18.08.2019, Yakshanba

Portal haqida

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Hukumat portali Qoraqalpog'iston Respublikasi Hukumatining Internet tarmog'idagi rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Hukumat portalining tashkil etilishi va qo'llab-quvvatlanishi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi 188-son qaroriga muvofiq amalga oshirilayapti.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Hukumat portali davlat organlarining, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi elektron-axborot hamkorligi infratuzilmasining tizim tashkil etuvchi elementi hisoblanadi.

Asosiy maqsadlari:

·  Fuqarolar va xo'jalik sub’ektlariga hokimiyat va boshqaruvi organlari tomonidan taqdim etiladigan axborot resurslari va xizmatlarining hajmini oshirishga mo'ljallangan ixtisoslashtirilgan axborot tizimini yaratish;

·         Qoraqalpog'iston Respublikasi Hukumatining faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar bilan ta'minlash, Qoraqalpog'iston Respublikasining Hukumat portali maqsadli auditoriyasini zarur muassasalar bilan o'zaro aloqa qilish jarayonlari va imkoniyatlari to'g'risida, fuqarolarning majburiyatlari va huquqlarining kelib chiqishi to'g'risida, davlat hokimiyati organlarining faoliyati to'g'risidagi axborotlardan to'liq, tezkor va foydalanishda qulayligi, davlat hokimiyati organlari va boshqaruvining rasmiy pozitsiyasini aks ettiruvchi keng ko'lamdagi axborotlar bilan ta'minlash;

·         Cheklangan xizmatlanishga mo'ljallangan axborotga kiritilgan ma'lumotlardan tashqari, tegishli axborot resurslarini joylashtirish va tashkil etish yo'li bilan fuqaro va tashkilotlarni davlat ijro hokimiyati organlarining faoliyati to'g'risidagi rasmiy axborotga kirishini ta'minlash;

·         Davlatlararo axborotlar almashinuvining intensifikatsiyasi;

·     O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasining xalqaro nufuzini oshirish va milliy iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlarni yaratish.

Asosiy funktsiyalari:

·         davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining axborot hamjihatligini ta'minlash;

·         ma'lumotlarni belgilangan formatdagi taqdimida davlat muassasalari o'rtasida «hukumat» darajasida axborotlarni gorizontal almashinuvi;

·         ma'lumotlarning markazlashtirilgan bazasiga kirish asosida yagona axborot resurslaridan birgalikda foydalanish;

·         iqtisodiy, huquqiy, statistik, elektoral axborotlar bilan vertikal axborot almashinuvi;

·         davlat-jamiyat hamjihatligini ta'minlash;

·         davlat-fuqaro;

·         davlat-iqtisodiy munosabatlar sub’ektlari;

·         davlat-jamoat institutlari (siyosiy, diniy, milliy, madaniy, notijorat va hkz. tashkilotlar va birlashmalar);

·       tashqi auditoriyaga mo'ljallangan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ko'psonli axborot resurslariga, idoralarning «yoyilgan» serveriga kirishning yagona nuqtasini yaratish;

·         davlat institutlarining faoliyati to'g'risida axborotlarni taqdim etish;

·         huquqiy axborotga kirishni ta'minlash (respublika, mintaqaviy qonunchilik, vazirlik va idoralarning me’yoriy aktlari);

·         davlatda «Global axborotlashgan jamiyat»ga mos munosabatlarni bunyod etish va shakllantirishga ko'maklashish;

·         davlat institutlarining ishlash samaradorligini oshirish;

·         idoraviy va byurokratik to'siqlarni engib o'tishga ko'maklashish;

·         davlat xizmatining obro'si va nufuzini oshirish.


Portaldan foydalanish imkoniyatlari:

Ushbu portal undan foydalanish imkoniyatlarini yuqori darajada ta'minlashni hisobga olgan holda loyihalashtirilgan va ishlab chiqilgan. Bunda turli xil funktsiyalar va buyruqlar, grafik belgilar va rasmlarni ishlatmagan holda, bevosita HTML/CSS texnologiyalari bilan ishlab chiqilgan.

