29.03.2024, Juma

Er munosabatlarini tartibga solish bo'yicha axborotlar taqdim etish va erga egalik qilish xuquqini berish yuzasidan xujjatlar qabul qilish

Yer munosabatlarini tartibga solish bo`yicha axborotlar taqdim etish va erga egalik qilish xuquqini berish yuzasidan xujjatlar qabul qilish



Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini berish
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi — bu qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashgan joyga, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo‘ljallangan yer fondining bir qismi. 2008 yil 1 yanvargacha yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi tarkibiga kirmaydigan yerlardan belgilangan tartibda faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir oilaga 0,06 gektargacha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun beriladi. 2008 yil 1 yanvardan boshlab yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari kimoshdi asosida fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi. «Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan uy-joy joylashgan yer uchastkasi Mtuman hokimining qaroriga binoan, yakka tartibda uy-joy quruvchiga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga) har bir imorat soluvchiga 0,06 gektardan kimoshdi savdosi o‘tkazmasdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratiladi.

Yer uchastkalari berishda (realizatsiya qilishda) fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish tartibi
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olish uchun ariza tuman (shahar) hokimligiga beriladi. Arizaga ariza beruvchining doimiy yashash joyi bo‘yicha turar joylarning kadastr ishi nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda) va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining oilaning tarkibi to‘grisidagi malumotnomasi ilova qilinadi. Qishloq qurilish invest» injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun ajratilgan yer massivida uy-joy qurishga buyurtma rasmiylashtirgan yakka tartibda uy-joy quruvchi kompaniyaning hududiy filiallariga aniq yer uchastkasini va tanlab olingan namunaviy loyihani ko‘rsatgan holda yozma ariza bilan murojaat qiladi. riza tuman (shahar) hokimi boshchilik qiladigan, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy ishlaydigan komissiya (keyingi o‘rinlarda «komissiya» deb yuritiladi) tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya tarkibiga «Yergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi, tabiatni muhofaza qilish, arxitektura va qurilish organlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati, fuqarolar yiginlari vakillari va boshqa shaxslar kiritiladi. Komissiya ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda yer uchastkasi berishning maqsadga muvofiqligi yoki yer uchastkasi berish asosli ravishda rad etilishi to‘grisida xulosa chiqaradi. Fuqarolarga belgilangan tartibda kimoshdi savdosida yer uchastkasini sotishda komissiyaning qarori talab qilinmaydi.