28.03.2024, Piyshembi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyuldagi «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi «2017-2021 yillarda pillachilik tarmog'ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 616-sonli qarori ijrosini ta'minlash va respublikada yozgi takroriy pilla etishtirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 03/1-949-sonli yig'ilish bayoni topshiriqlari ijrosini ta'minlash haqida

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil  30 iyuldagi «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2017 yil 11 avgustdagi «2017-2021 yillarda pillachilik tarmog'ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 616-sonli qarori ijrosini ta'minlash va respublikada yozgi takroriy pilla etishtirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 03/1-949-sonli yig'ilish bayoni topshiriqlari ijrosini ta'minlash haqida


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 iyuldagi «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2017 yil 11 avgustdagi «2017-2021 yillarda pillachilik tarmog'ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 616-sonli qarori ijrosini ta'minlash va respublikada yozgi takroriy pilla etishtirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 03/1-949-sonli yig'ilish bayoni topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida Vazirlar Kengashi

QAROR QILADI:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil  30 iyuldagi 03/1-949-sonli yig'ilish bayoni (4 va 5 bandi) topshiriqlari ijro uchun rahbarlikka olinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi bayoni bilan:
a) «O'zbekipaksanoat» uyushmasi (Sharipov)ning:
joriy yilning avgust oyida uchinchi takroriy pilla etishtirishni tashkil etish to'g'risidagi axboroti ma'lumot uchun qabul qilinganligi;
uchinchi takroriy pilla mavsumi uchun respublikaga 40 ming quti xorijiy ipak qurti urug'ini olib kelish bo'yicha taklifi ma'qullanganligi;
b) uchinchi takroriy pilla etishtirishni amalga oshirish tizimi 1-ilovaga va respublika bo'yicha takroriy pilla etishtiruvchi hududlar ro'yxati 2-ilovaga, takroriy ipak qurti boqishni tashkil qilishga mas’ul pillani qayta ishlash korxonalari ro'yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;

v) Hududlarda uchinchi takroriy pilla boqish ishlariga Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosarlari hamda tumanlar hokimlari mas’ul hisoblanishi belgilab quyilganligi;
g) «O'zbekipaksanoat» uyushmasi (Sharipov)ga:
40 ming quti xorijiy ipak qurti urug'larini respublikaga betalofat olib kelinishini ta'minlash choralarini ko'rish;
ob-havo issiqligini inobatga olib, keltirilgan xorijiy ipak qurti urug'larining barcha texnologik va agrotexnik tartib-qoidalariga amal qilingan holda saqlanishi va tarqatilishini ta'minlash;
mahalliy hokimliklar bilan birgalikda  joylarda ipak qurti urug'larining jonlanishi va jonlangan ipak qurtlarini qisqa muddatlarda boquvchi (zveno)larga etkazilishini hamda har bir zvenoga 10 grammdan ko'p bo'lmagan miqdorda ipak qurtlarini tarqatilishini tashkil etish va nazoratga olish;
mahalliy hokimliklar bilan birgalikda uchinchi takroriy pilla etishtirishning monitoringini amalga oshirish;
ipak qurtini takroriy boqish evaziga etishtirilgan pilla xom ashyosini o'z tarkibidagi korxonalarga mutanosib ravishda qayta ishlash uchun taqsimlash;
qayta ishlash korxonalarining qabul qilgan pilla xom ashyosini qayta ishlash natijasida ishlab chiqargan mahsulotlari (xom ipak, ipak kalavasi, mato, ipak chiqindisi va boshqa)ning hisobini olib borish va bu mahsulotlarning sotilishi va eksportini amalga oshirilishini nazorat qilish;
uchinchi takroriy boqish uchun ipak qurti urug'ini olib kelib, uning jonlantirilib, etishtirilgan pillaning tayyor mahsulot ko'rinishida sotilishgacha bo'lgan bir necha bosqich (zanjir)li jarayonlarni samarali tashkil etish;
uchinchi takroriy pilla mavsumiga tizim korxonalarini to'liq jalb qilish larning qarorlar ijrosi va pilla mavsumiga bo'lgan munosabatlarini doimiy tahlil qilish hamda mavsumda  faol ishtirok etmagan korxonalar to'g'risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;

