13.11.2019, Chorshanba

Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi



Usnatdinova
Jumagul
Sharapovna

Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vaziri

 Маnzil:

 Nukus shahri, 230100, A.Dosnazarov k. 62

 Теlefon:­­

0 (361) 222-55-09

 E-mail:

qr_mtv@exat.uz    qqrmtv@umail.uz

 Qabul  кunlari:

Juma soаt 16:00-18:00





Bayjanov
Tirkeshbay
Jumadurdievich

Qoraqalpog’iston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirining o’rinbosari

 Маnzil:

 Nukus shahri, 230100, A.Dosnazarov k. 62

 Теlefon:­­

0 (361) 222-55-08

 E-mail:

qr_mtv@exat.uz    qqrmtv@umail.uz

 Qabul  кunlari:

Seshanba soаt 10:00-12:00, payshanba soаt 15:00-17:00

 


Yakupov Jaxongir Salievich

Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining qurish ishlari bo'yicha o'rinbosari

 Маnzil:

Nukus shahri, 230100, A.Dosnazarov ko'chasi 62 uy.

  Теlefon:­­

0 (361) 222-55-08

 E-mail:

qr_mtv@exat.uz    qqrmtv@umail.uz

 Qabul  кunlari:

Seshanba soаt 10:00-12:00, payshanba soаt 15:00-17:00

 



Funktsional  vazifalari:

Vazirlikning vazifalari va funktsiyalari

Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

1) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalar samarali bajarilishini ta'minlashda ishtirok etish;

2) Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tuman, shahar xokimlari, prokuratura xududiy organlari, ichki ishlar va davlat soliq xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar (keyingi o'rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;

3) maktabgacha ta'lim sohasida qonun hujjatlariga, normativ hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish;

4) maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'linmalarida o'quv-metodik faoliyatni muvofiqlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;

5) maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni reabilitatsiya qilish va  ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bo'yicha maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

6) nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish  va maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirishda maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarini qo'llab-quvvatlash;

7) maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarida, davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida ichki audit va moliyaviy nazoratni tashkil etish hamda amalga oshirish;

 Vazirlikga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:

1) Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi rahbariyati  faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta'minlaydi;

2) maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Vazirlar Kengashi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim  Vazirligining buyruqlari bajarilishi ustidan muntazam nazorat qilinishini ta'minlaydi;

3) maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari tomonidan kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o'z vaqtida qayta ishlanishini, ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o'tkazilishini tashkil etilishida ko'maklashadi;

4) maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

5) maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'linmalarining metodik faoliyatini muvofiqlashtiradi;

6) nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;

7) nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini qo'llab-quvvatlash va maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakllarini rivojlantirish bo'yicha maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

8) Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirishni, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;

9) davlat maktabgacha ta'lim muassasalarida sog'lom ovqatlanishni ta'minlash bo'yicha maktabgacha ta'lim tuman (shahar)  bo'limlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

10) maktabgacha ta'lim muassasalarida davlat talablarini bajarish monitoringi bo'yicha maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari harakatlarini muvofiqlashtiradi;

11) maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlarini va maktabgacha ta'lim muassasalarini moddiy-texnik ta'minlashni tashkil etadi;

12) maktabgacha ta'lim muassasalarining binolari va inshootlarini joriy  ta'mirlash ishlari monitoringini olib boradi va muvofiqlashtiradi;

13) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;

14) vakolatiga tegishli tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo'jalik masalalari va boshqa masalalar bo'yicha qarorlar qabul qiladi.

Vazirlikning huquqlari va javobgarligi

Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi ularga yuklangan vazifalarni va funktsiyalarni amalga oshirish uchun:

davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat xokimiyati organlari tuman (shahar) bo'linmalaridan o'z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan axborotni belgilangan tartibda so'rash va olish;

 maktabgacha ta'lim  sohasining eng muhim muammolarini ishlab chiqish va ko'rib chiqish bo'yicha tuman (shahar) darajada idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;

davlat dasturlari va investitsiya dasturlari bajarilishi bo'yicha maktabgacha ta'lim tuman (shahar)  bo'limlari faoliyatini o'rganish;

maktabgacha ta'lim tuman (shahar) bo'limlari faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;

bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalalari bo'yicha nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik qilish;

Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo'yicha davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ko'rib chiqishi uchun takliflar kiritish huquqiga ega.

Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

Vazirlik:

Vazirlikka yuklangan vazifalar va funktsiyalar sifatli va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash;

Vazirlikning tuman (shahar) bo'limlari faoliyati bilan bog'liq bo'lgan prognoz ko'rsatkichlariga erishishni ta'minlash;

Vazirlikka kiritilayotgan hujjatlari va takliflar, shuningdek, Vazirlikning tuman (shahar) bo'limlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning amalga  oshirilishining sifati,  pirovard natijalari va oqibatlari;

Tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirishga doir takliflarni tayyorlash;

maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish bo'yicha dasturlar, tadbirlar rejalari «yo'l xaritalari» va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpog'iston Respublikasida  samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi uchun javob beradi.

