Huquqni muhofaza qilish
organlari faoliyati, safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha
guruhining funktsional vazifalari to`g`risida
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom
Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Huquqni muhofaza qilish
organlari faoliyati, safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha
guruhining (keyingi o`rinlarda guruh deb ataladi) funktsional vazifalarini
belgilaydi.
2. Guruh Vazirlar
Kengashining funktsional tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi.
3. Guruh o`z
faoliyatida O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi
Konstitutsiyalari va qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari,
qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining qarorlari
va boshqa hujjatlariga, Vazirlar Kengashining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek,
mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Guruh o`z
faoliyatini Vazirlar Kengashi Raisi rahbarligida amalga oshiradi.
5. Guruh o`ziga
yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarishda Vazirlar Kengashining boshqa
tarkibiy bo`linmalari, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlikda
amalga oshiradi.
2-bob. Guruhning vazifalari va funktsiyalari
6. Quyidagilar
guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
o`ziga yuklangan
vazifalar va funktsiyalarni bajarish doirasida Vazirlar Kengashi Raisining
ishlarini tashkil qilish;
Vazirlar
Kengashiga kiritilgan takliflarning hamda guruh sohasiga kiruvchi masalalar
bo`yicha Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalari ko`rib chiqilishini
ta`minlash va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish;
Vazirlar
Kengashining Raisi tomonidan o`tkaziladigan majlislar, shu jumladan har
haftalik apparat yig`ilishlari va Vazirlar Kengashining Raisi rahbarlik
qiladigan komissiyalar majlislari materiallari tayyorlash va ularda qabul
qilingan qarorlarning rasmiylashtirilishini ta`minlash;
a) huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati sohasida:
huquqbuzarliklar
va jinoyatlar sodir etgan shaxslar bilan ishlash masalalarida huquqni muhofaza
qilish va davlatning boshqa organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik
qilishni ta`minlash;
huquqbuzarlikilarning
oldini olish bo`yicha davlat dasturlari tayyorlanishi va amalga oshirilishini
ta`minlash;
huquqbuzarliklarning
oldini olish bo`yicha hududiy dasturlar ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va
amalga oshirilishini ta`minlash;
davlat strategik
va safarbarlik zahiralarini shakllantirishni, shu jumladan ularni to`plash,
saqlash va yangilab borishni, shuningdek, davlat strategik va safarbarlik zahiralaridan
belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo`lishni
ta`minlash ishlarini muvofiqlashtirish;
O`zbekiston
Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya
qilish, chegaralar yaqinidagi muammolarni hal etish, nolegal migratsiyaga
qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni
noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog`liq tadbirlarni belgilangan tartibda
amalga oshirish;
ommaviy
tadbirlarni tayyorlash va tashkil etishda havfsizlik masalalarini
muvofiqlashtirish, ommaviy tadbirlarni o`tkazishning belgilangan tartibiga
rioya etish yuzasidan nazoratni ta`minlash;
b) safarbarlik va favqulodda vaziyatlar sohasida:
mudofaa qudratini
ta`minlash, harbiy xizmatga majbur shaxslarni hisobga olish chora-tadbirlarini
amalga oshirish, bronga qo`yish masalalari bo`yicha davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar,
epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlarda tegishli organlarning ishlarini
tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Vazirlar
Kengashining Raisi tomonidan o`tkaziladigan safarbarlik va favqulodda
vaziyatlar masalalari bo`yicha yig`ilishlarning kun tartibi loyihalarini
shakllantiradi, Vazirlar Kengashining Raisiga tasdiqlatadi va tegishli
hujjatlarning tayyorlanishini ta`minlaydi;
Vazirlar
Kengashining Raisi tomonidan o`tkaziladigan safarbarlik
va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha yig`ilishlarni tashkil qiladi,
topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi, ularning
bajarilishi va natijalari to`g`risida Vazirlar Kengashining Raisini belgilangan
muddatlarda xabardor qiladi;
Guruh safarbarlik
va favqulodda vaziyatlar masalalariga oid qaror, farmoyish va boshqa hujjatlar
loyihalarini tayyorlaydi;
safarbarlik va
favqulodda vaziyatlar masalalariga oid chora-tadbirlarni va nazorat rejalarini
ishlab chiqadi;
Vazirlar
Kengashining safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari bo`yicha ish
rejasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
safarbarlik va
favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi to`g`risidagi Nizomga va Vazirlar
Kengashining qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
7. Guruh o`ziga
yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funktsiyalarni amalga oshiradi:
O`zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga,
Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesining, Vazirlar Kengashining
qarorlari va topshiriqlari bilan Guruhga yuklangan vazifalarni bajarish
yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
guruhga oid topshiriqlari
bo`yicha tegishli tahliliy, ma`lumotnoma, statistik materiallar va takliflarni
umumlashtiradi va tayyorlaydi;
O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Devoniga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Qoraqalpog`iston
Respublikasi Jo`qorg`i Kengesiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan,
shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan qabul qilinadigan tegishli
normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
guruhga oid
topshiriqlari ijrosi bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni tashkil etadi,
ularning bajarilishini ta`minlash bo`yicha tegishli tashkiliy chora-tadbirlarni
va nazorat rejalarini ishlab chiqadi;
muammoli
masalalarni hal etish hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi, shuningdek, guruhga
tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish
yuzasidan takliflar va aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqadi hamda Vazirlar
Kengashi Raisiga taqdim etadi;
davlat dasturlari
amalga oshirilishi, guruhga oid topshiriqlarning bajarilishi bo`yicha
tegishli tizimlangan ma`lumotlar bazasini shakllantiradi va yuritadi;
Vazirlar
Kengashining Raisi ishtirokida o`tkaziladigan yig`ilishlar o`tkazilishini
ta`minlaydi va mas`ullarni jalb etgan holda ishlarni muvofiqlashtiradi;
jismoniy va
yuridik shaxslarning murojaatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston
Respublikasi Qonunlariga muvofiq ko`rib chiqadi;
Vazirlar
Kengashining faoliyati to`g`risida jamoatchilikni belgilangan tartibda xabardor
qilishni tashkil etadi;
davlat sirlari
bo`lgan ma`lumotlar yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa axborotlarning
himoya qilinishini ta`minlaydi;
guruhda ijro
intizomini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Guruh qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.