Ushbu portal Butunjaxon o'rgimchak to'ri Konsortsiumi (W3C) tomonidan ishlab chiqilgan barcha qoidalarga to'liq amal qilgan holda yaratilgan. Konsortsium tomonidan ishlab chiqilgan ushbu qoidalar 14 ta banddan iborat bo'lib, ular 3 ta birlamchi guruhlarga bo'lingan: birinchi guruh qoidalariga amal qilish majburiy, ikkinchi guruh qoidalariga amal qilish lozim, etarli darajada standartlarga mos kelish uchun uchunchi gurux qoidalariga amal qilish tavsiya etiladi.

W3C qoidalariga javob berish darajasiga ko'ra barcha saytlar toifalarga bo'linadi. A toifasi birinchi guruh qoidalariga to'liq javob berishni anglatadi, AA toifasi birinchi va ikkinchi guruh qoidalariga, AAA toifasi barcha guruh qoidalariga javob berishni anglatadi. Ushbu portal kamida A toifasida, va asosan AA toifasiga javob berish darajasida ishlab chiqilgan. Qo'shimcha ma'lumotlarni "W3C foydalanish imkoniyatlari qoidalari" bo'limida topishingiz mumkin.

Rasmlardan foydalanish:

Portaldagi barcha rasmlar alt text deb nomlanadigan muqobil ta'rifli matn bilan ta'minlangan. Bundan tashqari barcha asosiy HTML teglar tegishli role atributi bilan ta'minlangan bo'lib bu turli xil matn o'quvchi brauzerlar, skrinriderlar va boshqa yordamchi texnologiyalar tomonidan tushunarli bo'lishini ta'minlaydi.

Portalda uning yuklanish vaqtini qisqartirish, xajmini kamaytirish maqsadida rasm ko'rinishidagi fayllarni iloji boricha kam ishlatishga harakat qilingan.

Shriftlar xajmini o'zgartirish va brauzerlar aro moslik:

Portalda brauzer orqali xajmini o'zgartirish imkoniyati mavjud bo'lgan shriftlar qo'llangan. Internet Explorer brauzerida shrift xajmini o'zgartirish uchun Prosmotr (View) bo'limiga kirib Razmer teksta (Text Size) bo'limosti tanlash va eng kichik (Smallest) xajmdan to eng katta (Largest) xajimgacha istalganini tanlash mumkin. Portalda shriftlar o'rtacha (Medium). hajmda berilgan.

Mozilla Firefox brauzerida shrift xajmini o'zgartirish uchun Prosmotr (View) > Masshtab (Zoom) bo'limiga kirib Uvelichit (Zoom In), Umenshit (Zoom Out) yoki Uvelichit tolko tekst (Zoom Text Only) funktsiyalaridan foydalanish mumkin. Matnni dastlabki xajmga qaytarish uchun Sbros (Reset) bo'limini tanlash lozim. Ushbe portal undagi elementlar xajmini istalgan tarzda uzgartirish imkoniyatlari bilan birga yaratilgan.

Portal ushbu brauzerlarga mos kelishi bo'yicha tekshirishlardan o'tgan: IE8+, Firefox 3+, Opera 9+, Safari 4+, Chrome. Shu bilan birga portalning faqat matndan tashkil topgan ko'rinishiga ham ega bo'lib, ushbu ko'rinish ham zamonaviy brauzerlar hamda skrinriderlarga mos kelishi bo'yicha tekshirishlardan o'tgan.

Sahifalarni chop etish:

Portalning barcha sahifalarida "Chop etish" funktsiyasi mavjud bo'lib u sahifani printer orqali chop etish imkonini beradi.

Qo'llab-quvvatlash:

Axborot hamrohi va tuzilmaviy ma'muriyatchilik - Davlat axborot tizimlarini tashkil etish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha yagona integrator – UZINFOCOM

Me’yoriy hujjatlar bazasi:

·   O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 dekabrdagi "Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 259-son qarori;

·  O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 apreldagi "Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to'g'risida"gi 116-son qarori;

·   O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi "Interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishni hisobga olgan holda Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 378-son qarori;

·   O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 3 iyundagi "Elektron hukumat to'g'risidagi" O'zbekiston Respublikasining Qonuni amalga oshirishni davom ettirish chora-tadbirlari haqida"gi 188-son qarori;

·   O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko'rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2017 yil 15 sentyabrdagi 728-son qarori.