tizim korxonalari rahbarlari bilan birgalikda uchinchi takroriy pilla etishtirayotgan xonadonlarga borib, pilla boquvchilarni rag'batlantirish choralarini ko'rish hamda Davlatimiz Rahbari tomonidan ularning mehnatini qadrlash uchun yaratib berilayotgan  imkoniyat va qulayliklar, xususan, sohaning rivoji uchun qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati to'g'risida tushuntirish ishlarini olib borish;
joriy yilning 30 iyulgacha Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari va ilmiy xodimlarini jalb etgan holda, Uyushma tarkibidagi korxona va tashkilotlar uchun takroriy pilla etishtirish bo'yicha o'quv-seminar tashkil etish;
joriy yilning 1 avgustigacha 3-ilovada nomlari qayd etilgan pillani qayta ishlash korxonalari tomonidan inkubatoriyalarni dezinfektsiya qilib, mavsumga shay qilib qo'yilishini, takroriy pilla etishtirish uchun zarur bo'lgan jihozlar (to'shama qog'oz, formalin termometr, s’yomnik (ko'targich qog'oz), shuningdek bo'nak mablag'larining tayyorlanishini nazoratga olish topshirilganligi;
d) Tijorat banklariga takroriy pilla etishtiruvchi fermer xo'jaliklari va xonadonlarga o'z vaqtida bo'nak mablag'larini berish uchun pillani qayta ishlash korxonalari murojaatlari asosida qisqa muddatlarda bank kreditlari ajratish tavsiya etilganligi;
e) Adliya vazirligi (Davletov) hududiy adliya boshqarmalari  tomonidan takroriy pilla etishtirish bo'yicha kontraktatsiya va ichki mehnat shartnomalari tuzilishi va ro'yxatga olinishini nazoratga olish topshiril-ganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
3. 2018 yil avgust oyida takroriy pilla etishtirish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish bo'yicha «Pilla shtabi»tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
2018 yil avgust oyida takroriy pilla etishtirishni uyushqoqlik bilan o'tkazish maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;
2018 yil yozgi mavsumda uchinchi takroriy ipak qurti boqish va tirik pilla etishtirish topshirig'i 3-ilovaga muvofiq;


