22.11.2019, Juma

Qoraqalpog'iston sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi



 

 

 

Qoraqalpog'iston sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi

direktori

funksional vazifalari

Markaz faoliyatiga rahbarlik qiladi; markazning tarkibiy bo’linmalari to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; bo’lim boshliqlarining javobgarlik darajasini belgilaydi; boshqarma xodimlariga nisbatan malakaviy talablarni belgilaydi va ularning mehnatini raqbatlantirish tizimini shakllantiradi; markazning smeta xarajatlarini belgilaydi va tasdiqlaydi; markaz xodimlari uchun mehnatga haq to’lash yagona tarif setkasi bo’yicha belgilangan lavozim okladlari sxemasiga muvofiq shtat jadvalini tasdiqlaydi; zarur holda O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi bilan kelishilgan qolda boshqarma tuzilmasiga shtatdagi xodimlarning tasdiqlangan soni va statistika ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag’lar doirasida o’zgartirishlar kiritadi; statistik ma'lumotlarni yiqish va tahlil qilish, ma'lumotlarning ishonchliligini ekspertizadan o’tkazish, ularni nashrga tayyorlash bilan shuqullanadi; statistik hisob-kitobni amalga oshirish va olingan statistik ma'lumotlar asosida turli tahliliy sharqlar tayyorlashda ishtirok etadi; statistik kuzatuvlarning aloqida turlari bo’yicha elektron ma'lumotlar bazasini saqlashni va o’ziga biriktirilgan statistik ko’rsatkichlar bo’yicha dinamik qatorlarni yuritishni ta'minlaydi; o’z vakolatlari doirasida tuman va shaqar statistika bo’limlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi; o’ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o’z vaqtida bajarilishini ta'minlash uchun O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa barcha zarur choralarni ko’radi; markaz nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko’rsatadi, amaldagi qonun hujjatlari va markaz nizomiga muvofiq markaz manfaatlarini himoya qiladi va uning mol-mulkini tasarruf etadi.

·                 “Qoraqalpog’iston SSM” DKning samarali va barqaror ishini, xo'jalik hisobi asosida dinamik, iqtisodiy va rivojlanishini, mehnat, ishlab chikarish va boshkarishning yangi usullarini keng joriy etadi.

Akkreditatsiyalash sohasida muvofiq mahsulot va xizmatlarni o'xshash turini sertifikatlashtirish bo'yicha protsedura hujjatlarni ishlab chiqilishida rahbarlik qiladi.

Sertifikatlangan mahsulotlar ustidan inspektsiya nazoratini amalga oshirishni tashkillashtiradi va rahbarlik qiladi.

Sertifikatlashtiriladigan mahsulotlar zamonaviy usullar bilan sinashni ta'minlash bo'yicha korhona sinov bazasini tashkillashtiradi.

Akkreditatsiyalash sohasida muvofiq bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimining ishlashini ta'minlaydi.

Akkreditatsiyalash sohasiga asosan Respublikada ishlab chiqariladigan va import bo'yicha yetkazib beriladigan mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish bo'yicha ishlarni tashkillashtiradi va o'tkazadi.

Ko'rsatiladigan xizmatlarni sertifikatlashtirish bo'yicha ishlarni tashkil qiladi va o'tkazadi.

Foydalanuvchilarni, standartlashtirish, metrologiya, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish bo'yicha ma'lumotlar bilan ta'minlaydi.

Korxonaning konsepsiyasini, istiqbol dasturlarini, mahsulot hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish ishlarini rivojlantirishni uzoq muddatli prognozlarining asosiy yo'nalishlarini ishlab chiqadi.

Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish sohasida qonunchilik dalolatnomalarini ishlab chiqish bo'yicha «O'zstandart» agentligi rahbariyatiga takliflar kiritadi.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotni raqobatbardoshligini oshirishda ko'maklashish maqsadida xalqaro standartlar asosida Sifat menejment tizimini ishlab chiqish va joriy etishda rahbarlik qiladi.

Mahsulot va xizmatlarni sinash hamda sertifikatlashtirish sohasida erishilgan yutuqlarni ilmiy-texnikaviy targ'ibotini amalga oshiradi.

Sertifikatlashtirish bo′yicha o′rnatilgan talablarga muvofiqlikni aniqlash maqsadida mahsulot va xizmatlar sifati ustidan monitoring o′tkazishda qatnashish hamda sifatni yaxshilash bo′yicha tavsiyalar beradi.

Bank va “O′zstandart” agentligi oldidagi majburiyatlarni bajaradi, moliya-xo′jalik intizomiga rioya qiladi.

Yuklatilgan vazifalar doirasida qo′shimcha ishlarni bajarish bilan bog′lik bo′lgan “O′zstandart” agentligining ko′rsatmalarini bajaradi.

Amaldagi mehnat qonunchiligiga amal qiladi, mehnat intizomini mustahkamlaydi.

Kadrlarni tanlash, joylashtirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkillashtiradi.

Korxona binosini davriy ta′mirlash ishlarini amalga oshirishni, huquqni muhofaza qilish va tekshiruvchi idoralar, ijroiy hukumat idoralari, iste′molchilarni himoya qiluvchi jamoalar bilan standartlarga amal qilish, o′lchashlar birligini hamda sertifikatlashtirish qoidalarini ta′minlash masalalari bo′yicha boshqa tashkilotlar bilan o′zaro hamkorlik qiladi.

Davlat va xizmat sirini tashkil etuvchi ma′lumotlarni, iqtisodiy, muxandis-texnik va tijorat axborot maxfiyligini saqlashni ta′minlaydi.

Qonun va boshqa me′yoriy dalolatnomalar talablariga asosan xojalik shartnoma intizomiga rioya qilish, majburiyatlarni bajaradi.