06.06.2020, Shanba

Voyaga etmaganlar ishlari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi idoralararo komissiyasi


­­­­­­­­


Shamshetov Qallibek Ken'esbaevich




Voyaga etmaganlar ishlari boyicha Qoraqalpogiston Respublikasi idoralararo komissiyasi boshligi

 Manzil:

230100 Nukus shahri, Tatibaev kuchasi raqamsiz uy

 Telefon:

0(361) 222 32 33

 E-mail:

r.karakalpakstan-pensiya@NKSPF.pf.mf.uz

Qabul kunlari:

Dushanba, Juma 16:00-18:00


Voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha idoralararo komissiyalar to`g`risidagi

NIZOM

 

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom voyaga etmaganlar ishlari bo`yicha respublika idoralararo komissiya (keyingi o`rinlarda — Respublika komissiyasi), Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (keyingi o`rinlarda — mintaqaviy komissiyalar), tuman (shahar) (keyingi o`rinlarda — tuman (shahar) komissiyalari) idoralararo komissiyalari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Respublika komissiyasi, shuningdek mintaqaviy komissiyalar, tuman (shahar) komissiyalari (keyingi o`rinlarda — hududiy komissiyalar) o`z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi organlar hisoblanib, ular:

voyaga etmaganlar o`rtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa g`ayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, ularga imkon tug`diruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;

voyaga etmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta`minlash;

ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo`lgan voyaga etmaganlarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish maqsadida tuziladi.


Hududiy komissiyalar o`z faoliyatida yuqori turuvchi komissiyalarga hisobdordir, o`z faoliyati to`g`risida har chorak yakunlari bo`yicha ularni xabardor qilib turadilar va hisobot berib boradilar.