3-bob. Guruhning huquqlari va javobgarligi
8. Guruh o`ziga
yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar
Kengashida ko`rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish
uchun guruhga qonun hujjatlarida belgilangan zarur bo`lgan materiallar va
ma`lumotlarni davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy
bo`linmalaridan, tumanlar va shahar hokimliklaridan, boshqa tashkilotlardan,
Vazirlar Kengashining tegishli tarkibiy bo`linmalaridan belgilangan tartibda
so`rab olish;
zarurat bo`lganda,
guruhda ko`rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy
materiallarni, shuningdek, Vazirlar Kengashi Raisining hujjatlari loyihalarini
tayyorlash uchun davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining hududiy
bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari rahbarlari va xodimlarini,
Vazirlar Kengashining tegishli majmualari, boshqarma va guruhlari xodimlarini
taklif etish, jalb etish va ushbu maqsadlar uchun vaqtinchalik ekspert
guruhlari tashkil etish;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari,
boshqa tashkilotlar, Vazirlar Kengashining tegishli tarkibiy bo`linmalariga tezkorlik
bilan hal etishni talab qiladigan hamda guruhga yuklangan vazifalar va
funktsiyalarni bajarish bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha belgilangan
tartibda topshiriqlar berish;
davlat va xo`jalik
boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari, tumanlar va shahar hokimliklari,
boshqa tashkilotlarda, Koraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va
Vazirlar Kengashi tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy va boshqa
hujjatlarning bajarilishi yuzasidan ishlarni belgilangan tartibda o`rganish.
9. Guruhning
javobgarligi:
o`ziga yuklangan
vazifalar hamda funktsiyalarning sifatli va o`z vaqtida bajarilishi;
O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi
va Vazirlar Kengashining hujjatlari va topshiriqlariga muvofiq guruhga tegishli
takliflar va hujjatlar loyihalari talab darajasida va o`z vaqtida
tayyorlanishiga;
davlat organlari
va boshqa tashkilotlar tomonidan Vazirlar Kengashiga, ya`ni guruhga yuklatilgan
vazifalar yuzasidan kiritiladigan takliflar va hujjatlar sifatli va o`z vaqtida
ishlab chiqilishining tashkil etilishi, ularning iqtisodiy, moliyaviy va
huquqiy ekspertizadan o`tkazilishi, shuningdek, asoslangan xulosalar
tayyorlanishiga;
O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va
Vazirlar Kengashiga ko`rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar va takliflar
loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish;
O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash
to`g`risida”gi 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qaroriga muvofiq ijro intizomi
ta`minlanishiga;
O`zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari,
Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari,
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining
qarorlari va topshiriqlarining guruhga bevosita tegishli davlat organlari va
boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi holatining o`z vaqtida o`rganilishi
uchun javob beradi.
4-bob. Guruhning tuzilmasi
10. Guruhning
tuzilmasiga guruh rahbari, bosh mutaxassis va etakchi mutaxassis kiradi.
Guruhning
tuzilmasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi tomonidan
tasdiqlanadi.
11. Guruhning
faoliyati mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
12. Guruh o`z
faoliyatida Vazirlar Kengashining Raisiga bo`ysunadi.
13. Guruh rahbari
Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan
ozod etiladi.
14. Guruh
xodimlari Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan lavozimga tayinlanadi va
lavozimdan ozod etiladi.
15. Guruh nizomi
Vazirlar Kengashi Raisining qarori bilan tasdiqlanadi.
16. Guruh
xodimlarining funktsional vazifalari Vazirlar Kengashining Raisi tomonidan
tasdiqlanadi.
5-bob. Guruhning faoliyatini tashkil etish
17. Guruh ishlari
O`zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Konstitutsiyalari va
boshqa qonunlariga, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
qarorlariga, Prezidentining hujjatlari va topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlariga, Qoraqalpog`iston Respublikasi
Jo`qorg`i Kengesi va Vazirlar Kengashining qarorlari va topshiriqlariga
muvofiq, shuningdek, Vazirlar Kengashining ish rejalari asosida tashkil
etiladi.
18. Guruh o`z faoliyatini
yarim yillik va yillik ish rejalari asosida olib boradi.
19. Guruhda har
haftada yig`ilishlar o`tkazilib, berilgan topshiriqlar, rejalarning bajarilishi
nazorat etilib, yangi haftaga mo`ljallangan ishlar va topshiriqlar belgilab
olinadi.