26.06.2022, Yakshanba

«Yangi Moynoq – yangi imkoniyatlar» – 79 million AQSh dollarlik 3 ta memorandum imzolandi


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog'ison Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari hamda kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan majlis bayoni topshiriklarining ijrosini ta'minlash yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan jriy yil l5-l -dekabr kunlari Respublikamizda «Yangi Moynoq – yangi imkoniyatlar» mavzusidagi birinchi investitsion forum tashkillashtirildi. 

Mazkur investitsion biznes forumda 30 dan ortiq chet el investorlari, O'zbekistondagi 50 ga yaqin turistlik kompaniyalar vakillari, Respublikamiz 144 ta tadbirkorlik sub’ektlari hamda Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Biznes forumning birinchi kuni Nukus shahri Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog'iston Respublikasi Kengashi katta majlislar zalida «Yangi Moynoq – yangi imkoniyatlar» mavzusidagi birinchi investitsion forum ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.Sariev, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Mo'ynoq tumanini rivojlantirishdaqonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi raisi B.Nao'rizbaev, Mo'ynoq tuman hokimi S.Daniyarov Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Q.Xalmuratov, O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo'mitasi raisi o'rinbosari S.Akbarov hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi investitsiyalar bo'yicha qo'mitasi rahbari K.Sadikovlar Qoraqalpog'iston Respublikasining, jumladan, Mo'ynoq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy, savdo-investitsion hamda turizm potentsiali haqida nutq so'zladi va bu boradagi ko'rsatkishlar taqdimoti namoyish etildi.

Kunning ikkinchi yarmida «B2G» va «B2B» shaklidagi kooperatsion birjasi hamda forum yakunlari bo'yicha Ommaviy axborot vositalari bilan brifing tashkillashtirilib, mehmonlar I.V.Savitskiy nomidagi qoraqalpoq davlat san’at muzeyiga tashrif buyurdi.

– Mo'ynoq tumaniga solahiyatli investorlarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, yangi ish o'rinlarini yaratish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu investitsion biznes forum doirasida ishtirokchilarni tuman investitsion va turizm solahiyati, tumanda joriy qilingan soliq imtiyozlari, «Mo'ynoq» kichik sanoat zonasi, tumanda joylashgan turistlik ob’ektlar bilan mavjud infratuzilmalar, 2019 yilda turizmni rivojlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha ma'lumotlar berildi,– dedi Qoraqalpog'iston Respublikasi Turizmni rivojlantirish boshqarmasi rahbari B.Qusekeev. – Bu o'z navbatida chel ellik investorlarning yurtimizga qiziqishini oshirib, respublikamiz turli sohalariga investitsiya kiritishiga ishonamiz.

Tadbirning ikkinchi kunida biznes forum ishtirokchilari Mo'ynoq tumanidagi Ekologiya muzeyida, Kemalar qabristonida hamda tuman hududidagi diqqatga sazovar boshqa joylarda bo'lishdi.

Biznes forum yakunida Mo'ynoq tuman hokimligi va chet ellik investorlar o'rtasida umumiy bahosi 79 million AQSh dollariga teng turli sohalarda 3 ta memorandum imzolandi.

Mo'ynoq tumanida quyosh elektrostantsiyasini qurish maqsadida 30 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritmoqdamiz, – dedi «Graess Energy UZDE» qo'shma korxonasi direktori, yangi zelandiyalik investor Toni O'ods.  – Bu boradagi «O'zbekenergo» bilan ham o'zaro shartnoma tuzdik. Homkorliktagi ishlarimiz tizimli yo'lga tushib ketgach, albatta, butQoraqalpog'iston Respublikasida energiya resurslaridan samarali va tejamli foydalanishda hamda iqtisodiy solahiyatning oshishida o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatishiga ishonaman.

¬ Yaqindagina Oral dengizi o'zining aksariyat tabiiy boyliklari bilan shon-shuxrat taratib, Orolbuyi hududi gullab yashnagan va biologik boy tabiiy muhit hisoblanardi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning to'g'ridan-to'g'ri tashabbusi bilan Oral dengizi qurishi salbiy oqibatlarini bartaraf qilish, hududni yanada rivojlantirish, tabiiy muhitni saqlab qolish va boshqa muammolarni samarali eshishning aniq belgilangan chora-tadbirlarini qamrab olgan qator kompleks dasturlar qabul qilindi. Mazkur dasturlar kelajakda mamlakatimiz gullab-yashnashiga ijobiy ta'sirini ko'rsatishiga albatta, ishonamiz.