2018 yil yozgi mavsumda takroriy ipak qurti boqishni tashkil etishga mas’ul pillani ishlash korxonalari ro'yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Qishloq xo'jaligi vazirligi (Annakulov), «Qoraqalpog'iston Agro-pilla» MChJ (Xo'jakov), «Aziya-Silk» Ve’tnam sho'ba korxonasi (Turaev), «Buston-Silk» MChJ (Jarkinbaev), To'rtko'l, Beruniy, Ellikqal’a, Amudaryo, Xo'jayli, Taxiatosh, Sho'manoy, Qonliko'l, Nukus, Kegeyli va Chimboy tumanlari hokimliklari bilan birgalikda:
ikki kun muddatda uchinchi takroriy pilla etishtirish bo'yicha talab etiladigan barcha tashkiliy masalalarni amalga oshirish uchun tuman «Pilla» shtablarini tuzish bo'yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, tuman hokimlarining qarorlari bilan tasdiqlash;
o'n kun muddatda uchinchi takroriy pilla etishtiruvchilar bilan kontraktatsiya shartnomalari va ichki mehnat shartnomalarining tuzilishini ta'minlash va ularga bo'nak mablag'larini berish bo'yicha aniq choralar ko'rish;
joriy yilning 1 avgustgacha inkubatoriyalarni mavsumga tayyorlab qo'yish, inkubist-mutaxassislarni belgilash va ipak qurti urug'lari qurtlarining qisqa vaqt (2-3 soat)da tarqatish choralarini ko'rish bo'yicha mas’ullarni belgilash, bunda asosiy e’tiborni tumanlarda jonlangan urug'larni hududma-hudud boquvchiga etkazish bo'yicha mas’ul shaxs va transport vositasi ajratilishiga qaratish;
ushbu qarorning 2-ilovasidagi takroriy pilla etishtirishni uyushqoqlik bilan o'tkazish maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturiga qat’iy amal qilinishi va dasturdagi har bir bandning ijrosini nazoratga olinishini ta'minlash;
fermer xo'jaliklari ixtiyoridagi tut daraxtlaridan oqilana foydalanishni nazorat qilish, bunda navdalarni kesmasdan, barglarni terib olishni tashkil etish bo'yicha tumanlardagi pillachilik agronomlari                         va mutasaddilarni mas’ul qilib belgilash;
tutzorlarni mahalliy va mineral o'g'itlar bilan oziqlantirish hamda sug'orish ishlarini tashkil etish;
uchinchi takroriy pilla etishtirish mavsumi davomida har bir faollar yoki qishloq xo'jaligiga oid o'tkaziladigan majlislarda pilla masalasini tahlil qilish va zaruriy ko'rsatmalar berish;
amalga oshiriladigan ishlar to'g'risida har 10 kunda Vazirlar Kengashiga yozma axborot berib borish topshirilsin.
5. «Qoraqalpog'iston Agro-pilla» MChJ (Xo'jakov), «Aziya-Silk» Ve’tnam sho'ba korxonasi (Turaev) va «Buston-Silk» MChJ (Jarkinbaev):
ob-havo issiqligini inobatga olib, keltirilgan xorijiy ipak qurti urug'larining barcha texnologik va agrotexnik tartib-qoidalariga amal qilingan holda saqlanishi va tarqatilishini ta'minlash;
tumanlar hokimliklari bilan birgalikda joylarda ipak qurti urug'larining jonlanishi va jonlangan ipak qurtlarini qisqa muddatlarda boquvchi (zveno)larga etkazilishini hamda har bir zvenoga 10 grammdan ko'p bo'lmagan miqdorda ipak qurtlarini tarqatilishini tashkil etish va nazoratga olish;
tumanlar hokimliklari bilan birgalikda uchinchi takroriy pilla etishtirishning monitoringini amalga oshirish;
ipak qurtini takroriy boqish evaziga etishtirilgan pilla xom ashyosini o'z tarkibidagi korxonalarga mutanosib ravishda qayta ishlash uchun taqsimlash;
qayta ishlash korxonalarining qabul qilgan pilla xom ashyosini qayta ishlash natijasida ishlab chiqargan mahsulotlari (xom ipak, ipak kalavasi, mato, ipak chiqindisi va boshqa)ning hisobini olib borsin va bu mahsulotlarning sotilishi va eksportini amalga oshirilishini nazorat qilish;
uchinchi takroriy boqish uchun ipak qurti urug'ini olib kelib, uning jonlantirilib, etishtirilgan pillaning tayyor mahsulot ko'rinishida sotilishgacha bo'lgan bir necha bosqich (zanjir)li jarayonlarni samarali tashkil etish;
uchinchi takroriy pilla mavsumiga tizim korxonalarini to'liq jalb qilishlarning qarorlar ijrosi va pilla mavsumiga bo'lgan munosabatlarini doimiy tahlil qilish hamda mavsumda  faol ishtirok etmagan korxonalar to'g'risida Vazirlar Kengashiga taklif kiritish;
tizim korxonalari rahbarlari bilan birgalikda uchinchi takroriy pilla etishtirayotgan xonadonlarga borib, pilla boquvchilarni rag'batlantirish choralarini ko'rish hamda Davlatimiz Rahbari tomonidan ularning mehnatini qadrlash uchun yaratib berilayotgan  imkoniyat va qulayliklar, xususan, sohaning rivoji uchun qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyati to'g'risida tushuntirish ishlarini olib borish;

joriy yilning 1 avgustigacha 4-ilovada nomlari qayd etilgan pillani qayta ishlash korxonalari tomonidan inkubatoriyalarni dezinfektsiya qilib, mavsumga shay qilib qo'yilishini, takroriy pilla etishtirish uchun zarur bo'lgan jihozlar (to'shama qog'oz, formalin termometr, s’yomnik (ko'targich qog'oz), shuningdek bo'nak mablag'larining  tayyorlanishini nazoratga olish topshirilsin.
6. Tijorat banklariga takroriy pilla etishtiruvchi fermer xo'jaliklari va xonadonlarga o'z vaqtida bo'nak mablag'larini berish uchun pillani qayta ishlash korxonalari murojaatlari asosida qisqa muddatlarda bank kreditlari ajratish tavsiya etilsin.
7. Adliya vazirligi (Sadыkov) tomonidan takroriy pilla etishtirish bo'yicha kontraktatsiya va ichki mehnat shartnomalari tuzilishi va ro'yxatga olinishini nazoratga olsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o'rinbosari S.J.Xojametov zimmasiga yuklatilsin.

Qoraqalpog'iston Respublikasi
Vazirlar Kengashining Raisi
Q.Sariev