06.12.2019, Juma

Qoraqalpog`iston Respublikasi qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish konsalting markazi


­­­­­­­­


Jauzabaev Baxtiyar Turganbaevich

Qoraqalpog`iston Respublikasi  qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish konsalting markazi direktori

 Manzil:

230103, Nukus shahri, G`arezsizlik ko`chasi, 59a uy

 Telefon:

0(361) 222 74 12

 E-mail:

karakalpakstan.tender@davarx.uz, tendnukus@mail.ru

 

Qabul kunlari:

Dushanba-juma 16:00-18:00

 

 

                                  

Qoraqalpog`iston Respublikasi  qurilishda tanlov savdolari va narxlarni shakllantirish konsalting markazining funktsional vazifalari

 

-O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga, hamda Qurilish vazirligining qarorlari va buyruqlarining bajarilishini ta`minlash va nazorat qilishga bevosita Markaz direktori rahbarlik qiladi;

- markaz faoliyatini boshqaradi;

- tanlov hujjatlarini ishlab chiqib, shartnoma asosida qurilishda tanlov savdolarini tashkilotchi sifatida tashkil etadi va o`tkazadi;

- tanlov savdolarini tashkil etish va o`tkazishda belgilangan tartibga rioya etilishini nazorat qiladi;

- tanlov savdolarini tashkil etish va o`tkazish, shartnomalar tuzish, tanlov savdolari shartlari va investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvalining bajarilishi, shuningdek markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtirilgan qurilishi tugallangan ob`ektning o`z vaqtida foydalanishga topshirilishi monitoringini olib boradi;

- vakolati doirasida buyruq chiqaradi;

- markazning shtat birliklari, nizomi va lavozim vazifalarini tasdiqlaydi;

- amaldagi mehnat qonunchiligiga asosan Markaz xodimlari va mutaxassisilarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;

- kadrlar bilan tarbiyaviy ishlarni olib boradi;

- alohida yutuqlarga erishgan xodimlarni belgilangan tartibda taqdirlashga taklif qiladi; 

- tasdiqlangan smetalar doirasida mablag`lardan foydalanadi;

- shtat birligiga amal qiladi, pul mablag`lari va material boyliklarni saqlanishini ta`minlaydi;

- tender masalalari bo`yicha fuqarolarni qabul qiladi.