08.04.2020, Sárshembi

Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida bo'sh turgan er uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini har bir tuman (shahar) kesimida minimal qiymatini tasdiqlash haqida

QORAQALPOG'ISTON RE SPUBLIKASI VAZIRLAR KENGAShINING

QARORI

Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida bo'sh turgan er uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini har bir tuman (shahar) kesimida minimal qiymatini tasdiqlash haqida

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to'g'risida”gi PF-5780-sonli Farmonining 

10-bandi, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo'sh turgan er uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 1023-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini elektron onlayn-auktsion orqali berish tartibi to'g'risidagi Nizom talablaridan kelib chiqib, bo'sh turgan er uchastkalarini “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasiga elektron onlayn-auktsionga chiqarilishini ta'minlash maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:


1. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida bo'sh turgan er uchastkalarini “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasiga elektron onlayn-auktsionga chiqarish uchun er uchastkalarining joylashgan hududidan kelib chiqib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligining 2020 yil 11 fevral kungi ShE/03-02/303-sonli, Davlat soliq boshqarmasining 2020 yil 12 fevral kungi 15-00934-sonli hamda 

Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasining 2020 yil 13 fevral kungi 156-sonli tavsiyalariga asosan bergan takliflari ma'qullansin.

2. “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auktsionga chiqarish uchun er uchastkalarining joylashgan hududidan kelib chiqib, Nukus shahar 

va tumanlarda bo'sh er uchastkalardan doimiy foydalanish huquqining 

(0,01ga maydoni uchun) 2020 yil 1-yarim yillik uchun boshlang'ich baholari ilovaga muvofiq belgilansin.

3. Nukus shahar va tumanlar hokimliklariga tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida bo'sh turgan er uchastkalarini “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasiga elektron onlayn-auktsionga chiqarish uchun Er uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati har bir tuman (shahar) uchun sotishning boshlang'ich narxini hisoblashda mazkur qaror ilovasi bilan tasdiqlangan mezonlar asosida amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 

20 dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo'sh turgan er uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 1023-sonli qarori  bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini elektron onlayn-auktsion orqali berish tartibi to'g'risidagi Nizom talablaridan kelib chiqib, arxitektura va rejalashtirish topshirig'ini (keyingi o'rinlarda ART deb ataladi) ishlab chiqish uchun — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining to'rt baravari miqdorlarda belgilanganligi hamda ART ishlab chiqish qiymati tuman (shahar) hokimligi tomonidan mahalliy byudjetning qo'shimcha manbalari hisobidan ART ishlab chiqilgan kunda to'liq to'lab berilishi inobatga olinsin.

5. Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq boshqarmasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi bo'sh er uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati ushbu qaror tasdiqlangan sanadan e’tiboran bir ish kuni ichida «YERELEKTRON» AATga kiritilishi topshirilsin.

6. Qoraqalpog'iston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, Nukus shahar va tumanlar hokimliklari “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auktsionga chiqarish uchun er uchastkalarining joylashgan hududidan kelib chiqib har bir tuman (shahar) bo'yicha bo'sh er uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqining (0,01 ga maydoni uchun) boshlang'ich bahosini joriy yilning ikkinchi yarim yilligini qayta ko'rib chiqish yuzasidan Vazirlar Kengashiga taklif kiritsinlar.

7. Qoraqalpog'iston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (V.Jollibekov), Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (I.Matkarimov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi (B.Madaminov) auktsion g'oliblari bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan o'z yo'nalishlari bo'yicha doimiy monitoring yuritsinlar.

8. Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi (B.Utambetov) er uchastkasiga bo'lgan huquqlarni “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida auktsion orqali sotishdan Nukus shahar va tumanlar hokimliklarining maxsus hisob-raqamlariga kelib tushgan mablag'larni o'z vaqtida va amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy byudjetlarga yo'naltirilishini nazoratga olsin. 

9. Qoraqalpog'iston teleradiokompaniyasiga (B.Elmanov), Axborot agentligiga (B.Nurabullaev) mazkur qarorni belgilangan tartibda aholi va tadbirkorlar o'rtasida keng targ'ib qilish, maqolalar chop etish hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish tavsiya etilsin. 

10. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o'z kuchiga kirishi belgilab qo'yilsin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosarlari (A.Tajetdinov, B.Xabibullaev, S.Xojametov, J.Embergenov) zimmalariga yuklatilsin.


 Qoraqalpog'iston Respublikasi

Vazirlar Kengashining Raisi Q. Sariev


16 mart. 2020 yil № 86




Izoh:Er uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati uning yangi qiymati tasdiqlangunga qadar amalda bo'ladi.

      O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi “O'zbekiston Respublikasining «2020 yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to'g'risida»gi qonuni ijrosini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4555-sonli qarorining 7-bandiga asosan bazaviy hisoblash miqdori-223 000 so'mda hisoblanadi.

      Mazkur qiymatlar O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi O'RQ-589 sonli Qonunning 9-ilovasiga asosan 1 ga er maydoni uchun bir yillik soliq stavkasi summasidan kelib chiqib, har bir 0,01 ga er maydoniga taqsimlanib hisoblangan.

      Shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo'sh turgan er uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 1023-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun er uchastkalarini elektron onlayn-auktsion orqali berish tartibi to'g'risidagi Nizomning 6-bandiga asosan er er uchastkasini tanlash materiallarini, shu jumladan er uchastkasining topografik xaritasini tayyorlaydi, er uchastkasiga tutash er uchastkalari (ob’ektlar)ning belgilangan maqsadi turlari haqidagi ma'lumotlarni shakllantiradi, shuningdek, er uchastkasi chegaralarini naturada belgilash ishlarini amalga oshiradi hamda er uchastkasining boshlang'ich narxini belgilaydi.

Bunda «Davergeodezkadastr» qo'mitasi organlarining er uchastkasini tanlash materiallarini tayyorlash ishlarining qiymati quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

      er uchastkasi maydoni 0,01 gektardan ko'p bo'lmaganda — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;

      er uchastkasi maydoni 0,01 gektardan ko'p, lekin 0,05 gektardan ko'p bo'lmaganda — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari;

      er uchastkasi maydoni 0,05 gektardan ko'p, lekin 0,1 gektargacha bo'lganda — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining to'rt baravari;

      er uchastkasi maydoni 0,1 gektar yoki undan ko'p bo'lganda — eng kam bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida.                                                                                                                                                                                                                                                                                                             

      Nizomning 7-bandining «b» kichik bandiga asosan er uchastkasini tanlashga doir boshqa materiallarni tayyorlash uchun – eng kam bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdoridagi summalarining jami yig'indisi o'z ichiga olinishi lozim.