 Vazirlik rahbarlarining asosiy funktsional vazifalari

  Quyidagilar Vazirlikning asosiy funktsional vazifalari hisoblanadi:

1) O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;

2) Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Vazirlar Kengashi qarorlari, bayonnamalari va O'zbekiston Respublikasi Maktabgaacha ta'lim Vazirligining buyruqlari bilan ularga yuklangan vazifalar va funktsiyalarning bajarilishini tashkil etish;

3) Tuman (shahar) bo'linmalar faoliyati bilan bog'liq prognoz ko'rsatkichlarga erishishni so'zsiz ta'minlash bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;

4) O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, Vazirlar Kengashining qarorlari, bayonnomalari va topshiriqlari ijrosini ta'minlash, ijro intizomini mustahkamlash bo'yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to'g'risida»gi 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning o'z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tuman (shahar) bo'linmalar xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko'rish;

5) Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o'rinbosarining buyruqlari va topshiriqlari o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;

6) maktabgacha ta'lim sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;

7) o'z o'rinbosari vakolatlarini belgilash, ular o'rtasida vazifalarni taqsimlash tuman (shahar) bo'linmalarning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash,                Vazirlik tuman (shahar) bo'linmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o'z o'rinbosari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;

8) Vazirlikning tuman (shahar) bo'linmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlikning tuman (shahar) bo'linmalari va o'z o'rinbosarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta'minlash;

9) Vazirlik tuman (shahar)  bo'linmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning samarali faoliyat ko'rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, tuman (shahar) kadrlar zahirasini shakllantirish;

10) Vazirlik nomenklaturasiga kiradigan bo'sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning shuningdek, tuman (shahar) bo'linmalarga ishga qabul qilanayotgan boshqa kadrlarning professional, o'z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma'naviy-ahloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta'minlash;

11) tuman (shahar) bo'linmalar xodimlarini, o'z o'rinbosarini rag'batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko'rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo'yicha muntazam chora-tadbirlar ko'rish;

12) tuman (shahar) bo'linmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining odob-ahloq qoidalari talablariga rioya etishini ta'minlash;

13) huquqni qo'llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali tuman (shahar)  bo'linmalar tizimda «Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko'rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko'maklashuvchi sabablarga shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

14) prognoz ko'rsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tuman (shahar) bo'linmalar tomonidan ushbu ko'rsatkichlarga so'zsiz erishishini ta'minlashga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar ko'rish bo'yicha takliflarni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirining mutasaddilik qiladigan o'rinbosariga kiritish;

15) tuman (shahar) bo'linmalar xodimlar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig'ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo'yicha zarur chora-tadbirlar ko'rish;

16 tuman (shahar) bo'linmalar faoliyatiga oid masalalar bo'yicha qonun hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, maktabgacha ta'lim sohasida davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko'rib chiqish uchun O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirlik rahbariyatiga kiritish;

17) Vazirlikning tuman (shahar) bo'linmalari va hududiy bo'linmalar tasarrufiga kiradigan muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

18) jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish, «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri va ochiq muloqotni yo'lga qo'yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilash, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

19) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o'z vaqtida va to'laqonli ko'rib chiqish;

20) tuman (shahar) bo'linmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to'lash, ularga moddiy yordam berish, ularni mukofotlash, rag'batlantirish va ularga intizomiy chora qo'llash to'g'risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to'g'risidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;

21) davlat sirini yoki qonun bilan qo'riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma'lumotlarning himoya qilinishini ta'minlash.


Vazir o'rinbosarining asosiy funktsional vazifalari hisoblanadi:

1) O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;

2) Vazir vaqtincha bo'lmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

3) Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o'rtasida vazifalarni taqsimlash;

4) Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo'nalishlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va Vazirlar Kengashining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha kontseptsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;

5) maktabgacha ta'lim sohasida mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo'linmalar tomonidan prognoz ko'rsatkichlarga erishishni so'zsiz ta'minlash chora-tadbirlarini ko'rish, bo'linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko'rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish yuzasidan monitoring qilish;

6) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo'linmalar rahbarlarining har choraklik rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi ustidan nazorat qilish maqsadida hamma vaqt monitoring o'tkazilishini olib borish;

7) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorrlari va topshiriqlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va Vazirlar Kengashining qarorlari, bayonnomalari va topshiriqlari ijrosini ta'minlash, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirligining mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo'linmalarida ijro intizomi bo'yicha amaliy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to'g'risida»gi 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga va Vazirlar Mahkamasining 

1999 yil 12 yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi 

12-son qaroriga muvofiq topshiriqlar o'z vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy bo'linmalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko'rish;

8) Vazirlik xay’ati, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari o'z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash;

9) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo'linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish bo'yicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, o'z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma'naviy-ahloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta'minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko'rish, mutasaddilik qilinadigan bo'linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;

10) xizmat safarlarini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 

5 martdagi «Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-2142-son va «Xorijiy xizmat safarlarida bo'lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarining O'zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdar shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3137-son qarorlari talablariga to'liq muvofiq amalga oshirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag'lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta'minlash;

11) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo'linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyat samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning haqqoniyligi yuzasidan monitoring qilish va hisobotlarning xalbakilashtirishga yo'l qo'yilganligi aniqlangan holatda intizomiy jzao chorasi kurish uchun taklif kiritish;

12) maktabgacha ta'lim sohasiga tegishli masalalar bo'yicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar ko'rish, maktabgacha ta'lim sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;

13) mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo'linmalar rahbarlari va xodimlarini rag'batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligiga masalasini ko'rib chiqish bo'yicha takliflarni Vazirga kiritish, funktsional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masu’liyatini oshirish bo'yicha tizimli chora-tadbirlar ko'rish;

14) Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo'linmalar rahbarlari va xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta'minlash;

15) Xuquqni qo'llash amaliyotini va qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali «Korruptsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq maktabgacha ta'lim tizimida korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko'rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko'maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;

16) maktabgacha ta'lim sohasida davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;

17) «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish bo'yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to'g'ridan-tug'ri va ochiq muloqotni yo'lga qo'yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;

18) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasidagi Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o'z vaqtida va to'laqonli ko'rib chiqilishini ta'minlash;

19) davlat siriga kiritilgan ma'lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish.