17.10.2018, Sárshembi

Jergilikli mámleketlik hákimiyat haqqındaǵı nızam

I BO'LIM. UMUMIY NIZOMLAR

1-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi – Qoraqalpog'iston Respublikasi Hukumati.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi – Qoraqalpog'iston Respublikasi Hukumati – iqtisodiyat, ijtimoiiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyat yuritishiga rahbarlik qiluvchi, O'zbekiston Respublikasi qonunlari va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Palatalari xulosalari, O'zbekiston Respublika Prezidenti farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlarining, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, Qoraqalpog'iston Respublikasi qonunlarining va Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorgi Kengesi va uning Rayosati Prezidiumi (Rayosati) qarorlarining, va boshqa xulosalari bajarilishini ta'minlaydigan Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat hokimiyatining oliy ijro-rahbarlik organi hisoblanadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi davlat boshqaruv idoralari va o'zlari tuzgan xo'jalik boshqarish organlari tizimini, shuningdek, respublika hududida joylashgan O'zbekiston Respublikasiga buysinadigan tashkilotlarga rahbarlik qiladi va ularning o'z-ara aloqador ishlarini ta'minlaydi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda ushbu Qonunga muvofiq o'z vakilliklariga kiradigan, Qoraqalpog'iston Respublikasini nazorat qilishga oid davlat va xo'jalik boshqarish masalalarini echishga haqli. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi qonun chiqarish tashabbusi huquqiga ega.

2-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi faoliyatining asosiy tamoyillari.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi o'z faoliyatida kollegiya, demokratik va qonuniylik, Qoraqalpog'iston Respublikasida istiqomat qiladigan barcha millat vakillari manfaatlarini hisobga olish tamoyillarini rahbarlikga oladi.

3-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi ijtimoiy birlashmalar bilan o'z-aro aloqalari.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi o'z vakilligiga kiradigan masalalar yuzasidan ijtimoiy birlashmalar bilan o'z-aro aloqador harakat qiladi va ularga mavjud qanunlarga muvofiq zaruriy yordam ko'rsatadi.

4-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining diniy tashkilotlari bilan aloqalari.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining diniy tashkilotlari bilan o'z-aro aloqalari O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasining hamda Qoraqalpog'iston Respublikasining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risidagi qonunlari bilan belgilanadi.