18.08.2019, Yakshanba

Bo'sh ish o'rinlari

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashida kadlarni ishga qabul qilish tartibi va bo`sh ish o`rinlari to`g`risida

 ma`lumot

Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga ishga qabul qilinuvchi nomzod haqidagi ma`lumotlar Vazirlar Kengashining Tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan belgilangan tartibda o`rganib chiqiladi.

Ma`lumotlariga ko`ra talablarga javob beradigan nomzodlar Vazirlar Kengashiga dastlabki suhbatga taklif etiladi. Tegishli rahbarlar bilan suhbatdan muvaffakiyatli o`tgan nomzod Vazirlar Kengashi Raisi bilan shaxsan suhbatdan o`tadi.

Saralash va suhbat bosqichidan muvaffaqiyatli o`tgan nomzod bilan mehnat shartnomasi tuziladi va uni ishga qabul qilish to`g`risida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarori qabul qilinadi.

Nomzodning tayyorgarligi va malakasidan kelib chiqib, Qoraqalpog`istn Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan 3 yoki 1 oylik sinov muddati belgilanishi mumkin.

Ishga qabul qilingan xodimga barcha ish sharoitlari yaratib beriladi. Xodimning ijtimoiy himoyasi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi, uning manfaatlari kasaba uyushmasi tomonidan himoyalanadi.

Hozirgi kunda ya`ni 2018 yilning 1 dekabr holatiga Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi apparatida jami 62 ta shtat birligi mavjud bo`lib, unda bo`sh ish o`rinlari mavjud emas.