriklarining ijrosini ta'minlash yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan 15-16-dekabr kunlari Nukus shahri va Mo'ynoq tumanida “Yangi Mo'ynoq – yangi imkoniyatlar” mavzusidagi bo'lib o'tgan keng miqyosdagi biznes forumlar fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi.

Bugungi kunda Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha 116 ta chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar davlat ro'yxatiga olingan, shundan 2018 yilning o'zida 31 ta chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yangidan tashkil etilgan. 

Ushbu ro'yxatga olingan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning asosiy ulushi Nukus shahri (21), Mo'ynoq (15), Taxiatosh (11), Nukus (9) hamda Kegayli (9) tumanlariga to'g'ri kelmoqda va mazkur korxonalar farmatsevtika, xizmat ko'rsatish, engil sonoat, qurilish mollarini ishlab chiqarish, oziq-avqot sanoati, neft va gaz kabi sohalarda faoliyat yuritmoqda.

Ahamiyatlisi, mazkur korxonalarda 4 minga yaqin aholining bandligi ta'minlangan. Mazkur korxonalar 20 ta chet davlatlari investitsiyalari ishtirokida tashkil etilgan. Xitoy, Rossiya, Qozog'iston, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Indiya, Shveytsariya, Pokiston, AQSh va boshqalar shular jumlasidandir.

2018 yil yakuniga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha 70 million AQSh dollaridan ortiq to'g'ridan-to'g'ri chet el investitsiyalari jalb qilinib, xalqaro moliya institutlari liniyalari orqali 80 million dollardan ortiq kreditlar ajratilgan.

Ta'kidlash joiz, ushbu investitsiyalar jalb etilishi evaziga Kegayli tumanidagi “Kegayli qag'oz” korxonosida tselyuloza ishlab chiqarishni “Lanko miya” korxonosida qizil miya tomiridan ekstrakt ishlab chiqarishni, Nukus tumanidagi “Nukus ekoplant ekstrakt”, Taxiatosh tumanidagi “Fubo Nukus” korxonolarida qizil miya tomiridan ekstrakt ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish bo'yicha loyihalar amalga oshirildi.

Kelgusi yillarda hududimizga xorijiy investitsiyalar jalb etish xajmini yanada oshirish maqsadida Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq:

Qo'ng'irot, Xo'jayli va Shumanay tumanlariga – O'zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchisi V.V.Fen;

Mo'ynoq, Kegeyli va Taxiatosh tumanlariga – O'zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisi B.O.Saidov; 

To'rtko'l, Beruniy va Ellikqal’a tumanlariga – O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchisi G'.G'.Fozilov;

Chimboy, Taxtako'pir va Qorao'zak tumanlariga – O'zbekiston Respublikasining Quvayt davlatidagi elchisi B.J.A’loev;

Amudaryo, Qonliko'l va Nukus tumanlariga – O'zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchisi N.Qosimov biriktirildi.

Shuningdek, mazkur davlatlarning investorlari bilan birgalikda 2019-2021 yillarda amalga oshiriladigan umumiy qiymati 889,8 mln. AQSh dollarlik 30 ta yirik loyihalarning manzilli dasturi tasdiqlandi.

Xususan:

- Xitoy Xalq Respublikasidan to'g'ridan-to'g'ri investitsiya jalb qilgan holda Mo'ynoq va Taxiatosh tumanlarida makkajo'xoridan kraxmal, qamish o'simligidan qog'oz mahsulotlari ishlab chiqarish va yuqori texnologiyali issiqxonalar qurish loyihalari amalga oshiriladi;

- Quvayt va Qatardan 30 mln. dollar miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni Qoraqalpog'iston Respublikasida qishloq xo'jaligi va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirishga jalb etiladi;

- Quvayt iqtisodiy rivojlantirish jamg'armasining moliyaviy-texnikaviy qo'llab-quvvatlash mablag'larini Qoraqalpog'iston Respublikasida ijtimoiy sohani rivojlantirish, jumladan sog'liqni saqlash, ta'lim va boshqa sohadagi loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etish choralari ko'riladi;

- Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishga yo'naltirilgan loyihalarni moliyaviy va texnik qo'llab-quvvatlash ishlariga Yaponiyaning mablag'larini jalb qilish;

- Mo'ynoq tumanida baliqchilikni rivojlantirishga Yaponiyaning yuqori texnologiyalarga asoslangan etakchi korxonalarini jalb qilinadi.

Bugungi kunda mazkur ishlarni O'zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchilari bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati