26.01.2021, Siyshembi

Qаrаqаlpаqstаn хаbаr аgеntligi


Nurabullaev Bahamdulla Xojambetovich

 Qaraqalpaqstan xabar agentliginiń direktorı

 Mánzil:

 230100, Nókis qalası, Ámir Temur kóshesi 120-jay

Telefon:

 0(361) 222-85-32

E-mail:

 kknews-uza@umail.uz

 Qabıllaw kúnleri:

 

 Piyshembi  10:00-12:00

  

 

 


Esebaev Quwatbay Matekovich

 Qaraqalpaqstan xabar agentliginiń bas redaktorı

Mәнзил:

 

 230100, Nókis qalası, Ámir Temur kóshesi 120-jay

Teлефон:

 0(361) 222-85-32

E-mail:

 kknews-uza@umail.uz

Qabıllaw kúnleri:

 Piyshembi  10:00-12:00

 


Qoraqalpog'iston axborot agentligi to'g'risida


NIZOM


 


1. Qoraqalpog'iston axborot agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasining davlat matbuot organi bo'lib hisoblanadi, uning tarqatadigan axborotlari respublika auditoriyasiga mo'ljallangan. Agentlik o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyalarini, “Ommaviy axborot vositalari to'g'risida”gi va boshqada tegishli qonunlarni, shuningdek ushbu Nizomni boshchilikka oladi.


2. Qoraqalpog'iston axborot agentligining asosiy vazifasi O'zbekiston Milliy axborot agentligi tarqatadigan respublika va xalqaro ahamiyotga ega rasmiy xabarlarni, ijtimoiy hayotning barcha jabhalaridagi yangiliklarni va o'zgarishlarni aks ettiradigan tezkor materiallarni rus, o'zbek va qoraqalpoq tillarida respublika gazetalariga, televidenie va radioga, boshqa manfaatdor muassasa va tashkilotlarga etkazib berishdan iborat.


Shuningdek, agentlik qoraqalpoq tilida Qoraqalpog'iston Respublikasi hayoti bilan bog'liq rasmiy axborotlar, ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi yangiliklarni yorituvchi materiallar tayyorlaydi va shartnoma asosida mahalliy ommaviy axborot vositalariga etkazib beradi.


Agentlik o'z imkoniyati doirasida davlat organlariga, jamoat tashkilotlariga, boshqa manfaatdor tashkilotlarga, shaxsiy fuqarolarga rus va o'zbek tillaridan qoraqalpoq tiliga tarjima qilish bo'yicha to'lamli xizmat ko'rsatadi. O'z imkoniyatlari doirasida davlat organlariga, jamoat tashkilotlariga, boshqa manfaatdor muassasalarga, fuqarolarga rus va o'zbek tillaridan qoraqalpoq tiliga tarjima qilish bo'yicha pullik xizmat ko'rsatadi.


3. Qoraqalpog'iston axborot agentligi o'z xizmat vazifalarini bajarish uchun malakali mutaxassislardan ijodiy jamoat tashkil etadi, zarur hollarda boshqa tajribali jurnalistlarni shartnoma asosida vaqtincha ishga yollaydi.


4. Qoraqalpog'iston axborot agentligi faoliyatini moliyalashtirish O'zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan beriladigan mablag'lar va tijorat xizmatidan tushadigan qo'shimcha daromadlar hisobidan amalga oshiriladi.


5. Respublika gazetalarining, Qoraqalpog'iston Teleradiokompaniyasining, boshqada ommaviy axborot vositalarining shartnoma bo'yicha to'lovlari, tijorat xizmat tushumlari, shuningdek respublikamizdagi va xorijiy tashkilotlarning, ayrim fuqarolarning xomiylik yordami sifatida beriladigan mablag'lari qo'shimcha daromad manbalari hisoblanadi.


6. Agentlik O'zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan ajratiladigan mablag'ni va qo'shimcha davromad tushumlarini maqsadga muvofiq foydalanishda mustaqillikka ega.


7. Agentlik to'g'risidagi Nizom va uning shtatlar jadvali Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.


8. Agentlik faoliyatida O'zbekiston Milliy axborot agentligining kelishuvi bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan tayinlanadigan direktor rahbarlik qiladi.


Direktor agentlikning boshqa respublika tashkilotlari bilan aloqalarini ta'minlaydi, uning moliya-xo'jalik va ijodiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, amaldagi qonunlarga muvofiq kadrlar siyosatini amalga oshiradi.


Direktor o'z vakolatlari doirasida jamoat a'zolari bajarishi shart bo'lgan buyruqlar chiqaradi, qarorlar qabul qiladi.


9. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tasdiqlaydigan tahririyat hay’ati agentlikning oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Uning tarkibiga agentlik direktori, boshqada mas’ul xodimlar, shuningdek matbuotga taaluqli bo'lgan tashkilotlar vakillari, tilshunos olimlar kiritilishi mumkin.


Hay’at o'z majlislarida agentlikning ijodiy faoliyatiga, moliya-xo'jalik ishlariga, kadrlar siyosatiga bog'liq masalalarini ko'rib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Hay’at qarorlarini agentlikning barcha xodimlari bajarishi shart.


10. Qoraqalpog'iston axborot agentligi yuridik tomon bo'lib, o'zining gerbli yumaloq muhriga, to'rt burchakli shtampiga, bankda hisob-kitob varaqiga ega bo'ladi.


11. Nomlanishi:


Qoraqalpoq tilida: Qaraqalpaqstan xabar agentligi /QXA/,


O'zbek tilida: Qoraqalpog'iston axborot agentligi /QAA/,


Rus tilida: Karakalpakskoe informatsionnoe agentstvo /KKIA/.


         



           12. Manzili: Nukus shahri, A.Temur ko'chasi, 120 uy.